Kalit so'z: Poliz ekinlari

Qovunning un shudring kasalligiga chidamli navlari

Qovunning un shudring kasalligiga chidamli navlari

Foydali ma’lumotlar
Mamlakatimiz polizchiligi ko‘p asrlik tarixga ega. Ayniqsa, xalqimiz qovunni sevib iste’mol qiladi. Yurtimizda hozirda qovunning 130 dan ortiq madaniy navlari tarqalgan bo‘lib, ular pishib yetilish muddati, hosildorligi, ta’mi, meva vazni, saqlanish muddati bo‘yicha o‘zaro farqlanadi. Ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan qovunlarning ko‘pchiligi jahonda shuhrat qozongan. Qovunning mevasi ajoyib ta’mga hamda ko‘pgina foydali xususiyatlarga ega. Uning tarkibida 85-92% suv, 8-15% quruq modda, 0,8 % oqsil, 1,8% kletchatka, 6,2% boshqa uglevodlar, 0,9% moy, 20-30 mg/% askorbin kislotasi, temir, kalsiy, magniy, kaliy kabi mikroelementlar, organik va mineral tuzlar mavjud. Yurtimiz qovun navlari mevalaridagi qand moddasi miqdori 14-16% ga yetadi. Tarkibida fruktoza moddasi miqdori ko‘p bo‘l
Tarvuz o‘stirish agrotexnikasi

Tarvuz o‘stirish agrotexnikasi

Dehqonchilik
Tarvuz turli xil qumlik yerlarda eng yaxshi o‘sadigan poliz ekini hisoblanadi. Fuzarioz va boshqa patogenlar (kasallik qo‘zg‘atuvchilar) yerda paydo bo‘lishini oldini olish maqsadida o‘simlikni almashlab ekilishiga rioya qilish kerak. Ya’ni tarvuzni yetishtirilgan yerga yana qayta 7-8 yilda bir ekish kerak. Yerning harorati 12-15oC ga yetganda 5-6 sm chuqurlikda tarvuz urug‘i ekiladi. Ekish sxemasi – 180…300x60x80 sm, ekish chuqurligi sug‘orish qiyin yerlarda 4-5 sm, sug‘oriladigan yerlarda 6-8 sm. Urug‘ sarflanishi 10 m2 ga 8000 – 11000 dona yoki gektariga 0,5 kg atrofida. Tarvuz ildizi tagiga 20-30 sm chuqurlikda organik o‘g‘it va mineral o‘g‘itlaridan 10 m2 ga (gektariga 20-30 kg): -ammiak selitra 300 gr., -superfosfat 300 gr., -kaliy tuzi 250 gr. beriladi. Organ
Aykido navli qovun yetishtirish

Aykido navli qovun yetishtirish

Dehqonchilik
Galiya (Galia) – anchagina hosildor va mashhur sort turiga kiruvchi qovunlar masalan Aykido F1. Bu turdagi qovunlar shakli dumaloq oval bo‘lib, vazni o‘rtacha 1,5 kg atrofida. Yuzasi silliq hamda mayin to‘rli, pishganda rangi sariq bo‘ladi. Ichki etining rangi oqish yashil bo‘ladi. Urug‘ uyasi kichkina. Ushbu sort turi chiroyli ko‘rinishi, yuqori ta’m sifati, ertapisharligi, un shudring kasalligiga chidamliligi shuningdek, tashishga qulayligi bilan o‘ziga e’tibor qaratgan. Ushbu sort turlarining yangi duragaylari fuzarioz so‘lishiga genetik chidamli hisoblanadi. Yevropa, Gollandiya va O‘rta Osiyo issqixonalarida tarqalgan. Harorat. Qovun – issiqni yoqtiradigan ekin. Urug‘lari 15℃ issiqda 48 soat ichida unib chiqadi. Urug‘larni o‘sib chiqishi uchun optimal harorat 25-30℃ hisoblanadi. 40℃
Qovun yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Qovun yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: ertapishar – Rohat, o‘rtapishar – Suyunchi – 2, Oltin vodiy, Lazzatli, Oltintepa, Kichkintoy, Obi novvot, Gurvak, Bo‘rikalla, kechpishar – To‘yona, Gurlan, Amudaryo, Gulobi Xorazmiy, Zar gulobi, Saxovat, Umrboqiy, Beshak. Urug‘ tanlash. Ekiladigan qovun urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, o‘rtacha kattalikda, butun bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi. Yer tayyorlash. Yer kuzda 35 sm chuqurlikkacha shudgor qilinadi. Yerni shudgorlashdan oldidan ma’dan va organik o‘g‘itlar beriladi. Bahorda tuproqda namni saqlab qolish uchun yerga uzun tishli xaskash yordamida ishlov beriladi. Qovun erta muddatlarda ekilganda yerni bahorda qayta shudgorlashning hojati yo‘q. Ekinlar kechki muddatlarda ek
Tarvuz yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Tarvuz yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: ertapishar – O‘rinboy, Manzur, Chillaki F1, Krisbi F1, Krimstar F1 va o‘rta-ertapishar – Surxon tongi, Dilnoz, Sharq ne’mati, kechpishar – Hayit qora, Qo‘ziboy. Urug‘ tanlash. Ekiladigan tarvuz urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, o‘rtacha kattalikda, butun bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi. Yer tayyorlash. Polizchilikda yerni ekishga tayyorlash keyingi barcha texnologik chora-tadbirlarni yaxshi naf berishini ta’minlovchi muhim omildir. Kuzda yer 35-40 sm chuqurlikkacha shudgor qilinadi. Yerni shudgorlashdan oldidan mineral va organik o‘g‘itlar beriladi. Bahorda tuproqda namni saqlab qolish uchun yerga uzun tishli xaskash yordamida ishlov beriladi. Tarvuz erta muddatlarda ekilganda y
Qovun qishga qanday saqlanadi?

Qovun qishga qanday saqlanadi?

Dehqonchilik
Kuzgi qovunlarni quruq ob-havo sharoitida pishgan va bir oz xomroq paytida yig‘ib olinadi. Bandi pichoq yoki qaychi bilan tanasiga zarar bermasdan qirqiladi. Qovunlarni saqlash uchun eng yaxshi harorat 0, +1˚C hisoblanadi. Havoning nisbiy namligi esa 85% ga yaqin bo‘lishi kerak. Bunday sharoitda uzoq saqlanadigan qovunlarni sovutgichda may oyigacha saqlash mumkin. Qovunlarni omborxonalarda osilgan holatda saqlash mumkin. Bunda omborxonalarda trubalar o‘rnatilgan bo‘lishi zarur va qovunlar bu trubalarga osib chiqiladi. Qovunlarni stellaj qavatlariga solingan somonning ustiga bir qator qilib, bandini pastga qilib, terib chiqiladi. Qishga saqlanadigan qovun 2-3 sm li bandi bilan o‘tkir pichoqda kesib olinadi. Ko‘kish, yetilmagan qovunlar saqlashga yaramaydi, chunki ular kamshira bo‘lib,
Tarvuzni qishga saqlash qiyinmi?

Tarvuzni qishga saqlash qiyinmi?

Dehqonchilik
Tarvuzni saqlash uchun qulay harorat +3˚C, havoning nisbiy namligi 85% atrofida bo‘lishi maqsadga muvofiq. Agar tarvuzlar +0˚C haroratda saqlansa, ma’lum muddatdan keyin bemaza bo‘lib qoladi. Tarvuzlar tashish va saqlash davomida pishmaydi. Tarvuzlarni maxsus xonalarda, ayvonlarda to‘r xaltalarga solib osib qo‘ygan holda yoki maxsus stellajlarda yuqoriga qaratilgan holda 2-3 qator qilib, terib saqlash mumkin. Tarvuz va qovun havo namligi va harorati mos bo‘lgan xona yoki yerto‘laga o‘xshash joyda saqlanadi. Bunday xonalarga kengligi 1,5 m dan bo‘lgan 4-5 qavatli (50 sm masofada) stellajlar qo‘yiladi. Stellaj bilan devor oralig‘ida yo‘lak qoldirish kerak. Ventilyatsiya sistemasi o‘rnatish, zarur bo‘lganda isitish uchun moslangan bo‘lishi lozim. Poliz mahsulotlarining saqlashga yaro
Tarvuz parvarishlash haqida

Tarvuz parvarishlash haqida

Dehqonchilik
Tarvuz bo‘z va qumoq tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Tarvuz urug‘lari havo harorati +12, +15°C ga yetganda ekiladi. Ekish chuqurligi sug‘orish imkoniyati va tuproq tarkibiga qarab 3-4 sm dan 6-8 sm gacha chuqurlikda bo‘ladi. Tarvuz uchun 240-360 sm gacha enlilikda egatlar olinadi. Egatning ikki chetiga 70-80 sm oraliqda 1-2 tadan qilib ekiladi. Urug‘ sarfi gektariga naviga qarab, 8000-11000 tagacha sarflanishi mumkin. Tarvuz ekish rejalashtirilgan yer kuzda organik va mineral o‘g‘itlar bilan ishlanadi. Zarur bo‘lgan o‘g‘itlardan fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning 60-70% qismi kuzda yerni haydash bilan birga berilsa samarasi yaxshi bo‘ladi. O‘suv davrida ammiak selitra, superfosfat, kaliy tuzi kabi mineral o‘g‘itlardan har bir tup tagiga solinadi. O‘g‘itlarni tarvuzning ildiz bo‘g‘zidan 20-
Unshudring qanday kasallik?

Unshudring qanday kasallik?

Dehqonchilik
Unshudring kasalligi asosan bodring, qovun, qovoq va tarvuz ekinlariga tushadi. Kasallik natijasida o‘simliklarning barg va palaklarida oqish kulrang g‘ubor paydo bo‘ladi. Bu g‘ubor avvalo alohida-alohida dog‘lardan iborat bo‘lib, keyinchalik asta-sekin kattalashadi va butun barg va ekin tanasiga tarqaladi. G‘ubor asta-sekin qo‘ng‘ir tusga kiradi va ba’zan unda qora nuqtalar borligi ko‘rinib turadi. Kasal tekkan o‘simlik juda zaiflashadi va sekin rivojlanadi. Hosildorlik kamayib ketadi. Ba’zan o‘simlik qurib qolishi ham mumkin. O‘simlik o‘suv davri davomida zamburug‘larning oqish kul rang g‘ubordan iborat sporalari bilan tarqaladi. Zamburug‘lar asosan poliz ekinlari va teplitsalardagi qoldiqlarda saqlanib qoladi va qishki sovuqlardan omon chiqadi. Unshudring kasalligiga qarshi kur
Ertagi va kechki qovunlar qanday farqlanadi?

Ertagi va kechki qovunlar qanday farqlanadi?

Dehqonchilik
Handalak – eng erta pishadigan qovun turi hisoblanadi. Uning vegetatsiya davri 55-70 kun davom etadi. Mevalari mayda (0,5-2 kg atrofida), dumaloq yoki yassi-dumaloq, sust segmentlangan, po‘sti juda siyrak to‘rli, o‘zi yumshoq bo‘ladi. Eti sersuv, tarkibidagi qand moddalari o‘rtacha hisobda 6-8 %ni tashkil qiladi, hidi juda xushbo‘y. Eng ko‘p ekiladigan navlari Ko‘kcha handalak-14, Obi Novvot, Sariq handalak, Zamcha, Ko‘k Kallapo‘sh, Bosvoldi va boshqalar. Eti yumshoq yozgi qovunlar – Po‘sti siyrak to‘r bilan qoplangan, yumshoq. Eti mayin, xushbo‘y, tarkibidagi qand moddalari 8-12 %. Mevalari dumaloq yoki tuxumsimon shaklda, o‘rtacha kattalikda va yirik. Vegetatsiya davri 75-90 kun. Handalaklar tugashida pishadi. Eti qattiq yozgi qovunlar – mevalari cho‘zinchoq shaklda, har xil kattal