Kalit so'z: Rezavor mevalar

Krijovnik ko‘chatini parxish usulida ko‘paytirish

Krijovnik ko‘chatini parxish usulida ko‘paytirish

Bog‘dorchilik
Krijovnik urug‘idan hamda vegetativ usulda: gorizontal va vertikal shoxlarini parxish qilish yo‘li bilan shuningdek, qalamchalaridan ko‘paytiriladi. Urug‘idan ko‘paytirilgan ko‘chat juda kam hollarda ota-onasiga o‘xshaydi, aksari uzoq avlodlarining yomon xususiyatlariga ega bo‘ladi. Vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirilganda nav o‘zining xususiyatlarini saqlaydi. Gorizontal usulda parxish qilish – krijovnikni ko‘paytirishning eng yaxshi usulidir. Buning uсhun erta bahorda, kurtaklar ochilgunga qadar, tup atrofidagi tuproq yumshatiladi, yer begona o‘tlardan yaxshilab tozalanadi va yetarli darajada go‘ng solinadi. Yonlamasiga o‘sgan shoxlardan eng baquvvatlari, yaxshi rivojlangan bir yillik novdalari tanlanadi. Novdalarning uchi uzunligining to‘rtdan biri miqdorida kesiladi. Bu esa yon novdach
Krijovnik haqida bilasizmi?

Krijovnik haqida bilasizmi?

Bog‘dorchilik
Krijovnik – toshyorardoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik buta, rezavor meva ekini. 50 dan ortiq turi bor. Asosan, Shimoliy Amerikada (46 xil turi) uchraydi. Ko‘proq 3 turi ekiladi. Madaniy yoki ekma krijovnik – Rossiyaning Yevropa qismida, Kavkazda, shuningdek, Yevropa mamlakatlarida, O‘rta Osiyoda o‘stiriladi. Tikanli krijovnik – O‘rta Osiyo tog‘larida, Oltoyda, Sayan tog‘larida o‘sadi. Burein krijovnik – Uzoq Sharqda uchraydi. Novdasi tikanli, bo‘yi 1,5-2 m, popuk ildizli. Barglari 3-5 bo‘lakchali. Gullari 2 jinsli, 1-3 tadan shingil bo‘lib joylashgan. Mevasi soxta rezavor meva. Yumaloq yoki cho‘ziqroq, oq, sariq, qirmizi, qora, ko‘p urug‘li bo‘ladi. Mevasi iyunning 2-yarmida yetiladi, o‘rtacha og‘irligi 3,6-6 g. 1 tupi 2,5-4 kg hosil beradi. Mevasi tarkibida 7-18% qand, 30-60 mg%
Malina hosilini yig‘ish haqida

Malina hosilini yig‘ish haqida

Bog‘dorchilik
Malina ko‘chati ekilgandan so‘ng ikkinchi yili hosil berishni boshlaydi, uchinchi-to‘rtinchi yillari esa yalpi hosilga kiradi. Malina mevasi nihoyatda nozik bo‘lgani uchun bandi bilan uziladi, uning o‘ta pishib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, tezda terib olish kerak. Terilgan kuni iste’mol qilinadigan, shuningdek qayta ishlashga mo‘ljallangan malinani bandi bilan termasa ham bo‘ladi. Malinaning mevasi qulupnay tugash davrlarida ya’ni may oyining oxiri va iyun oyining boshlarida pishishni boshlaydi va yig‘ib olish avgust oyiga qadar davom etadi. Pishish boshlangan dastlabki kunlarda hosil 2 kunda, hosil oxirlagani sari esa 3–4 kunda teriladi. Hosilni 1,5–2 kg meva sig‘adigan idishlarda yig‘ib olinadi. Chunki katta idishlarda yig‘ilganda meaning sifati buzilib ketishi mumkin. Malinani ertalab yok
Malinani qanday tuproqqa ekkan ma’qul?

Malinani qanday tuproqqa ekkan ma’qul?

Bog‘dorchilik
Malina bir yerda ko‘chirilmasdan 10-12, ba’zan undan ham ko‘proq o‘sadi, shuning uchun ekin maydoni tanlashga alohida e’tibor berish kerak bo‘ladi. Malina uchun sovuq shamollardan to‘silgan, panaroq, hosildor hamda suv qatlami yer yuzasidan 1,5 m dan past bo‘lgan maydonlar ajratiladi. Malina chirindiga boy, tarkibi yaxshi hamda suvni yaxshi o‘tkazuvchi qumloq va qumoq tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi va mo‘l hosil beradi. Og‘ir tuproqli, sho‘rxok, botqoq, karbonati ko‘p yerlarda malinani ekish yaramaydi. Malinaning ildiz tizimi haydaladigan qatlamda gorizontal joylashadi. Shuning uchun yer qanchalik chuqur bo‘lsa, unda oziq moddalar va nam shunchalik ko‘p to‘planadi, ildiz sistemasi baquvvat rivojlanib, ekin serhosil bo‘ladi. Malina ekiladigan yer 30-35 sm chuqurlikda haydalib, 1 m2 y
Krijovnikdan qancha hosil olish mumkin?

Krijovnikdan qancha hosil olish mumkin?

Bog‘dorchilik
Krijovnik ko‘p yillik buta bo‘lib, bo‘yi 1,5-2 m ga yetadi. Ildizi popuk ildiz sistemali. Ildizlarining asosiy qismi 10-40 sm chuqurlikda yotib, tupidan 50-60 sm atrofga tarqaladi. Qayta tiklanuvchi, ya’ni yosh novdalari tup asosidan, novda joylashgan kurtaklardan o‘sib chiqadi. Bu novdalardan keyingi yillari yon shoxchalar – ikkinchi va uchinchi tartib shoxchalar hosil bo‘ladi va meva, asosan, shu shoxchalarda tugiladi. Novdalarning bo‘g‘inida tikanchalari bo‘ladi. Tikanlari bittalik, ikkitalik va uchtalik bo‘lishi mumkin, bundan tashqari, ayrim novdalarida bo‘g‘inlar orasida ham tikanchalar uchraydi. Barglari uch-besh bo‘lakli, tuksiz yoki tukli to‘pguli qo‘ng‘iroqcha shaklida, beshta kosaguldan, besh gulbargdan, beshta otalik changlagich, bitta onalik urug‘idan iborat. Onalik urug‘ining
Qulupnayni bir yerda necha yil o‘stirish mumkin?

Qulupnayni bir yerda necha yil o‘stirish mumkin?

Dehqonchilik
Qulupnay (yertut) – ra’noguldoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar turkumiga kiradigan rezavor ekin. Yevrosiyo va Amerikada 50 turi ma’lum. Asosan bog‘ qulupnay turi, shuningdek: o‘rmon qulupnayi, muskat ta’mli qulupnay, virginiya qulupnayi va chili qulupnaylari ekiladi. Qulupnayning birinchi navlari 18-asrda Niderlandiyada paydo bo‘lgan. Amerikadan 2 turi – Virginiya va Chili qulupnayi Yevropaga olib kelingan. Qulupnay yer sharining turli iqlimli mintaqalarida – qutb doirasidan to subtropiklargacha o‘stiriladi. O‘zbekistonda ko‘proq bog‘ qulupnayi turi ekiladi. Ildizi popuk ildiz. Tupi o‘rtacha shoxlangan, bo‘yi 10 sm gacha balandlikda bo‘ladi. Barglari yuraksimon, gullari qalqonsimon to‘pgulga yig‘ilgan. 2 jinsli oq yoki oqish-sariq, o‘zidan changlanadi. May-iyunda p
Qulupnay gajaklaridan ko‘paytiriladi

Qulupnay gajaklaridan ko‘paytiriladi

Dehqonchilik
Qulupnay ishlab chiqarish sharoitida gajaklaridan ko‘paytiriladi. Faqat yangi navlar yaratish rejalashtirilganda urug‘idan ko‘paytiriladi. Ko‘chatlar mahsus ko‘chatzorlarda yetishtiriladi. Buning uchun qulupnay hosili terib olingandan keyin qator oralari yumshatiladi. Gajaklar to‘g‘rilanib, ildiz otish uchun tuproqqa ko‘miladi, so‘ngra, sug‘oriladi. Bunday maydonlarning har gektaridan 250 mingta, asosiy ko‘chatzordan esa 1,5-2 barobar gajakli ko‘chat olinadi. Dastlab qulupnay ko‘chatlarini tayyorlab olinadi. Buning uchun ko‘chat olinadigan qulupnayzorni bir kun oldin sug‘orib olinadi, so‘ngra baquvvat va serhosil yirik va baquvvat ko‘chatlarni ko‘chirib olinadi. Kovlab olingan ko‘chat asosiy tupdan ajratiladi, ikkinchi va uchinchi tartib gajaklar esa tashlab yuboriladi. Olingan ko‘chatla
Malinani parvarishlash haqida

Malinani parvarishlash haqida

Bog‘dorchilik
Kuzda malinazorning qator oralari haydaladi va tuplarning atrofi chopib yumshatiladi. Bahorda esa baronaladi va yumshatiladi. Yoz davomida 3-4 marta 8-12 sm chuqurlikda yumshatiladi. O‘suv davri davomida14-16 martagacha sug‘oriladi. Dastlab aprelda 2 marta, mayda 3 marta, iyun-iyulda 3-4 martadan, avgustda 2 marta va sentabrda 1 marta sug‘oriladi. Sug‘orish ishlaridan so‘ng, ekinzor tuprog‘i yumshatiladi va begona o‘tlardan tozalanadi. Malina o‘g‘itga ancha talabchan. Har 2 yilda gektariga 20-30 tonnadan chirigan go‘ng, bahorda 120 kg azot, 60 kg fosfor solinadi. Bu 1 sotix yerga 200-300 kg chirigan go‘ng, 1,2 kg azot va 600 g fosfor deganidir. Malina hosili yig‘ib olinganidan keyin ham shu o‘g‘itlarning yarmicha o‘g‘it solinadi. Malina tupining yer ustki qismi har yili o‘rinbosar novdal
Qulupnay qanday tuproqni yoqtiradi?

Qulupnay qanday tuproqni yoqtiradi?

Dehqonchilik
Qulupnay ekilgan maydonning tuprog‘i unumli bo‘lishi shart. Qulupnay ekilgan maydon o‘suv davri davomida 3 marta: bahorda, mevalari terib olinganidan so‘ng va kuzda gajaklar yig‘ishtirilganidan keyin o‘g‘itlanadi. Yil davomida 1 sotix maydonga 1,2-1,8 kg azot, 0,9-1,8 kg fosfor, 0,3-0,6 kg kaliy o‘g‘itlari solinishi kerak. Ya’ni bahorda (fevral, mart oylarida) 450-600 g miqdorida azot va fosfor, iyunda hosil yig‘ib olingandan keyin ham xuddi shuncha o‘g‘it solinib, kuzda 300-600 g azot va kaliy solinadi. Shag‘alli tuproqlarda esa azotni 2 barobar ko‘proq solinadi. Tuproqni yumshatayotgan paytda solingan o‘g‘itni ko‘miladi, so‘ngra sug‘oriladi. Qulupnay sernam tuproqni yoqtiradi. Shuning uchun uni tez-tez sug‘orib turish kerak bo‘ladi. Hosilga kirgan qulupnayzor o‘suv davri davomida 13-15
Malinaning hosildorligi qanday?

Malinaning hosildorligi qanday?

Bog‘dorchilik
Malina – ra’noguldoshlar oilasi rubus turkumiga mansub ko‘p yillik chala buta bo‘lib, rezavor meva hisoblanadi. Malinaning 120 ga yaqin yovvoyi turi bo‘lib, Yevrosiyoning mo‘tadil va subtropik mintaqalarida keng tarqalgan. Malinaning madaniy navlari oddiy yoki qizil, dag‘al tukli yoki amerika malinasi, g‘arbiy yoki maymunjonsimon malina turlari ko‘proq uchraydi. O‘rta Osiyo, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, AQSH va Yevropa mamlakatlarida o‘stiriladi. Ildizi ko‘p yillik, poyasi ikki yillik. Butasining balandligi 1–1,5 m, barglari toq patsimon, murakkab, ketma-ket joylashgan. Gullari ikki jinsli, o‘zidan changlanadi. Mevasi qizil, ba’zan sariq. O‘zbekistonda may oxiri – iyun boshidan pisha boshlaydi, remontantli (bir mavsumda qayta yoki ko‘p marta gullab, hosil beradigan) navlari avgustning 2-ya