Kalit so'z: Sitrus mevalar

Limon daraxti gullari to‘kilib ketishining sababi nimada?

Limon daraxti gullari to‘kilib ketishining sababi nimada?

Bog‘dorchilik
Limon daraxti yil davomida bir necha (3-4) marta gullaydi. Asosiy hosil birinchi gullashdan (aprel-may oylarida) va ikkinchi gullashdan (iyun-iyul oylarida) olinadi. Lekin ba’zi sabablarga ko‘ra limon daraxti birinchi gullashda gullarning ko‘p qismini to‘kib yuboradi. Buning bir nechta sabablari bor. Masalan: daraxtlar qishki sovuqlardan, dim havodan yoki qorong‘ulikdan zararlangan vaziyatlarda meva qilmaydi. Barglarini ko‘p qismini to‘kib yuborgan daraxtlar bahorda yangi barg chiqarib, qiyg‘os gullaganda ham dastlabki gullashda mevalarni tutib qolmaydi. Bu vaziyatda daraxtlar yaxshi parvarish qilinganda ikkinchi va uchinchi gullashda hosillarni saqlab qoladi. Bundan tashqari daraxtlarning meva tugmasligiga oziq moddalarning yetishmasligi ham asosiy sabablardan biri bo‘lishi mumkin.
Limon daraxtiga oziq moddalari yetishmasligini qanday bilish mumkin?

Limon daraxtiga oziq moddalari yetishmasligini qanday bilish mumkin?

Bog‘dorchilik
Limon daraxtiga oziq moddalari yetishmasa uning o‘sishida va rivojlanishida quyidagi o‘zgarishlar sodir bo‘lishi kuzatiladi: Azot yoki fosfor yetishmaganda – barglarning barchasi och-yashil yoki sarg‘ish-yashil tus oladi, daraxt o‘sishi sekinlashadi, hosil kamayadi. Azot yetishmasligi geografik tarqalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Kaliy yetishmaganda – mevalar kichik, ularning qobig‘i yupka va g‘ayrioddiy silliq bo‘lib qoladi. Kaltsiy yetishmaganda – boshqa tashqi belgilar mavjud bo‘lmagan holda, daraxt o‘sishi juda sekinlashadi va hosil kamayadi. Mis yetishmaganda – yosh novdalar keragidan ortiq uzayib, barglar kattalashib ketadi; poyada yelim hosil bo‘lishi va novdalar uchidan boshlab nobud bo‘lishi mumkin. Kasalliklarga qarshi ekinga tarkibida mis bo‘lgan fungitsi
Limon daraxti kasalliklariga qarshi kurashish

Limon daraxti kasalliklariga qarshi kurashish

Foydali ma’lumotlar
Sitrus o‘simliklari ko‘pincha soxta qalqondor, o‘simlik bitlari, kanalar bilan zararlanadi. Qalqondorlarga qarshi 0,3% li Fazolon eritmasi 5-6 kun oralatib 2 marta purkaladi. Karate preparatini 0,3% li qilib sepsa ham bo‘ladi. Bunda o‘simlikning hamma qismini, ayniqsa, barglarini pastki tarafidan ho‘llash zarur. O‘simlik g‘unchalagan va gullagan davrida purkash mumkin emas. Ishlov ertalab va kechqurun yoki bulutli kunlarda o‘tkaziladi. Qora kuyasimon zamburug‘lar barglar yuvilganda ketmaydi. Barglar 1% li Bordo suyuqligi eritmasi yoki 0,5% mis, xlor oksidi eritmasi bilan qo‘shimcha purkalgandagina xolos etadi. O‘rgimchakkanaga qarshi 0,2% li Keltan yoki 1% li Danitol eritmasini purkash yaxshi samara beradi. Vaqti-vaqti bilan yuvib turish ham foydali. O‘simlik tanasi gom
Limon ko‘chatini ekish va parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar

Limon ko‘chatini ekish va parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar

Bog‘dorchilik
Sitrus o‘simliklari normal o‘sib rivojlanishi va mo‘l hosil berishi uchun 4000°C dan ortiq foydali harorat yig‘indisini talab qiladi. Ilmiy-tadqiqotlar va ilg‘or xo‘jaliklar tajribasi shuni ko‘rsatdiki, sug‘oriladigan hududda limonning “meyer” navidan sifatli, mo‘l va muntazam hosil olinmoqda. Bu nav bo‘yi nisbatan kichikligi va erta hosil bera boshlashi bilan boshqalardan ajralib turadi. Ko‘chati o‘tqazilganidan 2 yildan so‘ng hosilga kiradi. Mahalliy sharoitga ko‘proq moslashgan, biroq sovuqqa chidamli bo‘lmaganligi bois issiqxonalarda o‘stirilmoqda. Yaxshi parvarish qilinganda har tupidan 400-500 tagacha limon mevasini olish mumkin. Issiqxonalarda sutkalik o‘rtacha harorat 10°C dan yuqori bo‘lganida limon novdasi o‘sa boshlaydi. Sutkalik o‘rtacha harorat 16-18°C ga yetganida limon
Limon mevalarini uy sharoitida uzoq vaqt qanday yaxshi saqlash mumkin?

Limon mevalarini uy sharoitida uzoq vaqt qanday yaxshi saqlash mumkin?

Bog‘dorchilik
Limon bir yilda bir necha bor gullagani uchun uning mevalari ham yetilishda biroz farq qiladi. Dastlabki gullaridan tugilgan mevalar sentabr oyining oxirlari va oktabr oyining boshlaridan sarg‘aya boshlaydi. Bu jarayon ayniqsa issiqxona usti yopilishi bilan tezlashadi. Noyabr oyidan boshlab esa hosilni uzib olish mumkin bo‘ladi. Noyabrdan-dekabrga qadar uzilgan mevalar avvalgi va keyingi uzilganlariga qaraganda yaxshi saqlanadi. Chunki, meva bu paytda to‘liq pishib yetilgan bo‘ladi.   Hosilni yig‘ib olishda ehtiyotkorlik talab etiladi. Mevalar uzoq vaqt yaxshi saqlanishi uchun meva bandidan uzib olinmaydi. Buning uchun tok qaychida meva bandi bilan qirqib olinadi va zarar yetkazmasdan salqin xonaga (hosil ko‘p bo‘lganda)15-20 sm qalinlikda yoyiladi. Limon daraxti tikonli bo‘l
Banan pishib yetilishi uchun qancha vaqt kerak?

Banan pishib yetilishi uchun qancha vaqt kerak?

Foydali ma’lumotlar
Bananning mingga yaqin turi bor, lekin ularning hammasi ham iste’molga yaroqli emas. Banan – eng keng tarqalgan qishloq xo‘jalik ekinlaridan biri. U ommalashganligi jihatidan to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Oldingi o‘rinlarda guruch, makkajo‘xori va bug‘doy turadi. Bir gektar banan maydonidan 40 tonnagacha hosil olish mumkin. Yillik hosil vaznining og‘irligi bo‘yicha banan apelsindan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Eng ko‘p banan yeydigan odamlar Afrikadagi Burundi mamlakati aholisi hisoblanadi. Bu yerda har bir kishi yiliga 200 kilogrammga yaqin banan iste’mol qiladi. Hindiston – eng ko‘p banan yetishtiruvchi mamlakat. Yangisiga qaraganda quritilgan bananning kaloriyasi besh karra ko‘proq bo‘ladi. Banan – eng radioaktiv meva. Uning tarkibida kaliy radioaktiv izotopla
Bananning urug‘i nega puch bo‘ladi?

Bananning urug‘i nega puch bo‘ladi?

Bog‘dorchilik
Banan – banansimonlar oilasiga mansub ko‘p yillik tropik o‘simlik. Vatani Afrika va Osiyoning tropik va subtropik zonalari hamda Malayya arxipelagi. Asosan, Lotin Amerikasi mamlakatlarida o‘stiriladi. Bananning bo‘yi 15 m gacha boradi, bargi juda yirik bo‘lib, uzunligi 4 m gacha, eni 90 sm gacha boradi. Bananning 40 ga yaqin turi bor. Guli qo‘sh jinsli. Mevasi rezavor meva. Bir tup mevada 300 tagacha meva tugib, o‘rtacha 60 kg gacha hosil beradi. Bitta mevasining uzunligi 15 sm gacha, diametri 3-4 sm ga boradi. Sarg‘ish, eti oqish, shirin. Etining tarkibida 75-76% suv, 14-22% qand, 5-8% kraxmal, 1,5% gacha protein, 0,3-0,6% moy bor. Partenokarpiya usulida (otalanmasdan) meva hosil qiladi, shuning uchun urug‘i puch bo‘ladi. Banan mevasi xo‘lligicha hamda quritilgan holda iste’mol qili
Issiqxonalarda limon daraxti uchun qanday sharoit zarur?

Issiqxonalarda limon daraxti uchun qanday sharoit zarur?

Bog‘dorchilik
Boshqa sitrus o‘simliklar singari limon ham sovuqqa chidamsiz hisoblanadi. Shuning uchun yurtimizda limon yetishtirish uchun maxsus issiqxonalar va transheyalar tashkil qilinib, ularda limon yaxshi o‘sishi va mo‘l hosil berishi uchun yetarli bo‘lgan ob-havo sharoiti yaratiladi. Limon mevalari +1+3℃ haroratgacha yaxshi saqlanadi, 0℃ dan past haroratda sovuqdan zararlanadi. – 5℃ dan past haroratda esa novdasi va tanasi yorilib quriydi. Natijada keyingi yilda ildizidan yangitdan chiqadi. Buning oqibatida, ko‘pgina zarar ko‘rilib, 3-4 yil hosil olinmasligiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun issiqxonaning bir nechta joyiga termometr ilib qo‘yish va tez-tez undan xabardor bo‘lib turish zarur. Sovuq olgan mevalar o‘zining foydali hususiyatlarining ko‘p qismini yo‘qotadi. Achchiq tamga ega bo‘lib q
Mandarin daraxti sovuqqa chidamlimi?

Mandarin daraxti sovuqqa chidamlimi?

Bog‘dorchilik
Mandarin – rutadoshlar oilasining sitruslar turkumiga mansub doim yashil daraxtlar va butalar turiga kiruvchi mevali ekin. Yovvoyi turlari ma’lum emas. Mandarin subtropik va tropik hududlarda: Yaponiya, Xitoy, Ispaniya, Meksikada ko‘plab ekiladi. Vatani – Xitoy. O‘zbekistonda 20-asrning 70-yilllaridan maxsus issiqxona va transheyalarda payvanddan o‘stirilgan past bo‘yli navlari yetishtiriladi. Bu navlar mart oyida gullab oktabr oyida mevasi pishadi. 5-6 yoshda bir tupi 40 kg atrofida meva beradi. Mandarin daraxti doim yashil holda bo‘lib, balandligi 3 m ga boradi. Tinim davri bilan almashadigan 2-3 o‘sish davriga ega. Shox-shabbasi yoyilib o‘sadi, barglari uzunchoq-tuxumsimon, to‘q yashil, gullari oq mayda, ikki jinsli, xushbo‘y. Mandarin may-iyun oylarida gullaydi, mevasi oktabr-noyabda
Limon barglari necha yilda yangilanadi?

Limon barglari necha yilda yangilanadi?

Bog‘dorchilik
Limon – rutadoshlar (sitruslar turkumi) ga kiradigan doim yashil ko‘p yillik daraxtlar turi, mevali ekin. Vatani – Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo. Yovvoyi holda o‘sishi aniqlanmagan. O‘rta Dengiz, AQSH, Meksika, Argentina va boshqa mamlakatlar subtropiklarida, Kavkazning Qora dengiz bo‘ylarida, O‘rta Osiyoda (transheyalarda) yetishtiriladi. Shuningdek, uy sharoitlarida o‘stiriladi. Daraxtining balandligi 3-7 m, shox-shabbasi yoyiq. Novdalari tikanli, ba’zilari tikansiz. Bargi qalin, och yashil, cho‘ziq-tuxumsimon. Gullari ikki jinsli, oq, pushti xushbo‘y. Mevasi tuxumsimon, ba’zan dumaloq. O‘rtacha og‘irligi 120-400 g gacha boradi. Po‘sti sariq, silliq yoki g‘adir-budur, taxir. Eti 8-12 pallali, och sariq, sersuv, nordon. Sharbati tarkibida 3,5-8,1% kislota (asosan, limon kislota), 1,9-