Kalit so'z: Quruq mevalar

Jiyda qayerda o‘sadi?

Jiyda qayerda o‘sadi?

Bog‘dorchilik
Sharq jiydasi — jiydagullilar oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 3-4 metrgacha yetadi. Tanasi qizg‘ish-kulrang, yosh novdachalari va bargi kumush-oq rangli, qalin va qattiq, kipriksimon tangachalar bilan qoplangan. Bargi nashtarsimon yoki ellipssimon, o‘tkir uchli, shoxchalarda bandi bilan ketma-ket joylashgan. Novdalarning uchi ko‘pincha tikanli bo‘ladi. O‘simlik may oyida gullaydi. Gullari ko‘rimsiz, kumushsimon, juda yoqimli hidga ega. Mevasi sentabr-oktabr oylarida pishib yetiladi. Mevasi sariq, oltinsimon, cho‘ziq-dumaloq danakli. Jiyda mevalari serxosiyatliligi bilan mashhur. Mevasi tarkibida 40-65 foiz qand, 11 foiz oqsil, kletchatka, yog‘, oshlovchi moddalar, organik kislotalar mavjud. Bundan tashqari jiydaning “go‘shtli” qismida kaliy va fosforli tuzlar, vitaminlardan V1 V2, RR, E bor.
O‘rik ko‘chatini ekish va parvarishlash

O‘rik ko‘chatini ekish va parvarishlash

Bog‘dorchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan o‘rik navlari: Qandak, Subhoniy, Isfarak, Ko‘rsodiq, Ruhi Juvanon, Xurmoi, Shalax, Yubileyniy Navoiy va h.k. Ko‘chatlarni ekishga tayyorlash va ekish. Ko‘chatlarni ekishga tayyorlashda avvalo, tomorqa maydonida suvning yurishi hisobga olinib, yer yaxshi tekislanadi. Maydonning har kvadrat metriga 6-10 kg go‘ng (chirindi), 200-250 g fosfor, 100-120 g kaliy va 150-200 g ammoniyli azot o‘g‘iti solinib, chuqur (25-30 sm) haydaladi. O‘rik 6×5 m (sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda) va 4×4 m (shag‘alli-qumli tuproqlarda) sxemasida erta bahorda – fevral oxiri–mart oyi boshlarida ekiladi. Ko‘chat ekish uchun chuqurligi va kengligi 60×60 sm bo‘lgan chuqurchalar kovlanadi. Chuqur qazishda tuproq ustki qismining 20-25 sm qatlami o‘raning bir tomoniga, qolgan qismi ikk
Pista yetishtiruvchi bog‘bonning fikrlari

Pista yetishtiruvchi bog‘bonning fikrlari

Bog‘dorchilik
Surxondaryolik ko‘p yillik tajribaga ega bog‘bon Shavkat akaning so‘zlariga qaraganda – Eronning Ahmadiy navli pista ko‘chatlarini O‘zbekistonga olib kelib, undan hosil olishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda Shavkat akaning pista bog‘ida 23 yillik ko‘chatlar bo‘lib, ulardan o‘rtacha 25-30 kg hosil olmoqda. Bu nav Eron tuprog‘ida 200 kg gacha hosil beradi. O‘suv davri davomida 6 marta oziqlantiriladi. Meni bog‘imda suv muammoroq agar unumdor va serhosil tuproq bo‘lsa, har bir tupidan 50 kg va undan oshiqroq hosil olish mumkin deydi – Shavkat aka. Yana shuni alohida ta’kidladilarki – qancha ko‘p ishlov berib, mehr bilan parvarish qilsangiz u ham shuncha mo‘l hosil beradi. Shunisi qiziqki, Shavkat akaning bog‘idagi pistalar har yili hosil beradi. Ya’ni yil o‘tkazib solkashlik (1 y
O‘zbekiston Respublikasi hududida ommalashtirish va foydalanish uchun istiqbolli pista navlari

O‘zbekiston Respublikasi hududida ommalashtirish va foydalanish uchun istiqbolli pista navlari

Bog‘dorchilik
Barqaror va yuqori hosil olish uchun plantatsiyalarda turli navlarni ekish tavsiya etiladi. Bu esa turli navlarning gullash va meva berish muddatlari turlicha ekanligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, turli navlar turli meva berish davriga ega. Ayrim navlar har 2-3 yil hosil berib, 1 yil dam oladi. Bunday navlarga, masalan, “Albina” navi kiradi. Boshqa navlar 1-2 yil meva berib, 1-2 yil dam olishi mumkin. Bunday navlarga, masalan. “Oktyabrskaya” navi kiradi. Meva berish davri keskin ifodalangan navlar mavjud, ular 1 yil hosil beradi, 2-3 yil hosil bermaydi. Masalan, “Gornaya jemchujina” navi. Bu davrni qisqartirish uchun bog‘lardagi daraxtlarga o‘g‘it solish lozim. Shu jihatlar, hamda har bir navning biologik mahsuldorligi plantatsiyalarni payvandlash uchun nav tanlashda hisobga olini
Uzumni plyonka ostida quritish

Uzumni plyonka ostida quritish

Bog‘dorchilik
Yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan rayonlarda joylashgan xo‘jaliklarda uzumni jadal quritish mavsumida yog‘in-sochin bo‘lib, xo‘jaliklar ko‘pincha zarar ko‘radi. Uzumni plyonka yopilgan palatalarda quritish usuli akademik R. R. Shreder nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan va sinab ko‘rilgan bo‘lib, bu haqda quyida bayon qilinadi. Yarim ochiq palata quyidagi kattalikda bo‘ladi: eni – 4 m eng baland tepa qismi – 2m 40 sm, yon devorlari balandligi 1.60 sm, bitta seksiya uzunligi – 4m. Palataning ikkala yon tomoniga patnislarni joylash uchun etajerkalar o‘rnatiladi. Patnislarni joylash uchun har qaysi etajerkalarda 10-12 tadan parallel pazlar mavjud. Etajerka kattaligi 60x90x160 sm. Xar bir patnisga 60-80 kg uzum keta
Yong‘oq mevasi qachon yig‘ib olinadi?

Yong‘oq mevasi qachon yig‘ib olinadi?

Bog‘dorchilik
Yurtimizda yong‘oq daraxti aprel-may oylarida gullaydi. Naviga qarab avgust oyi oxiridan boshlab pisha boshlaydi. Uning o‘suv davri 165-210 kun davom etadi. Yong‘oqning po‘chog‘i yupqa va mag‘zi to‘la bo‘ladigan navlari ko‘p ekiladi. Respublikamiz issiq hududlarida yong‘oq hosili avgust oyining 20-sanasidan boshlab yig‘ib olinadi. Chunki ertaroq yig‘ilgan hosilning mag‘zi qizarib ketmaydi. Yong‘oq mag‘zini chet davlatlarga eksport qilishda, mag‘iz qancha oq bo‘lsa, uning narxi shuncha yuqori bo‘ladi. Yong‘oq hosili pishganligini uning ko‘k po‘stidan ajrashiga qarab aniqlash mumkin. Avgust oyi o‘rtalaridan boshlab daraxtning yuqori shoxlaridagi mevalari yorilib ko‘k po‘stidan ajrashni boshlaydi. Quyosh nuridan panaroqda joylashgan mevalar esa, 15-20 kun kechroq pishib yetiladi. Yon
Pista necha yil mo‘l hosil beradi?

Pista necha yil mo‘l hosil beradi?

Bog‘dorchilik
O‘zbekiston tabiiy va sun’iy pistazorlarida yaxshi va o‘rtacha hosil 1-2-3-yillarda takroriy kutiladi. Pista lalmi yerlarda 10-12, sug‘orma yerlarda 7-8-yili hosilga kiradi. Yovvoyi holdagilari 15 kg gacha, payvand qilingan 8-10 yillik daraxtlari 30-45 kg meva beradi. Lekin hosildorligining kattaligi jihatidan farqi ahamiyatlidir. Pista serhosilligi 40 yillarda uch marotaba takrorlanishi mumkin. Erkin holda o‘sayotgan va siyrak daraxtzorlardagi daraxtlar har yili yaxshi gullaydi va bir tekis hosil beradi. Qalin va shox-shabbalari tutashgan daraxtzorlarda bu ko‘rsatkich juda past bo‘ladi. Masalan: Samarqand viloyatining Sarayqo‘rg‘on o‘rmon xo‘jaligidagi shox-shabbalari tutashgan qalin pistazorlar deyarli hosil bermaydi. Meva hosil berish davriyligi – bu serhosil meva shakllanishida plas
Jiyda qayerda o‘sadi?

Jiyda qayerda o‘sadi?

Bog‘dorchilik
Jiyda – jiydadoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Janubiy Yevropa, Markaziy va Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikada o‘sadigan 40 ga yaqin turi bor. O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonda jiydaning qarg‘ajiyda (yovvoyi holda o‘sadi), sharq jiydasi, tikanakli jiyda, kumushsimon jiyda, non jiyda turlari o‘sadi. Sharq jiydasining bargi oddiy, ensiz, kumushrang. Daraxti 8-10 m, shoxlari siyrak, tikanli yoki tikansiz. Guli ikki jinsli, sariq, serasal, xushbo‘y, efir moyli. Mevasi sarg‘ish, mag‘izsiz danakli, eti 31,2-88,7%, unsimon, xushxo‘r. Tarkibida 46-65% qand, 10% oqsil, 1,3% kislota, 200 mg% S vitamini mavjud. Jiydaning mevasi yangiligida yoki quritib iste’mol etiladi. Mevasidan spirt va kuchsiz alkogolli ichimliklar tayyorlanadi. Tabobatda oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatil
Bodom necha yil hosil beradi?

Bodom necha yil hosil beradi?

Bog‘dorchilik
Bodom – ra’nodoshlar (anorgullilar oilasi) ga mansub daraxt va butalar hisoblanadi. Uning 40 ga yaqin turi ma’lum. Osiyo, Shimoliy hamda Markaziy Amerikada, Yevropaning janubida, Zakavkazye va O‘rta Osiyoda tarqalgan. O‘zbekistonda 5 ta turi mavjud. Ulardan shirin mag‘izli turi ekiladi, qolganlari yovvoyi holda uchraydi. Asosan, O‘zbekistonning dengiz sathidan 1000-1200 m gacha balandlikda bo‘lgan togli zonalarida (Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlarida) o‘stiriladi. Botanik tavsifi. Daraxti 6-10 m, shox-shabbasi piramidasimon yoki tarvaqaylagan. Ildiz tizimi yaxshi rivojlangan. Barglari nashtarsimon. O‘suv va meva novdalari chiqaradi. Erta bahorda, barg chiqarishdan oldin gullaydi. Guli oq yoki pushti, ikki jinsli. G‘oyat yorug‘sevar va qurg‘oqchilikka chidamli
Pista qayerda o‘sadi?

Pista qayerda o‘sadi?

Bog‘dorchilik
  Pista (xandon pista) – pistadoshlar oilasiga mansub buta yoki daraxtlar turkumi, yong‘oqmevali daraxt. 300 yilgacha yashaydi. 20 dan ortiq turi bor. Janubiy Yevropa, G‘arbiy, O‘rta va Sharqiy Osiyoda, Shimoliy, Sharqiy Afrika va Markaziy Amerikada o‘sadi. O‘rta Osiyoda yovvoyi holda o‘sadigan chin pista va to‘mtoq bargli pista turlari bor. Bo‘yi 2,5-10 m, shox-shabbasi tarqoq, 10-12 m kenglikda. Pista ikki uyli o‘simlik, – 40°C sovuqqa chidaydi. Aprel-may boshlarida dastlab erkak, so‘ngra urg‘ochi daraxtlari gullaydi, guli murakkab ro‘vaksimon to‘pguldan iborat, shamol yordamida changalanadi. Mevasi bir urug‘li danak (pista). Pistasi avgust-sentabr oylarida pishadi. Qobig‘i yupqa, qattiq, yetilganda ba’zan uchidan yoriladi. Mag‘zi yashil, mazali, tarkibida 63% gacha moy, 22% oqsil, 7%