Kalit so'z: Sabzavotlar

Tomorqada bodring yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Tomorqada bodring yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Ranniy – 645, Oʻzbekiston – 740, Zilol, Parad, Konkurent, Navroʻz, Omad, Talaba va Gollandiya F1 duragaylaridan Alibi, Asteriks, Regal, Ayaks, Superina. Urugʻ tanlash. Ekiladigan bodring urugʻi toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, oʻrtacha kattalikda, butun (sinmagan), vazndor, zararlanmagan boʻlishi zarur. Urugʻlar boshqa oʻsimliklar urugʻlari va aralashmalaridan tozalanadi. Urugʻlik ekish oldidan iliq suvda 1–2 soat ivitib qoʻyiladi Yer tayyorlash. Dastlab maydon oʻtmishdosh ekin qoldiqlari va begona oʻtlardan sifatli qilib tozalanadi. 1 sotix yerga 200 kg (10 sotixga 2 tonna) chirigan goʻng solinadi. Chirigan goʻng bilan birgalikda 1 sotix maydonga fosforning 75, kaliyning ham 75 foizi beriladi. Bu koʻrsatkich 1,6 kg ammofos, 1,2 kg kali
Pomidor yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Pomidor yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: ertapishar Doʻstlik, Saxiy, Shafaq, Sevara, oʻrta-ertapishar Toshkent tongi, oʻrtapishar TMK-22, Oʻzbekiston – 178, Surxon – 142, Bahodir, Sharq yulduzi, Sitora, Istiqlol – 10, Avisenna, kechpishar Namuna – 70, Doni 2000. Koʻchat tanlash. Pomidor koʻchatlari 40-45 kunlik, poyasi va ildizlari durkun rivojlangan, barglari toʻq yashil tusda, sogʻlom boʻlishi lozim. Yer tayyorlash. Pomidor ekish rejalashtirilgan yerlarni tayyorlash ishlari kuz oylaridan boshlanadi, hosildan boʻshagan maydondagi yirik oʻsimliklar qoldiqlaridan tozalanib, mahalliy oʻgʻit sochib chiqiladi. Berilishi lozim boʻlgan madaniy oʻgʻitlar miqdorini bir qismi qoʻlda sochib chiqilib, keyin maydon 28–30 sm chuqurlikda yumshatiladi. Ekishga tayyorlashni keyingi tadbirlari ekishdan
Baqlajon yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Baqlajon yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Avrora, Zamin F1, Feruz. Urugʻ tanlash. Ekiladigan urugʻi toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, sinmagan, vazndor boʻlishi zarur. Urugʻlar boshqa oʻsimliklar urugʻlari va aralashmalaridan tozalanadi. Yer tayyorlash. Urugʻ sepiladigan maydonlar oʻtmishdosh ekin qoldiqlari va begona oʻtlardan sifatli qilib tozalanadi. 1 sotixga 150-200 kg (10 sotixga 1,5-2 t) chirigan goʻng solinadi. Yer 20-25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va sugʻorish egatlari olinadi. Ekish muddati. Urugʻlar qoʻlda sepiladi. Sepilgandan urugʻlar xaskash bilan tuproqqa aralashtiriladi. Baqlajon koʻchatlarini janubiy viloyatlarda martning 3-oʻn kunligi, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda aprelning 2-3 oʻn kunligida v
Oqbosh karam oʻstirish boʻyicha tavsiyalar

Oqbosh karam oʻstirish boʻyicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: ertapishar Farao F1, Nazomi F1, Parel F1, Iyunskaya, oʻrtapishar Saratoni, Toshkent – 10, Termiz – 2500, kechpishar Sharqiya – 2, Oʻzbekiston sudyasi. Koʻchat tanlash. Erta bahor va yozgi muddatlarda ekiladigan oqbosh karam koʻchatlari 30-40 kunlik, barglari toʻq yashil, ildizlari durkun rivojlangan va sogʻlom boʻlishi lozim. Dalaga ekish paytida koʻchatlarda 6-7 ta barg boʻlishi kerak. Yer tayyorlash. Maydonlar oʻtmishdosh ekinlar qoldiqlari va begona oʻtlardan sifatli qilib tozalanadi. 1 sotix yerga 200-250 kg (10 sotixga 2-2,5 tonna) chirigan goʻng solinadi. Tuproq 20-25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanadi, yaxshilab tekislanadi, sugʻorish egatlari olinadi. Ekish muddati va sxemasi. Karamni 3 xil muddatda ekib, parvaris
Sholgʻom yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Sholgʻom yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Namangan mahalliysi, Samarqand mahalliysi, Muyassar. Urugʻ tanlash. Ekiladigan sholgʻom urugʻi toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, oʻrtacha kattalikda, butun (sinmagan), vazndor tekis (zararlanmagan) boʻlishi zarur. Urugʻlar boshqa oʻsimliklar urugʻlari va aralashmalaridan tozalanadi. Yer tayyorlash. Urugʻ ekiladigan maydonlar oʻtmishdosh ekin qoldiqlari va begona oʻtlardan sifatli qilib tozalanadi. 1 sotix yerga 200 kg (10 sotixga 2 tonna) chirigan goʻng solinadi. Tuproq 20-25 sm chuqurlikda chirigan goʻng va mineral oʻgʻitlar bilan aralashtirilib yumshatiladi. Yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va sugʻorish egatlari olinadi. Ekish muddati va sxemasi. Sholgʻom asosan yozda ekiladi. Sholgʻom urugʻi markaziy mintaqa va vodi
Qalampirdan qancha daromad olish mumkin?

Qalampirdan qancha daromad olish mumkin?

Dehqonchilik
Qoʻqon davlat oʻrmon xoʻjaligida eng xaridorgir qalampir navini yetishtirish va koʻpaytirish ishlari amalga oshirilmoqda. Qalampir "qirq yillik qarzing boʻlsa, bir yilda uzaman" – der ekan. Rost gap. Bugungi kunda mamlakatimizda achchiq qalampir yetishtirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani ham bejiz emas. Chunki jahon bozorida bu mahsulotga boʻlgan talab katta. Oʻtgan yili Indoneziyada boʻlib, u yerda qalampir yetishtirish texnologiyasini oʻrganib qaytgan Fargʻona viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi vakillari ham bu borada amaliy ishlarga qoʻl urdi. Ayni paytda Qoʻqon davlat oʻrmon xoʻjaligida 40 gektar maydonga ekish uchun Indoneziyadan keltirilgan achchiq qalampir urugʻi issiqxona sharoitida undirilmoqda. Maʼlumotlarga qaraganda, 1 gektarda qalampir yetishtirish uchun 25 millio
Bodring urugʻi qanday yetishtiriladi?

Bodring urugʻi qanday yetishtiriladi?

Dehqonchilik
Bodringni urugʻlik uchun yetishtirayotganda, navlarning tozaligini saqlash, moʻl hosil beruvchi, erta pishadigan urugʻ olish imkonini beradigan usullarga jiddiy rioya qilish kerak. Toza navli urugʻ olish uchun ochiq tuproqqa ekilgan har xil navli bodringlar oʻrtadagi oraliq imkoni boʻlsa 1 km ga yaqin, bogʻlar, butalar va boshqa himoyalanish vositalari bilan oʻralgan joyda yetishtirilganda esa, 500 m masofa boʻlishi lozim. Agar sara urugʻ yetishtirish maqsadingiz boʻlsa, atrofda boshqa navdagi ekinlar boʻlmasin. Bodringlar gullagan davrda urugʻ yetishtirilayotgan maydon atrofiga asalari uyalarini keltirib oʻrnatish maqsadga muvofiqdir. Tezpishar navlar changlangandan 8-12 kun oʻtgach, naychalar vujudga keladi, 45-50 kundan keyin esa urugʻlik bodring yetiladi. Bodringning juda qalin b
2018-yilda Oʻzbekistonda 18 ming gektar yerga achchiq qalampir ekiladi

2018-yilda Oʻzbekistonda 18 ming gektar yerga achchiq qalampir ekiladi

Yangiliklar
2018-yilda yurtimizda 18 ming gektarda achchiq qalampir yetishtirish moʻljallanmoqda. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutidan OʻzA muxbiriga maʼlum qilishlaricha, har bir gektardan 21 million soʻm daromad olish mumkin. 25-yanvardan institut olimlari fermer xoʻjaliklari rahbarlari va tomorqa egalarining qalampir yetishtirish borasidagi malakasini oshirish maqsadida joylarda oʻquvlarni boshlaydi. Birinchi manzil – Qashqadaryo. Achchiq qalampir suvga talabchan oʻsimlik, biroq haddan ortiq sugʻorilganda undagi achchiqlik xususiyati pasayib ketishi mumkin, deyishmoqda mutaxassislar. Oʻziga xos bu oʻsimlik mevasini koʻkligida ham, qizarganida ham isteʼmol qilish mumkin. Achchiq qalampir koʻkligida yigʻib olinsa, hosil miqdori nisbatan koʻproq boʻ
Osh lavlagini toʻqsonbosti usulida yetishtirish

Osh lavlagini toʻqsonbosti usulida yetishtirish

Dehqonchilik
Osh lavlagining mahalliy Diyor, Yagona va xorijdan keltiriladigan navlaridan Bordo-237, Bikores, Boro F1, Detroyt, Pablo F1 duragaylari tavsiya etiladi. Ushbu navlardan gektaridan oʻrtacha 220-230 s hosil olinadi. Lavlagi urugʻlari 4-5˚C haroratda unib chiqa boshlaydi, oʻsib-rivojlanib borishi uchun eng qulay harorat 20-25˚C dir. Lavlagi sovuq (-2-3˚C) va yuqori harorat taʼsiriga chidamli boʻladi, tuproqda nam yetarli darajada boʻlganda yuqori hosil beradi. Toʻqsonbosti usulida ekish muddati janubiy viloyatlarida 15-30 dekabr, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda 10-noyabrdan 10-dekabrga qadar va shimoliy mintaqalarda 1-noyabrdan 10-dekabrga qadar ekiladi. Urugʻ sarfi toʻqsonbosti usulida ekishda 16-8 kg. Ekish egatlari 60-70 sm boʻlib, 2-3 qatorli, oʻsimlik oralari 8-10 sm. Ur
Tomorqada bodring yetishtirish

Tomorqada bodring yetishtirish

Dehqonchilik
Joy tanlash. Bodring ekish uchun tomorqa maydonining sugʻorishga qulay, shimoldan va sharqdan esuvchi shamollardan panaroq joylari tanlanadi. Ochiqlikdagi maydonlar chetiga taxta qoʻralar, devorlar, daraxtlar yoki makkajoʻxori va kungaboqar kabi baland oʻsuvchi oʻsimliklar ekilib, shamoldan pana qilinadi. Tuproqqa ishlov berish va oʻgʻitlash. Tuproqqa ishlov berish tizimi oʻsimlikning oʻsishi va hosildorligini doimo oshirib borish uchun maqbul shart-sharoit yaratishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak. Yangi joyda yerni yaxshilab oʻzlashtirish va keyingi yilgi ekish uchun yerni tayyorlash lozim. Yozda maydon chuqurligi 8-10 sm qilib yumshatiladi, kesaklari maydalanadi. Kuzda tuproq 22-25 sm chuqurlikda qayta chopiladi. Tuproqning texnik holati, uning hosildorligidan kelib chiqib 12-15 kg