Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va eksportyor korxonalarga yer ajratilishi toʻgʻrisida – VM qarori qabul qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sabzavot-polizchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklarining yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi №258-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorda sabzavot-polizchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklarining faoliyatida yoʻl qoʻyilayotgan bir qator kamchiliklar va muammolar batafsil sanab oʻtilgan.

Qarorga koʻra, yer sharoiti va suv taʼminoti ogʻir, past rentabelli, oxirgi uch yilda paxta hosildorligi 15 sentnerdan kam boʻlgan, paxta va gʻalla joylashtirilmaydigan maydonlar koʻrsatkichi tasdiqlangan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yilda asosiy maydonlarga, bogʻ va tok qator oralariga hamda gʻalladan boʻshaydigan maydonlarga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish koʻrsatkichlari ham tasdiqlangan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yilda asosiy maydonlar, bogʻ va tok qator oralariga hamda gʻalladan boʻshaydigan maydonlarga qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun talab etiladigan urugʻlik, mineral oʻgʻit va yoqilgʻi-moylash materiallari hajmlari va mablagʻlari, ekish uchun tavsiya etiladigan serhosil va eksportbop qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va navlari, qishloq xoʻjaligi ekinlarini moliyalashtirish sxemalari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, yoqilgʻi moylash materiallarini yetkazib berish sxemasi tasdiqlangan.

Agrotexnik talablardan kelib chiqqan holda, “kafolat mablagʻlari” har yili 10-martga qadar 30 foiz, 1-aprelga qadar 50 foiz va 1-iyunga qadar 100 foiz miqdorda fermer xoʻjaliklarining oʻz mablagʻlari, qayta ishlash, tayyorlov va eksportyor korxonalarning avans mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari va mahsulot sotishdan tushadigan tushumdan shakllantirilishi belgilab qoʻyilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyat va tuman hokimlariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va eksportyor korxonalarga eksportbop ekinlarni ekish va ularni qayta ishlash yoki eksport qilish sharti bilan belgilangan tartibda yer maydoni ajratish vazifasi topshirilmoqda.

 

Manba: kun.uz sayti.

 512 marta ko‘rilgan,  2 marta bugun ko‘rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu sayt spamga qarshi kurashda Akismet’dan foydalanadi. Qoldirgan izohlaringiz qanday qayta ishlanishi bilmoqchi boʻlsangiz, shu havola orqali sahifaga oʻting.