Kalit so'z: Parvarish

Ohak va oltingugurt aralashmasidan mevali daraxtlar uchun dori tayyorlash

Ohak va oltingugurt aralashmasidan mevali daraxtlar uchun dori tayyorlash

Foydali maʼlumotlar
Ohak va oltingugurtdan quyidagicha dori tayyorlanadi Buning uchun suv, oltingugurt, ohak kabilar kerak boʻladi. Buning uchun dastlab 80-100 litr hajmdagi qozon yoki shu kabi idishga 63 litr suv quyiladi va tagiga olov yoqiladi. Soʻngra, 12 kg oʻlmagan ohakni shu suvga solib eritib olinadi. Keyin esa 25 kg oltingugurt solib qaynatiladi. Aralashma qaynab chiqganidan soʻng, 1 soat 20 minut davomida bir maromda qaynatiladi. Olovi oʻchirilganidan soʻng 2-3 soat davomida tindirilib, toʻliq choʻkma hosil qilib tinganidan soʻng boshqa idishga quyiladi. Tayyor boʻlgan aralashmaning qaynagandan keyingi holati har xil 12-14 kg atrofida qolishi kerak. Aytilgan miqdorda hosil boʻlgan aralashmani 10 litr suvga 600-700 g atrofida, umumiy holda 200-220 litr suvga qoʻshib purkovchi aparatlar yordamid
Poliz ekinlari uchun ekin maydoni tayyorlash

Poliz ekinlari uchun ekin maydoni tayyorlash

Dehqonchilik
Kelgusi yilda poliz ekinlaridan moʻl-koʻl hosil olish uchun dala maydonlarini tayyorlash kech kuzdan boshlanadi. Dastlab kuzgi ekinlardan boʻshagan yerlar toʻliq sugʻoriladi. Soʻngra yerga belgilangan miqdordagi oʻgʻit solinib, 30-35 sm chuqurlikda pluglanadi. Poliz ekinlari ekiladigan maydonlarga kuzgi shudgorlash oldidan har gektariga 15-20 tonna goʻng yoki kompost, fosforli oʻgʻitlarning yillik normasidan 75 % va kaliyli oʻgʻitlarning toʻliq normasini solish tavsiya etiladi. Fosforli oʻgʻitlarning qolgan 25 % qismini bahorda ekish oldidan solinadi. Bunday oʻgʻitlash jarayoni oʻgʻitning hamma qismini bahorda solishdan koʻra yaxshiroq samara beradi. Kuzda solingan oʻgʻit qish davomida tuproq tarkibida erib tuproqni kerakli oziq-moddalar bilan boyitadi. Ekilgan urugʻning unib chiqish
Sabziga qanday oʻgʻitlar solinadi?

Sabziga qanday oʻgʻitlar solinadi?

Dehqonchilik
Sabzi ekini ayrim oʻgʻitlarning yetishmasligiga turlicha taʼsirchan boʻladi. Jumladan, azot yetishmay qolgan taqdirda sabzi poyasi ingichkalashadi, barglari mayda boʻlib qoladi. Barglarining rangi och yoki toʻq yashil yoki och yashil tusga kiradi, ildizmevalari mayda va hosili past boʻladi. Aksincha, azot keragidan ortiqcha boʻlsa sabzinjing ildizmevasi suvli, tarkibida koʻplab oqsil boʻlmagan azot saqlaydi, bu esa oʻz navbatida zamburugʻ va bakteriyalar uchun eng muvofiq ozuqa muhiti boʻlib qoladi, buning natijasida qish davomida saqlanayotgan ildizmevalar chirib ketadi va koʻkarib nobud boʻladi. Azotli oʻgʻitlar kerakli normada berilganda esa u sabzining ildiz mevasi hosiliga va uning sifatiga muvofiq keladigan darajada taʼsir koʻrsatadi. Bunda azotli oʻgʻit odatda, oqsil almashinuvini y