Kalit so'z: Sabzavotlar

Bodring haqida umumiy ma’lumot

Bodring haqida umumiy ma’lumot

Dehqonchilik
Bodring – qovoqgullilar oilasiga mansub bir yillik sabzavot ekini. Barcha qit’alarda ekiladi. Yovvoyi holda uchramaydi. Ochiq dalada va issiqxonalarda yetishtiriladi. Vatani – Xindiston. Miloddan avvalgi 3-ming yillikdan beri ma’lum. Palagi 1,5-2 m gacha boradi. Bodring guli bir uyli, ayrim jinsli. Otalik gullari barg qo‘ltig‘ida bittadan, onalik gullari otalik gullaridan keyinroq paydo bulib, barg qo‘ltig‘ida bittadan, tezpishar navlarida 2-3 ta dan joylashadi. Mevasida vitamin S, 92,7-97,7% suv, 1,1-3,7% qand va mineral tuzlar, shuningdek efir moyi bor. Bodring issiqsevar o‘simlik, urug‘i tuproq harorati 14-15° C bo‘lganda una boshlaydi, 25-30° C da yaxshi ko‘karadi. Bodringning ertapishar, o‘rtapishar va kechpishar navlari bor. Ertapishari ochiq dalaga aprelning birinchi yarmida, o‘rta
Karam qanday yetishtiriladi?

Karam qanday yetishtiriladi?

Dehqonchilik
Karamni o‘sish jarayonida parvarishlash quyidagilardan iborat: tuproqni yumshatish, ekinni sug‘orish, o‘tash, o‘g‘itlash va ko‘mma chopiq qilish. Karam suvni ko‘p talab qiladigan sabzovotdir. Karam ko‘chatlarini o‘tqazilgandan keyin har 10-12 kunda, yerga o‘rnashib olgandan keyin esa, yetilgunga qadar har haftada sug‘orib turiladi. Karam yetilgunga qadar 2 martta chopiq qilinadi. Birinchi martta ko‘chat o‘tqazilgandan keyin 10-15 kun o‘tib, ikkinchi marttasida ham yana 15-20 kun o‘tkazib chopiq qilinadi. Chopiq qilish jarayonida qator oralari yumshatilib, begona o‘tlardan tozalanadi. Karam ko‘chati ekilgandan keyin 15-20 kun o‘tgach, ikkinchi martta esa bosh o‘ray boshlagan paytda o‘g‘itlanadi. Karam ko‘proq azotli o‘g‘itlarni talab qiladi. Shuning uchun o‘g‘itlash jarayonida har tup
Sarimsoq bir yilda necha marta ekiladi?

Sarimsoq bir yilda necha marta ekiladi?

Dehqonchilik
Sarimsoq yil davomida ikki marta bahorda va ko‘proq kuzda ekiladi. Sarimsoqning e’tiborli xususiyatlaridan biri shuki, u boshqa sabzavotlarga qaraganda sovuqqa ancha chidamli. Ya’ni 7-8°C sovuqda ham nobud bo‘lmaydi. Havo xarorati 10-15℃ bo‘lganda o‘sib-rivojlanishi yaxshi davom etadi. Kuzgi ekishni iyul oyining o‘rtalaridan oktabr oyining o‘rtalarigacha ekish mumkin. Ekishning eng maqbul payti avgust-sentabr oylaridir. Sarimsoq o‘g‘itga ancha talabchan hisoblanadi. Shuning uchun ekishdan oldin ekin maydoni mahalliy va mineral o‘g‘itlar bilan ishlanishi zarur. Mineral o‘g‘itlardan amofos, superfosfat, machovina kabi o‘g‘itlardan bir sotixiga 15-20 kg dan yoki undan ko‘proq ham solish mumkin. Amofosni belgilangan miqdorining hammasini ekishdan oldin solinadi. Qolgan o‘g‘itlarni bir qismi
Sifatli kartoshka urug`i qanday tayyorlanadi?

Sifatli kartoshka urug`i qanday tayyorlanadi?

Dehqonchilik
Urug‘lik uchun shakli to‘g‘ri bo‘lgan, sifatli 50-60 gramm keladigan kartoshkalardan saralanadi. Ya’ni bu jarayonda, egri-bugri, qiyshiq, o‘ta ingichka va uzun o‘simtasi bor, mayda kartoshkalardan urug‘lik sifatida foydalanmagan ma’qul. Uy sharoitida urug‘likni yanvar oyining oxirlaridan boshlab tayyorlash kerak. Buning uchun saralangan urug‘likni yorug‘ xonada polga yoki stol ustiga yupqa qilib yoyiladi. 35-40 kun davomida baquvvat yashil o‘simtalar unib chiqadi. Xonadagi yorug‘lik miqdori yetarli bo‘lganda urug‘liklardagi o‘simtalarning rangi yashil va baquvvat bo‘ladi. Ekish uchun tashish jarayonlarida ham o‘simtalari kamroq zararlanadi. Tashishda esa maxsus yashiklardan foydalanish zarur bo‘ladi. Chunki urug‘lik kartoshkani qopda tashish yaramaydi. Ko‘p miqdordagi urug‘likni saql
Kartoshka qanday ekiladi?

Kartoshka qanday ekiladi?

Dehqonchilik
Yurtimizda ertangi kartoshka asosan fevral oyining oxiri mart oyining boshlarida ekiladi. Kechki kartoshka esa, may oyining oxirlari iyun oyining boshlarida ekiladi. Kartoshkani ekishdan avval yerni ekishga tayyorlanadi. Katta maydonlarga ekilganda yerni haydashdan oldin mahalliy o‘g‘it (chirigan go‘ng) amofost, ammiak selitra, superfosfat kabilarni sepiladi. Yerni haydalib tayyorlangandan so‘ng, urug‘ni ekish mumkin bo‘ladi. Bunda yerdagi namlik darajasi yetarli darajada bo‘lishi kerak. Namlik o‘ta darajada yuqori ham, o‘ta kam ham bo‘lmasligi kerak. Katta maydonlarga ekilganda maxsus mashinalarda ekiladi. Kichik maydonlarga, tomorqalarga, yosh bog‘lar orasiga ekilganda ekish muddatlariga qarab qatorlab yoki kvadrat uyalab ekiladi. Qatorlab ekilganda qator orasini 60-70 sm dan qilib ek
Sarimsoqning vatani qayer?

Sarimsoqning vatani qayer?

Dehqonchilik
Sarimsoq – piyozdoshlar oilasi piyozlar turkumiga mansub ikki va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar turiga kiruvchi sabzavot ekini. Uning vatani – O‘rta Osiyo hisoblanadi. Yovvoyi xolda Hindiston, O‘rta dengiz atroflarida, Qozog‘iston, Sibir, Kavkaz va O‘rta Osiyoda uchraydi. O‘zbekistonda yovvoyi sarimsoq tog‘li mintaqalarda o‘sadi. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda yetishtiriladi. Madaniy sarimsoqning 2 turi mavjud bo‘lib, biri gulpoya chiqarmaydi, ikkinchisi gullab, urug‘ hosil qiladi. Sarimsoqning O‘zbekistonda tarqalgan gulpoya chiqaruvchi navlari serhosil, qishga chidamli. Bargi lentasimon, ildizi patak. Gullari mayda, ikki jinsli, qo‘ng‘iroqsimon, oq yoki binafsharang. Piyozi murakkab, pardasimon umumiy qobiq ichida 7-30 dona mayda piyozchalari bo‘ladi. Tarkibida qand, S, V vi
Ko‘kat ekinlar qaysilar?

Ko‘kat ekinlar qaysilar?

Dehqonchilik
Ko‘kat ekinlarga ko‘k holida iste’mol qilinadigan, bargi, poyasi ovqatga ishlatiladigan sabzavot ekinlar: ko‘k piyoz, sarimsoqpiyoz, salat, kashnich, yalpiz, ismaloq, shivit, rayhon, rediska, rovoch, petrushka, ukrop va boshqa shu kabi o‘simliklar kiradi. Ko‘kat ekinlari qimmatli ozuqa moddalari va vitaminlarga juda boy. Kuzda va bahorda ochiq maydonlarda, hamda parnik va issiqxonalarda yil davomida yetishtiriladi. Ularni ovqatlarga va konserva maxsulotlariga solib iste’mol qilinadi. Ularning o‘suv davri qisqa bo‘lib, 30-60 kun ichida ko‘kat mahsulotlari iste’mol uchun tayyor bo‘ladi. Ko‘kat ekinlar tezda yetilishi sababli ularni ko‘p marta urug‘ini sepib yil bo‘yi qayta-qayta barra ko‘kat yetishtirish imkoniyati mavjud. Ko‘kat ekinlardan unumdor va namlik yetarli tuproklarda yuqori