Kalit so'z: Parvarish

Limon daraxti kasalliklariga qarshi kurashish

Limon daraxti kasalliklariga qarshi kurashish

Foydali ma’lumotlar
Sitrus o‘simliklari ko‘pincha soxta qalqondor, o‘simlik bitlari, kanalar bilan zararlanadi. Qalqondorlarga qarshi 0,3% li Fazolon eritmasi 5-6 kun oralatib 2 marta purkaladi. Karate preparatini 0,3% li qilib sepsa ham bo‘ladi. Bunda o‘simlikning hamma qismini, ayniqsa, barglarini pastki tarafidan ho‘llash zarur. O‘simlik g‘unchalagan va gullagan davrida purkash mumkin emas. Ishlov ertalab va kechqurun yoki bulutli kunlarda o‘tkaziladi. Qora kuyasimon zamburug‘lar barglar yuvilganda ketmaydi. Barglar 1% li Bordo suyuqligi eritmasi yoki 0,5% mis, xlor oksidi eritmasi bilan qo‘shimcha purkalgandagina xolos etadi. O‘rgimchakkanaga qarshi 0,2% li Keltan yoki 1% li Danitol eritmasini purkash yaxshi samara beradi. Vaqti-vaqti bilan yuvib turish ham foydali. O‘simlik tanasi gom
Beda yetishtirish haqida

Beda yetishtirish haqida

Dehqonchilik
Beda yer unumdorligini oshirish va chorva ozuqa bazasini yaratishda asosiy ekin hisoblanadi. Uch yil davomida bir gektar maydonda 600-900 kg sof azot to‘playdi, tuproq donadorligini tiklab, suv-fizik xossalarini yaxshilaydi, erishi qiyin bo‘lgan fosforli birikmalarni parchalab, ularni keyingi ekinlar o‘zlashtirishi uchun tayyorlab beradi, tuproqni turli kasallik tarqatuvchi infeksiya unsurlari (zamburug‘, bakteriya, virus)dan tozalaydi. Beda (ko‘k massa, pichan, senaj) bilan boqilgan chorva mollarining mahsuldorligi, go‘shti va sutining sifati oshadi. Ekish uchun tavsiya etilgan navlar: Tuproq-iqlim sharoitiga qarab Toshkent-1, Toshkent-1728, Toshkent-2009, Xorazm-2, Qoraqalpoq-15, Aridnaya va Boygul kabilar. Urug‘ tanlash va ekishga tayyorlash: Beda urug‘i mayda bo‘lgani uchun
Pista mevaxo‘riga qarshi kurashish

Pista mevaxo‘riga qarshi kurashish

Bog‘dorchilik
Pista mevalarining bosh zararkunandasi pista mevaxo‘ridir. Pista mevaxo‘rining qurtlari faqat pista mevalari ichida rivojlanib, boshqa zararkunandalar bilan birgalikda (pista urug‘xo‘ri, pista qalinog‘i va boshqalar) ayrim yillarda o‘simliklarning 50% gacha mevasini nobud qilishi mumkin. Qurtlar pillada qishlaydi. Ularning g‘umbakka aylanishi aprelning birinchi o‘n kunligida gullash yakunlangan va novdalarda tugunchalar shakllanishning boshlang‘ich bosqichida boshlanadi. Kapalaklarni uchib chiqishi aprel o‘rtalarida, tuxum qo‘yish aprelning oxirida kechadi. Tug‘ilgan qurtlar darhol meva tugunlariga kiradi va meva kurtagini yeydi. Shakllanishga ulgurmagan mevalar qurib qoladi va to‘kiladi. Daraxtlarda pista mevaxo‘ri paydo bo‘lganini quyidagi holatlardan aniqlash mumkin. Mevaxo‘r payd
Pista sitosporozi kasalligi va unga qarshi kurashish

Pista sitosporozi kasalligi va unga qarshi kurashish

Bog‘dorchilik
Sitosporozda (zamburug‘li kasallik) barg va meva etlari zararlanadi. Zararlangan barglarda qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi. Dog‘lar o‘sgan sari butun barg plastinasini qoplaydi. Dog‘lar qora teshiksimon yostiqchalar (zamburug‘ mevasi) bilan qoplanadi. Meva etlarida avval kichik dog‘chalar paydo bo‘ladi, ular kengayib, deyarli butun meva etini qoplab oladi. Kasallik may oyining birinchi yarmida ko‘rina boshlaydi, so‘ng zararlangan daraxtlar foizi va zararlanish darajasi keskin ortadi. Iyul oyining boshida ommaviy kasallanish kuzatiladi. Kasallik har yerda, ayniqsa pista o‘sadigan janubiy hududda tarqalgan. Infeksiyali yuklanma kuchli bo‘lgan sharoitlarda kasallik juda jadal tarqalib, o‘simliklarning 90% ga qadar zararlantiradi. Kasallik keltiradigan zarar katta. Zararlanish kuchli bo‘l
Ko‘chat ekish vaqti va texnikasi

Ko‘chat ekish vaqti va texnikasi

Bog‘dorchilik
Mevali va rezavor mevali o‘simliklar ko‘chati, asosan kech kuz yoki erta bahorda ekiladi. Kechiktirib ekilgan ko‘chatlar yaxshi natija bermasligi mumkin. Chunki haroratning keskin ko‘tarilishi va bahorgi sovuqning qaytarilishi ekilgan ko‘chatlarga zararli ta’sir ko‘rsatib, keyinchalik ularning rivojlanishi hamda hosil berishini susaytiradi. Ko‘chat o‘tqaziladigan chuqurni 1 oy yoki bir nech kun oldin kovlab qo‘yish mumkin. Chuqur o‘rtasiga keyinchalik ko‘chatni bog‘lab qo‘yish uchun qoziq o‘rnatiladi. Ko‘chat ekishdan 2-3 kun oldin chuqurning yarmigacha tuproqning ustki qatlami bilan chirigan go‘ng aralashmasi solinadi (taxminan 1-1,5 chelak). Bunga 300-500 g superfosfat va 70-100 g kaliyli o‘g‘it aralashtirilsa yanada yaxshi bo‘ladi. Ko‘chatni to‘g‘ri joylashtirish maqsadida ekish v
Daraxt shakli chiroyli bo‘lishi uchun yozda nima qilish kerak?

Daraxt shakli chiroyli bo‘lishi uchun yozda nima qilish kerak?

Bog‘dorchilik
Mevali daraxtlarga maqsaddagidek shakl berish uchun, bu jarayonni o‘suv davrining dastlabki bosqichlaridan boshlab amalga oshirish kerak. Yangi novdalar uzunligi 8-10 sm ga yetganda daraxtning kelgusi hayotida muhim o‘rin egallovchi asosiy shoxlar ajratib olinadi. Kelajakda asosiy shoxlar sifatida o‘stiriladigan shoxlar uchun daraxt tanasiga nisbatan keng ayri burchak (chetga chiqish burchagi) hosil qilib, ularning aylanasiga bir maromda joylashgan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bunday shoxlar, imkon boricha bir birining osti yoki ustidan o‘zaro kesishmasligi kerak. Shox chiqarib ulgurgan shaftoli ko‘chati tanasida aylanasiga bir tekisda joylashgan 3-5 novda qoldirilib, eng yuqorigi novda tepasidan kallaklanadi. Tanlab olingan novdalar yoz davomida daraxt tanasidan 45-60 gradus burchakka
Osh lavlagini to‘qsonbosti usulida yetishtirish

Osh lavlagini to‘qsonbosti usulida yetishtirish

Dehqonchilik
Osh lavlagining mahalliy Diyor, Yagona va xorijdan keltiriladigan navlaridan Bordo-237, Bikores, Boro F1, Detroyt, Pablo F1 duragaylari tavsiya etiladi. Ushbu navlardan gektaridan o‘rtacha 220-230 s hosil olinadi. Lavlagi urug‘lari 4-5˚C haroratda unib chiqa boshlaydi, o‘sib-rivojlanib borishi uchun eng qulay harorat 20-25˚C dir. Lavlagi sovuq (-2-3˚C) va yuqori harorat ta’siriga chidamli bo‘ladi, tuproqda nam yetarli darajada bo‘lganda yuqori hosil beradi. To‘qsonbosti usulida ekish muddati janubiy viloyatlarida 15-30 dekabr, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda 10-noyabrdan 10-dekabrga qadar va shimoliy mintaqalarda 1-noyabrdan 10-dekabrga qadar ekiladi. Urug‘ sarfi to‘qsonbosti usulida ekishda 16-8 kg. Ekish egatlari 60-70 sm bo‘lib, 2-3 qatorli, o‘simlik oralari 8-10 sm. Ur
Nok parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar

Nok parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar

Bog‘dorchilik, Foydali ma’lumotlar
Ekish uchun tavsiya etiladigan nok navlari: Vilyams, Lesnaya Krasavisa, Lyubimisa Klappa, Olive de Serr, Podarok, Starkrimson va boshqalar. Ko‘chatlarni ekishga tayyorlash va ekish. Ko‘chatlarni ekishga tayyorlashda avvalo, tomorqa maydonida suvning yurishi hisobga olinib, yer yaxshi tekislanadi. Maydonning har kvadrat metriga 6–10 kg go‘ng (chirindi), 200–250 g fosfor, 100–120 g kaliy va 150–200 g ammoniyli azot o‘g‘iti solinib, chuqur (25–30 sm) haydaladi. Nokni payvandtaglariga qarab ekish sxemasi o‘zgaradi: kuchli o‘suvchi payvandtagda – 6×5 m (sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda) va 5×5 m (shag‘alli-qumli tuproqlarda), o‘rta bo‘yli payvandtagda 5×4 m, past bo‘yli payvandtagda – 3×2,5 m (3 m – ko‘chat qatorlari orasidagi masofa, 2,5 m – ko‘chatlar orasidagi masofa). Olma ko‘chatlarin
Changlanish mevalar hosili uchun qanchalik muhim?

Changlanish mevalar hosili uchun qanchalik muhim?

Bog‘dorchilik, Foydali ma’lumotlar
Aksariyat meva daraxtlari chetdan changlatilishi lozim. Changlatilmasa, daraxtlarda juda ko‘p gul hosil bo‘lishi mumkin, lekin meva bo‘lmaydi. Changlantiruvchi bu changlanayotgan daraxt bilan bir vaqtda gullaydigan bo‘lsa, navli shox yoki daraxt hisoblanadi. Changlantiruvchi daraxt gulchangini, odatda, asalarilar ikkinchi navdagi daraxt guliga olib o‘tadi. Ko‘plab meva daraxtlari “mukammal” gulga ega: bitta gulda “chang”ga ega gulchangchi, va urug‘kurtak (mevaga aylanadi) joylashadi. O‘zini-o‘zi changlatib, tashqaridan changlantiruvchi nav talab etmaydigan meva hosil qiluvchi daraxtlar “gulchangi bilan changlanuvchi” deyiladi. Shunga qaramasdan, mukammal gulga ega ko‘plab mevali daraxtlar o‘zlarining gulchangidan meva hosil qila olmaydilar. Bular boshqa navdagi daraxtdan gulchang talab
Tomorqada bodring yetishtirish

Tomorqada bodring yetishtirish

Dehqonchilik
Joy tanlash. Bodring ekish uchun tomorqa maydonining sug‘orishga qulay, shimoldan va sharqdan esuvchi shamollardan panaroq joylari tanlanadi. Ochiqlikdagi maydonlar chetiga taxta qo‘ralar, devorlar, daraxtlar yoki makkajo‘xori va kungaboqar kabi baland o‘suvchi o‘simliklar ekilib, shamoldan pana qilinadi. Tuproqqa ishlov berish va o‘g‘itlash. Tuproqqa ishlov berish tizimi o‘simlikning o‘sishi va hosildorligini doimo oshirib borish uchun maqbul shart-sharoit yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Yangi joyda yerni yaxshilab o‘zlashtirish va keyingi yilgi ekish uchun yerni tayyorlash lozim. Yozda maydon chuqurligi 8-10 sm qilib yumshatiladi, kesaklari maydalanadi. Kuzda tuproq 22-25 sm chuqurlikda qayta chopiladi. Tuproqning texnik holati, uning hosildorligidan kelib chiqib 12-15 kg