2018-yilda O‘zbekistonda 18 ming gektar yerga achchiq qalampir ekiladi

2018yilda yurtimizda 18 ming gektarda achchiq qalampir yetishtirish mo‘ljallanmoqda. O‘zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutidan O‘zA muxbiriga ma’lum qilishlaricha, har bir gektardan 21 million so‘m daromad olish mumkin.

25-yanvardan institut olimlari fermer xo‘jaliklari rahbarlari va tomorqa egalarining qalampir yetishtirish borasidagi malakasini oshirish maqsadida joylarda o‘quvlarni boshlaydi. Birinchi manzil – Qashqadaryo.

Achchiq qalampir suvga talabchan o‘simlik, biroq haddan ortiq sug‘orilganda undagi achchiqlik xususiyati pasayib ketishi mumkin, deyishmoqda mutaxassislar. O‘ziga xos bu o‘simlik mevasini ko‘kligida ham, qizarganida ham iste’mol qilish mumkin. Achchiq qalampir ko‘kligida yig‘ib olinsa, hosil miqdori nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Sovuq tushishi arafasida achchiq qalampir poyasi mevasi bilan birgalikda tuproqdan sug‘urib olinishi, quritilishi va keyinchalik ishlatilishi mumkin.

Ekish uchun “Marg‘ilon-330”, “Pikantniy”, “Uchqun”, “Tillarang”, “Mumtoz”, “Said” kabi mahalliy navlar tavsiya etilmoqda. “Marjon” navi tajribalardan yaxshi o‘tgani bois joriy yilda Davlat nav sinash komissiyasiga topshirildi.

 

Manba: agro.uz sayti.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.