Kalit so'z: Sabzavotlar

Gerbisidlar sabzi va piyozni quritib qo‘yadimi?

Gerbisidlar sabzi va piyozni quritib qo‘yadimi?

Foydali ma’lumotlar
Begona o‘tlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy dorivorlar gerbisidlar deb ataladi. (Gerbisid lotinchada lierbum herbi – o‘simlik, cida – o‘ldiraman so‘zlaridan olingan, ya’ni o‘simlikni o‘ldirish, quritish demakdir). Gerbisidlarni sepish, changlash, purkash yoki tuproqqa aralashtirish bilan begona o‘tlarni yo‘qotish mumkin. Gerbisidlar kimyoviy tarkibi va o‘simliklarga ta’sir qilish xususiyatiga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladi. Ular kimyoviy tarkibiga ko‘ra anorganik va organik gerbisidlarga bo‘linishi. Anorganik gerbisidlar ammoniy sulfat, kalsiy xlorat, kaliy sianamid va boshqalar. Organik gerbisidlar (organik kislotalar, fenol, mochevina) fenol, fiziologik jihatdan eng faol hisoblanadi. O‘simliklarga ta’sir qilish xususiyatiga ko‘ra gerbisidlar yoppasiga ta’sir qiluvchi va ta
O‘rgimchakkana bodring uchun havflimi?

O‘rgimchakkana bodring uchun havflimi?

Dehqonchilik
O‘rgimchakkana bodring uchun eng havfli zararkunanda hisoblanadi. Bu zararkunandaning lichinkalari bodring bargining pastki tomoniga joylashib oladi, ammo juda ko‘payib ketganida o‘simlik shoxlarida ham o‘zining ingichka to‘rini yoyadi. Dastlab barg nish urgan joyda mayda och ko‘k nuqtalar paydo bo‘ladi, so‘ng barglarni sariq dog‘lar qoplay boshlaydi, oqibatda barg to‘qimalari qurib, butkul sarg‘ayib nobud bo‘ladi. Ayniqsa tor plyonkali pana joylarda va issiqxonalarda o‘simlikka ko‘p zarar keltiradi. Havoning nisbiy namligi 80% dan yuqori bo‘lishi o‘rgimchakkanalarning rivojlanishi uchun noxush sharoit hisoblanadi. Shuning uchun bu zararkunandaning yalpi ko‘payishi yilning issiq davrida harorat 25-30˚C daraja va havoning namligi past darajada bo‘lganida avj oladi. Unga qarshi kura
Issiqxonadagi bodringlar necha kunda yetiladi?

Issiqxonadagi bodringlar necha kunda yetiladi?

Dehqonchilik
Issiqxonada yilning istalgan faslida bodring parvarishlash mumkin. Bodring gullagandan keyin 15-16 sutkada, juda qulay sharoitlarda esa undan ham avvalroq ya’ni 12-14 sutkada mevasi iste’molga tayyor bo‘ladi. Uzoq davom etgan bulutli kunlarda bu muddat 18-20 sutkaga uzayadi. Ertagi bodring hosili og‘irligi 220-250 g ga yetganda teriladi. Uzun mevali navlari katta meva tugadi, ammo 1-2 oy davomida o‘rtacha vazni 300-350 g dan ko‘p bo‘lmaganda teriladi. Bu shakllanayotgan boshqa hosilning rivojlanishi to‘xtab qolishining oldini oladi. Mayda, ko‘p hosil beruvchi duragaylar va navlar tez-tez terib olishni talab qiladi. Bunday navlar hosili o‘z vaqtida terib olinishi kerak. Hatto terimning ozgina ushlanib qolishi ham ertagi va umumiy hosilga salbiy ta’sir etib, tuguncha va yosh mevalarning o
Plyonka ostida bodring yetishtirish uchun qanday joy tayyorlanadi?

Plyonka ostida bodring yetishtirish uchun qanday joy tayyorlanadi?

Dehqonchilik
Mamlakatimizda ochiq maydonlarda bodring yetishtirish muvaffaqiyati ko‘p jihatdan ob-havo sharoitiga bog‘liqligi fermer-dehqonlarga yaxshi ma’lum bo‘lsa kerak. Issiq yetarli bo‘lmagan yillarda bodring hosili, odatda kam bo‘ladi. Shuning uchun isitilmasa ham usti plyonka bilan tunelsimon qilib berkitilgan maydonlarda ertagi mo‘l hosil yetishtirish mumkin. O‘tkazilgan tajribalarga muvofiq tepasi vaqtincha plyonka bilan yopilib, urug‘ ekib bodring yetishtirilganda, ochiq joydagiga nisbatan 20 kun avvalroq, ko‘chat qilib ekilgan o‘simliklarda esa bir oy avvalroq birinchi hosilni yig‘ib olish mumkin. Bir xil agrotexnik tadbir amalga oshirilganda, plyonka bilan vaqtincha yopilgan joydan yil mobaynida o‘rtacha 499,8 sentner, plyonka yopilmagan maydonda esa 237,2 sentner bodring hosili olish
Sabzavotchilik qanday tarmoq?

Sabzavotchilik qanday tarmoq?

Foydali ma’lumotlar
Sabzavotchilik – dehqonchilikning sabzavot ekinlarini yetishtirish bilan shug‘ullanadigan tarmog‘idir. Sabzavotchilik dehqonchilikning boshqa tarmoqlaridan ko‘p jihatdan farq qiladi, jumladan, sabzavotchilikda ekinlar ochiq va himoyalangan (yopiq) yerlarda yetishtiriladi, aksariyat bir mavsumda hosil beradigan ekinlar ekiladi. Dala va himoyalangan yerdagi sabzavotchilikka bo‘linadi. Sabzavot ekinlari ochiq maydonlarda bahor, yoz va kuz davrlarida sabzavot hamda urug‘ olish uchun, yopiq yerlarda esa mavsumdan qat’iy nazar sabzavot olish uchun yetishtiriladi. Himoyalangan yerlarda o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun jami omillar sun’iy yaratiladi va uni boshqarish mumkin. Bunga misol qilib issiqxonalar va ularda yaratiladigan qulay sharoitlarni olishimiz mumkin. Bu esa qish, ert
Pomidorni almashlab ekish va ekin maydoni tanlash

Pomidorni almashlab ekish va ekin maydoni tanlash

Dehqonchilik
Pomidor oziq moddalarga boy, mexanik tarkibi yengil qumoq, sho‘rlanmagan har xil tuproq tiplari yaroqli bo‘lgan, ayniqsa, o‘tloq, o‘tloq-bo‘z va tipik bo‘z tuproqlarda yaxshi o‘sadi va mo‘l hosil beradi. Shu bilan birga almashlab ekish ham muhim ahamiyatga ega. Pomidor uchun beda, ko‘katlar va dukkakli sabzavotlar, piyoz, sarimsoq, poliz ekinlari, karam va bodring yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. Pomidorni pomidordan so‘ng yana qayta yoki ituzumdoshlar oilasiga mansub boshqa ekinlar ya’ni pomidor o‘simliklarida uchraydigan kasallik-zararkunandalarga chalinadigan kartoshka, qalampir, baqlajon, ayniqsa, g‘o‘za ekinidan keyin ekmaslik kerak. Chunki, pomidor mevasi g‘o‘za singari ko‘sak qo‘rti bilan zararlanadi. Bir marta pomidor yetishtirilgan dala maydoniga 3 yildan so‘ngra yana pomidor
Pomidor – sabzavot ekini

Pomidor – sabzavot ekini

Dehqonchilik
Pomidorning vatani Pomidor italyancha “pomudoro” so‘zidan olingan bo‘lib, “oltin olma” ma’nosini beradi. Ituzumdoshlar oilasiga mansub, bir va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar va yarim butalar turkumiga kiruvyai sabzavot ekini. 3, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra 7 turi mavjud. Oddiy – yeyiladigan pomidor (Lucopersicon eskulentum) jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda ochiq va himoyalangan yerlarda ekiladi. Jahon bo‘yicha ekin maydoni 3,5 mln. gektar, hosildorligi 268,6 sentner/gektar, yalpi hosili 95,1 million tonna (1999). Vatani – Janubiy Amerika. Yevropaga 16 asr o‘rtalarida, dastlab Ispaniya, Portugaliya va Italiyaga olib kelingan. O‘rta Osiyoga 18 asr oxirlari – 19 asr boshlarida Rossiya orqali kelgan, bir yillik ekin tarzida ekiladi. Xususiyatlari Pomidor issiqtalab va yorug‘seva
Issiqxonada o‘stiriladigan bodring ekinlarini oziqlantirish

Issiqxonada o‘stiriladigan bodring ekinlarini oziqlantirish

Dehqonchilik
Bodring o‘simligi issiqxonada o‘sishi davrida ozuqa elementlari va tuproq eritmasi konsentratsiyasi mutanosibligini ushlab turish lozim. Ko‘chatni ekib bo‘lgandan keyin yuqori sifatli issiqxona tuprog‘i tezda ozuqaning zaruriy unsurlari bilan o‘simlikni to‘liq ta’minlaydi. Shuning uchun birinchi oyda ildiz tizimi rivojlanib, mevalarning o‘sishi boshlanguncha o‘simliklar tuproqdan yetarli miqdorda kerakli moddalarni oladi. Unchalik unumdor bo‘lmagan yerlarda o‘simlik o‘zini tutib olishi bilan 12-15 sutkadan keyin o‘simlik qo‘shimcha oziqlantiriladi. Bu vaqtda ekishga qadar tuproqqa solingan asosiy elementlarning miqdori kamayadi, ularni o‘simliklar tomonidan iste’mol qilinishi esa ortadi. Oziqlantirishda o‘g‘itlarning me’yori va nisbatini aniqlash uchun har ikki haftada tuproqdan na’m
Piyoz qachon ekiladi?

Piyoz qachon ekiladi?

Dehqonchilik
Piyoz hosildorligi, istemol qilinishi va yetishtirilishi jihatidan yetakchi o‘rinlarda turuvchi sabzavotlardan biri hisoblanadi. Undan sifatli va yuqori hosil olish uchun esa, dehqon anchagina bilim va tajribaga ega bo‘lishi zarur. Piyozni to‘qsonbosti usulida yetishtirish uchun, urug‘ni kuzda ekinlardan bo‘shagan yerlarga sepiladi. Tavsiya etilgan navlar: Istiqbol, Zafar, Manas, Zafar, Banka, Leone va shu kabilar. Ekish muddatlari respublikamizning markaziy mintaqalarida 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar, janubiy mintaqalarida dekabr oyida, shimoliy mintaqalarda esa noyabr oyida amalga oshiriladi. Urug‘lar bahorda yerga amal kelishi bilan unib chiqadi. Piyoz urug‘i katta maydonlarda SMM-4, SKON-4,2 kabi seyalkalarda, kichik maydonlar va tomorqalarda qo‘lda sepiladi. Bunda qator oralari
Prezident farmoni: Ekin maydonlari xatlanadi, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tuziladi

Prezident farmoni: Ekin maydonlari xatlanadi, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tuziladi

Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Farmon matnida O‘zbekiston fermerlari kengashi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni yetarli darajada bajara olmayotgani, aholi ixtiyoridagi 480 ming gektardan ortiq tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi past darajada qolayotgani, fermer va dehqon xo‘jaliklarining yer maydonlari hamda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish ustidan parlament, vakillik va jamoatchilik nazorati lozim darajada o‘rnatilmagani, fermer xo‘jaliklarining asosiy qismi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini