Yangiliklar

Baliqchilik tarmogʻini jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Baliqchilik tarmogʻini jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Yangiliklar
  Baliqchilik tarmogʻi oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning strategik yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda koʻrilayotgan chora-tadbirlar tufayli mamlakat iqtisodiyotining tarkibida baliqchilik ulushi izchil ortib bormoqda. Shu bilan birga, baliqchilik tarmogʻida hanuzgacha koʻplab kamchilik va muammolar saqlanib qolmoqda, ularni samarali hal etish ishchanlik faolligini oshirish, investitsiyalarni jalb etish, baliq yetishtirish uchun ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish imkonini beradi. Baliqchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar va ishlanmalar sifatini oshirish, ularning
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va eksportyor korxonalarga yer ajratilishi toʻgʻrisida – VM qarori qabul qilindi

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va eksportyor korxonalarga yer ajratilishi toʻgʻrisida – VM qarori qabul qilindi

Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sabzavot-polizchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklarining yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi №258-sonli qarori qabul qilindi. Qarorda sabzavot-polizchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklarining faoliyatida yoʻl qoʻyilayotgan bir qator kamchiliklar va muammolar batafsil sanab oʻtilgan. Qarorga koʻra, yer sharoiti va suv taʼminoti ogʻir, past rentabelli, oxirgi uch yilda paxta hosildorligi 15 sentnerdan kam boʻlgan, paxta va gʻalla joylashtirilmaydigan maydonlar koʻrsatkichi tasdiqlangan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yilda asosiy maydonlarga, bogʻ va tok qator oralariga hamda gʻalladan boʻshaydigan maydonl
Sh. Mirziyoyev meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir farmonni imzoladi

Sh. Mirziyoyev meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir farmonni imzoladi

Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Oʻzbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi. Hujjat bilan Surxondaryo viloyatida meva-sabzavot mahsulotlari sohasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida klaster usulini yaratishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tajriba yoʻlga qoʻyilgani maʼlumot uchun qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tumanlar hokimliklari joriy qishloq xoʻjaligi yilidan boshlab: meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishdan to sotishgacha boʻlgan belgilangan jarayonni mustaqil ravishda amalga oshiruvchi yagona yoki oʻzaro bogʻliq korxonalar guruhi doirasida; qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchila
Prezident meva-sabzavotchilik sohasi rivojiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni belgilab berdi

Prezident meva-sabzavotchilik sohasi rivojiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni belgilab berdi

Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Oʻzbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi. Hujjatda qayd etilishicha, xorijiy meva-sabzavot mahsulotlari bozorlaridagi yuqori darajadagi raqobat agrotexnikaning hamda ishlab chiqarish va mahsulot etkazib berish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy uslublarini jadal ravishda joriy etishni talab qilmoqda. Biroq qator salbiy omillar mamlakat agrosanoat sohasi salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: birinchidan, meva-sabzavot mahsuloti ishlab chiqaruvchilari va tayyorlovchilari oʻrtasida meva-sabzavot ekinlari bozorida xaridorgir ekinlar va ularning navlarini joylashtirish masala
Prezident qarori bilan ipak qurti boqishga moʻljallangan inshootlar soliqlardan ozod etildi

Prezident qarori bilan ipak qurti boqishga moʻljallangan inshootlar soliqlardan ozod etildi

Yangiliklar
Pillachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda. Qaror bilan Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi muassisligida muassasa shaklida qayta tashkil etilib, uning moliyalashtirish manbalari belgilab berildi. “Oʻzpaxtasanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlarga qarashli ipak qurti boqishga moʻljallangan inshootlar “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi tashkilotlarga tekin foydalanish huquqi asosida oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga foydalanish uchun berildi. Tutzor maydonlarida yangi quriladigan va ipak qurti boqishga moʻljallangan inshootlar yer soligʻi, mulk soligʻi, yagona yer soligʻi
Qishloq xoʻjaligidagi ishlar natijadorligi muhokama qilindi

Qishloq xoʻjaligidagi ishlar natijadorligi muhokama qilindi

Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 mart kuni qishloq xoʻjaligini jadal rivojlantirish va islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha ishlar natijadorligiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Videoselektor tarzida oʻtkazilgan yigʻilishda Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi rahbariyati, viloyatlar hokimlari ishtirok etdi. Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ekinlardan moʻl va sifatli hosil olish, sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnika va agregatlar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yigʻilishda yuqori hosildorlikka erishishda agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish muhimligi q
2018 yil uchun paxta xom ashyosi va boshoqli ekinlar uchun davlat narxi belgilandi

2018 yil uchun paxta xom ashyosi va boshoqli ekinlar uchun davlat narxi belgilandi

Yangiliklar
Qishloq xoʻjaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda payshanba kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegramdagi “Huquqiy axborot” kanalida xabar qilindi. Qaror bilan 2018-yil uchun paxta xom ashyosi va boshoqli ekinlar uchun davlat narxi belgilab berildi. Masalan, 1 tonna 1 toifali uzun tolali paxta uchun 5 717 240 soʻm, 1 toifali bugʻdoyning 1 tonnasi uchun 1 230 570 soʻm narx kafolatlandi. 2018-yil 1-martdan boshlab mineral oʻgʻitlar faqatgina birja savdolari orqali realizatsiya qilinadi. Fermer xoʻjaliklari uchun dizel yonilgʻisi 4600 soʻm etib belgilandi. Yil davomida bu narx oʻzgarmaydi. Endilikda, paxta xom ashyosi va boshoqli ekinlar yetishtirish uchun hokimlar tomonidan tasdiqlangan a
Eksportga chiqarilmagan va ichki bozorda xaridor topilmagan gilosning 1 kilogrammi uchun 3 ming soʻm toʻlanadi

Eksportga chiqarilmagan va ichki bozorda xaridor topilmagan gilosning 1 kilogrammi uchun 3 ming soʻm toʻlanadi

Yangiliklar
16 fevral kuni «Oʻzbekoziqovqatholding» kompaniyasi tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini kelajakda qayta ishlash va uning eksportini oshirishdagi dolzarb masalalarga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi. Unda holding kompaniyasi, «Oʻzagroeksport» AJ, meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi korxona vakillari, tegishli boshqarma va boʻlinmalar, shuningdek, qator fermer dehqon va tamorqa xoʻjaliklari, logistika markazlarining rahbarlari hamda masʼul xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida eksportga yoʻnaltirilmagan gilosni qayta ishlash uchun yuborish dolzarb ekani taʼkidlandi. Jumladan, ichki bozorda ham oʻz xaridorini topa olmaydigan gilos mahsulotlarini endilikda «Oʻzbekoziqovqatholding» tarkibidagi «Oʻzagroeksport» AJ dehqon, fermer va tomorqa xoʻjaliklaridan fʼyuchers (oldin
Oʻzbekiston Yevropaga 5 million dollarlik qovunlar yetkazib beradi

Oʻzbekiston Yevropaga 5 million dollarlik qovunlar yetkazib beradi

Yangiliklar
  Germaniya poytaxtida Fruit Logistica 2018 xalqaro koʻrgazmasi oʻz ishini yakunladi. Forumda Oʻzbekiston kompaniyasi ELMI Ltd. kompaniyasi bilan 5 million dollarlik poliz mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzoladi. Bu yilgi tadbirda dunyoning 80 ta mamlakatidan 3 mingdan ortiq eksponentlar ishtirok etdi. Koʻrgazmaga 130 dan ziyod davlatdan 75 mingdan ortiq mutaxassis tashrif buyurdi, deb xabar beradi “Jahon” AA. “Fruit Logistica 2018” xalqaro koʻrgazmasida Oʻzbekiston milliy ekspozitsiyasi UZTRADE AJ va boshqa mahalliy tashqi savdo kompaniyalari mutaxassislari tomonidan taqdim etildi. Stenddagi keng assortimentda yangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, ziravorlar, quritilgan mevalar taqdim etildi. Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari Germaniya, Fransiya,
Oʻzbekistonda tut bargidan choy ishlab chiqarish fabrikasi quriladi

Oʻzbekistonda tut bargidan choy ishlab chiqarish fabrikasi quriladi

Yangiliklar
Oʻzbekistonda yaqin vaqt ichida tut bargidan choy ishlab chiqarish korxonasini qurish boshlanadi, u 2018 yilning dekabr oyida ish boshlaydi. Bu haqda «Oʻzbekipaksanoat» uyushmasi matbuot xizmati xabar bergan. Loyiha qiymati - 2 million dollar. U xitoylik investorlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Loyiha 50 ta doimiy va 1500 ta mavsumiy ish oʻrni yaratish imkonini beradi. Uyushma raisi Bahrom Sharipovning aniqlik kiritishicha, bahorda bargning uchi, kuz mavsumida esa barglar butun yigʻib olinadi. 2019 yilda har gektar tutzordan 52.5 tonna tut bargi yigʻib choy tayyorlash rejalashtirilgan. Ana shunda eksport hajmi 1.4 million dollar boʻlishi kutilmoqda. Kelgusi yildan aholi salomatligi uchun foyda boʻlgan bu mahsulot ichki va tashqi bozorlarga yetkazib beriladi.   Manba: kun