Kalit so'z: Qayta ishlash

Gilosdan kompot va murabbo qanday tayyorlanadi?

Gilosdan kompot va murabbo qanday tayyorlanadi?

Foydali ma’lumotlar
Saralangan va yuvilgan yaxshi pishib yetilgan giloslar qaynoq toza shisha idishlarga solinadi. So‘ngra, idishga tezda qaynab turgan shakarli eritma quyiladi. Bu eritma 1 litr suvga 400 g miqdorida shakar solib qaynatib tayyorlab olinishi kerak. Keyingi navbatda, shisha idish (bonka) qaynoq suvda bug‘lab olinadi. So‘ng, qaynatib olingan issiq qopqoq bilan berkitiladi va sovugunga qadar yonboshlatib yotqizib qo‘yiladi. Tayyor bo‘lgan gilos kompotini salqin joyda 8-9 oygacha yaxshi saqlash mumkin.   Gilosdan murabbo tayyorlash: 1-usulda ko‘proq shakar sarf qilinadi: Yaxshi pishgan gilos mevalari yig‘ib olinib, saralanadi, yuviladi, danaklaridan ajratiladi va alohida idishda saqlanadi. (Yoki mevalarni danagidan ajratmasdan ham murabbo tayyorlash mumkin). Murabbo tayyorlanad
Qulupnaydan sharbat va kompot qanday tayyorlanadi?

Qulupnaydan sharbat va kompot qanday tayyorlanadi?

Foydali ma’lumotlar
Qulupnay sharbati tayyorlash Qulupnay mevasi tarkibida 4-14% gacha shakar, 0,28-1,6% gacha har xil kislotalar, 37-130 mg C vitamini, tez hazm bo‘ladigan temir, fosfor, kaliy va kalsiy tuzlari mavjud. Inson organizmida V vitaminining yetishmasligi qon yurishini sekinlashtirib, kamqonlikni keltirib chiqaradi. C vitaminining yetishmasligi esa tsinga (цинга) kasalligiga olib keladi. Shuningdek, inson organizmining kasalliklarga qarshilik ko‘rsatish funksiyalarining kamayishiga, nerv sistemasining buzilishiga olib keladi. Qulupnay sharbati juda xushbo‘y bo‘lib, uni tayyorlash uchun qattiq, rangi tiniq, yuvilgan tozalangan qulupnaylar ishlatiladi. Idishga solib, yog‘och qoshiq yoki taxta kabilar bilan bosib, 3-4 soatga xona haroratida qoldiriladi. So‘ngra 1 kg massaga 100 g suv qo‘shili
Hom pomidorlarni uy sharoitida yetiltirish mumkin

Hom pomidorlarni uy sharoitida yetiltirish mumkin

Foydali ma’lumotlar
Yangi uzilgan pomidor o‘zining holatini ko‘p saqlamaydi. Yaxshi sharoitda yoki muzlatkichda saqlanganda, 15 kun turishi mumkin. Yashil rangdagi pomidor qizil rangdagi pomidorga nisbatan yaxshi saqlanadi. Uy sharoitida saqlanganida ham ular 2-2,5 oy o‘zining holatini yo‘qotmaydi. Shunda yashil rangdagi pomidorlar yaxshi yetiladi. Yetilgan pomidorlarni sovuqda (-10˚C) 1-1,5 oy saqlash mumkin. Pomidorni dalada muzlab qolishini oldini olish uchun sovuq kelishi bilan ularni parniklar yoki salqin xonalarda saqlash zarur. Sal so‘ligan yoki yumshagan pomidorning po‘sti qattiq, bo‘z yoki ko‘k rangli pomidorga nisbatan havo o‘tkazmaydi. Shuning uchun bunday pomidorda spirt va etilen gazi yig‘ila boshlaydi hamda bu to‘qimalardagi murakkab moddalarni oddiy moddalarga o‘tkazishini tezlashtiradi. Bu
Ko‘k pomidordan murabbo tayyorlash mumkinmi?

Ko‘k pomidordan murabbo tayyorlash mumkinmi?

Foydali ma’lumotlar
Ko‘k pomidordan murabbo tayyorlash uchun uncha katta bo‘lmagan ovalsimon (tuxumsimon, cho‘ziq, yassi) go‘shtli pomidorlar tanlab olinib, yaxshilab yuviladi. Ehtiyotkorlik bilan kichik qoshiqcha yordamida urug‘idan tozalanadi va 2-3 minut davomida qaynoq suvda ushlanadi. Pomidorga sirop (1 kg pomidorga 2 g) quyiladi va vanilin yoki limonli sharbat va mayda qilib to‘g‘ralgan sedra (limon yoki apelsin qobig‘i va shu qobiqdan tayyorlangan ziravor) quyiladi. Tayyor bo‘lgan qiyomni toza, quruq shisha idishga solib, qog‘oz bilan zich berkitib, quruq va salqin joyda saqlash tavsiya etiladi.   Qizil pomidordan murabbo tayyorlash   Avval 1 kg pomidorga 1 kg shakar solib va ustiga 1 stakan suv quyib, qaynatib sirop tayyorlanadi. Qaynab turgan suvga ehtiyotkorlik bilan albatta
Olxo‘ridan marinad olish

Olxo‘ridan marinad olish

Foydali ma’lumotlar
5 kg yuvilgan olxo‘ri kastryulga solinadi, ustiga 2,5-5 kg shakar sepiladi. Ertasiga spirtli ishqorning suvli eritmasi (1 stakan uksusga 2 stakan suv) meva ustiga quyiladi, ozroq doka qopchaga solingan gvozdika qo‘shiladi va gazli isitgichga qo‘yiladi. Pishirish pastroq olovda amalga oshiriladi, tepasi kuyib ketmasligi uchun vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Sharbat quyuqlashib, olxo‘ri bujmaya boshlagandan so‘ng gaz isitkichdan olinadi va sovitiladi. Olxo‘ri toza shisha idishlarga solinadi va o‘zida hosil bo‘lgan sharbat tozalanib ustiga quyiladi. Tayyor bo‘lgan mahsulot xona haroratida uzoq vaqt saqlanishi mumkin.   Tayyor olxo‘rini xo‘llab yangi mahsulot tayyorlash   Tayyor olxo‘ridan uzoq turadigan mahsulot olishda uning “Vengerka” va “Moskva” kabi navla
Olma va nok mevalari qachon yaxshi saqlanadi?

Olma va nok mevalari qachon yaxshi saqlanadi?

Bog‘dorchilik
Yog‘in-sochin ko‘p bo‘lgan yilda pishgan olmalar qurg‘oqchilikda pishgan olmalarga qaraganda yaxshi saqlanadi. Kuzgi nav olmalarning erta terib olingan qismi 10-18 kundan keyin pishib yetiladi. Olma, nok, behilarning qishki navlari esa, terib olinganidan so‘ng 1-3 oy o‘tib yetiladi. Olma va nokning yozgi navlari uzoqqa jo‘natiladigan bo‘lsa, pishishiga 3-5 kun qolganida terib olinadi. Oliy navli qishki va yozgi olma navlari hamda noklarning pishib yetilgan qismi terib olinadi. Hosilni terib olishda meva bosh va o‘rta barmoq bilan uchlab yoki butun ushlab, ko‘rsatgich barmoq bilan esa daraxtdan bandi bilan sekin mevani qisib uzib olinadi. Mevani terganda bandini, albatta butun holicha uzib olish kerak bo‘ladi, chunki siniq bandlar bir-biriga tegib bir-biriga zarar keltiradi. Meva t
Mevalarni quritishda oltingugurt bilan dudlashning qanday samarasi bor?

Mevalarni quritishda oltingugurt bilan dudlashning qanday samarasi bor?

Bog‘dorchilik
Mevachilikda – quritiladigan mevalardan meva qoqilari va mayiz solishda mahsulotga gazsimon sulfit angidrid (oltingugurt gazi) bilan ishlov berish. Mahsulot rangini va sifatini yaxshilash, uzoq muddat buzilmay saqlanishini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. Maxsulotni sifatli dudlash va oltingugurt tutuni bir tekis ta’sir etishi uchun meva va uzum taxta idishlarda yupqa qatlam qilib yoyilgan holda kameralarda yoki fanerdan yasalgan maxsus qutilarda dudlatiladi. Idishlarning sathi taxminan 60-90 sm bo‘lsa, qutining uzunligi 120, eni 80, balandligi 110 sm bo‘ladi. Oltingugurt chuqurroq joyda yoki maxsus tayyorlangan yerda yondiriladi. Meva va uzumlarni dudlashda donador oltingugurt ishlatiladi. O‘rta hisobda qutining 1 m3 qismiga 250 g oltingugurt sarflanadi. Dudlash 0,5-2 soat davom e
Bargak nima?

Bargak nima?

Foydali ma’lumotlar
Bargak – danagi olinib quritilgan o‘rik qoqi. Bargakning qaysa, kesilgan, bo‘lingan, dudlanmagan xillari bor. Qaysa bargak – danagi chiqarib olingan o‘rikni oltingugurt bilan dudlab tayyorlanadi. Pichoqda ikki pallaga bo‘linib, danagi ajratib olingan o‘rikni oltingugurtda dudlab tayyorlangan bargak kesilgan bargak deyiladi. Bo‘lingan bargak – tayyorlash uchun o‘rik qo‘lda ikki pallaga ajratilib, danagi olinadi, so‘ngra dudlab quritiladi. Quritishga tayyorlangan o‘riklar patnislarga terilib, maxsus shkafda 1,5–2 soat dudlanadi, so‘ngra oftobda quritiladi. 100 kg o‘rikni dudlash uchun 150–250 g oltingugurt sarflanadi. O‘rik dudlab quritilganda uning rangi va sifati yaxshi bo‘ladi. Uzoq muddat sifati buzilmasdan saqlanishi ta’minlanadi. Dudlanmagan bargak – o‘rik danagi ajratib olini
Uzumni objush usulida quritish

Uzumni objush usulida quritish

Bog‘dorchilik
Bu usulning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda mevaga avval kaustik sodaning qaynayotgan suvdagi aralashmasida ishlov beriladi (blanshirlash), so‘ngra uzum sortlariga ajratilgandan keyin savatlargi 2-3 kg dan solinadi va kaustik soda aralashtirilgan qaynayotgan qozonga tushiriladi. Suvga aralashtiriladigan kaustik soda 0.3-0.4% ni tashkil qiladi, ishlov berish (uzum solingan savatini qozonda tutib turish) vaqti 3-6 sekund davom etadi. Bunda uzum donasining yupqa po‘stida ingichka yoriqlar paydo bo‘ladi va dona po‘sti ustidagi mo‘msimon g‘ubor yo‘qoladi. Bu donasidagi namning tez bo‘g‘lanishini ta’minlaydi va quritish protsessi tezlashadi. Quritilgan mahsulot ortadi. Qozondan olingan uzumli savatlar, eritma oqib tushishi uchun panjaralar ustiga bir necha minut qo‘yiladi, so‘ngra pa
Uzumni quritish usullari va mayizbop navlar

Uzumni quritish usullari va mayizbop navlar

Bog‘dorchilik
O‘zbekistonning iqlim sharoiti uzum quritish uchun nihoyatda qulay. Issiq yozning davomiyligi, nisbiy namlikning past bo‘lishi, a’lo sifatli mayiz va xo‘raki uzum navlarining yetishtirilishi, xalqning an’anaviy tajribalari, shuningdek fan yutuqlari, quyoshli ochiq havoda va soyada meva quritish usullaridan keng foydalanishga, kam mablag‘ sarflab, yuqori sifatli mahsulot olishga imkon beradi. Quritish uchun tovar sifati yuqori bo‘lgan xom ashyoni keskin ko‘paytirish muhim vazifa hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli ado etish uchun har bir xo‘jalikdagi tokzorda kompleks agrotexnika tadbirlarini eng qulay muddatda to‘liq va yuqori sifatli qilib o‘tkazish zarur. Quritilgan mahsulot miqdorini ko‘paytirish va uning sifatini yaxshilash uchun hosilni terib olishga ikki xafta qolganda t