Kalit so'z: Parvarish

Gladiolus oʻstirish

Gladiolus oʻstirish

Gulchilik
Ekish uchun tavsiya etilgan navlar: Blitssard, Goudvill, Mariya, Goretti, Oskar va h.k. Koʻchat tayyorlash. Gladiolus guli asosan piyozdan koʻpayadi. Piyoz gulning bolalash davri oʻtgandan keyin kovlab olinadi. Bu payt avgust oyining oxiri–sentabrning boshlariga toʻgʻri keladi. Kovlab olingan piyoz quritilib, yirik va sogʻlom piyozlar ajratilib olinadi. Keyin toʻrxaltaga solib, osib qoʻyiladi. Qurigan piyoz aprel oylarida ochiq yerga qadab chiqiladi. Qadab chiqilgan piyoz 10–15 kunda unib chiqadi va iyun oylariga borib gullay boshlaydi. Avgust oyining oxirida gladiolus piyozlari yana kovlab olinadi. Ekishga yer tayyorlash. Gladioluslar oʻgʻitlangan qumoq tuproqli, serquyosh, shamollardan himoya qilingan yerda yaxshi oʻsadi. Oʻsimlikni oʻtqazish uchun suv toʻxtamaydigan, qumoq va quml
Navbatlab ekish qanchalik muhim?

Navbatlab ekish qanchalik muhim?

Foydali maʼlumotlar
Navbatlab ekishda hatto parnik va issiqxonalarda ham rioya qilish kerak. Masalan, pomidor, qalampir, baqlajon va kartoshkani albatta boshqa ekinlar bilan navbatlashtirib ekish kerak. Ular oʻzi uchun ham yomon oʻtmishdosh hisoblanadi. Respublikaning sugʻoriladigan maydonlarida moʻljallangan ilmiy almashlab ekish usulining oʻzgartirilishi birinchidan zamon talabi boʻlsa, ikkinchidan suv va texnikadan unumliroq foydalanish imkonini beradi hamda sugʻoriladigan har bir gektardan samaraliroq foydalanish, dehqon-fermer xoʻjaligini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Toʻgʻri tashkil qilingan navbatlab ekish chorva mollarini toʻyimli, oqsilli ozuqalar bilan taʼminlashga ham yordam beradi. Yangi yerlarni oʻzlashtirish va navbatlab ekishni tashkil etish. Navbatla
Sabzi mevasi yorilib ketmasligi uchun nima qilish kerak?

Sabzi mevasi yorilib ketmasligi uchun nima qilish kerak?

Dehqonchilik
Ekish muddatlari. Erta mahsulot olish uchun bahorda dalaga yer yetilganda birinchi imkoniyat boʻlishi bilan urugʻi sepiladi. Qishga saqlash maqsadida yetishtirish uchun iyunning birinchi yarmida ekiladi. Urugʻ tuproqqa 1-3 sm chuqurlikda ekiladi. Qator oraligʻi 25-30 sm boʻladi. 10 m2 ga urugʻ sarfi 1,5-5 gramm (1 gektarga 1,5-3 kg maxsus seyalkalarda ekilganida). 2-3 chinbarg holatida 1,5-4 sm chuqurligida chopiq qilinadi. 1m2 yerga hosil maqsadi hisobga olinib 50 dan 200 gacha oʻsimlik boʻlishi kerak. Urugʻ ekilganidan keyin qatqaloq hosil boʻlishidan ehtiyot boʻlish kerak, aks holda nihollar nobud boʻlishi mumkin. Sabzi ekilgan egatchalarga yupqa qilib goʻng sepib qoʻyilishi qatqaloq paydo boʻlishini oldini oladi. Oʻtmishdoshlar. Eng yaxshi oʻtmishdoshlari bu ertaki kartoshk
Yeryongʻoq qanday yetishtiriladi?

Yeryongʻoq qanday yetishtiriladi?

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Qibray–4, Lider, Mumtoz, Salomat va Toshkent–112. Yeryongʻoq urugʻligini tanlash va ekishga tayyorlash. Qibray–4, Lider, Mumtoz navlarida dukkagida ikkita donli, Salomat va Toshkent–112 navlarida esa,  2-3 yirik donli boʻlgan, poʻstlogʻi qoraymagan va mexanik zararlanmagan yeryongʻoqlar tanlab olinadi. Urugʻlik yeryongʻoqlar qoʻl mehnati yordamida chaqib ekishga tayyorlanadi. Qobigʻidan ajratib olingan yeryongʻoqlar urugʻ poʻstlogʻi yorilgan, mayda va toʻla shakllanmagan urugʻlardan tozalanadi. Tayyor boʻlgan urugʻliklar 10-15 kilogrammlik mato qoplarda ekish vaqtigacha quruq va salqin xonalarda (qoplar yotqizilgan holatda) saqlanadi. Yerni ekishga tayyorlash. Yeryongʻoq ekiladigan maydon kuzda fosforli va kaliyli oʻgʻitlar berilib 25-30 sm chuq
Beda qandalasi zarari va unga qarshi kurash choralari

Beda qandalasi zarari va unga qarshi kurash choralari

Foydali maʼlumotlar
Markaziy Osiyoda soʻqir qandalalar oilasining 650 turi (170 avlodi) tarqalgan boʻlib, ulardan 1% gina madaniy oʻsimliklarga zarar keltiradi. Oʻzbekistonda 13 turi uchraydi, ammo ulardan atigi ikki turi beda va dala qandalasi gʻoʻzada zarar yetkazadi. Soʻqir qandalalar – tanasi kichik va oʻrta oʻlchamga ega boʻlgan nozik hashoratlardir. Moʻylovlari boshlaridan uzun, toʻrt boʻgʻimli, ikkinchi boʻgʻimi birmuncha uzun, qolgan xalqasimon boʻgʻimlari ingichkaroq koʻrinishga ega. Oddiy koʻzlari mavjud emas. Xartumchasi erkin joylashgan, toʻrt boʻgʻimli. Elkasining oldingi qismi oʻrta qismiga nisbatan keng, uning old qirrasi toʻgʻri yoki biroz oʻyiqlari bor. Ikki juft qanotlari, baʼzi bir xolatlarni hisobga olmaganda, yaxshi rivojlangan. Panjalari uch boʻgʻimli, tirnoqlarining oʻsimtalari bor.
Ertagi ekinlarni ekish va parvarishlash boʻyicha tavsiyalar

Ertagi ekinlarni ekish va parvarishlash boʻyicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ertagi sabzavotlarning bir qismini dastlabki oʻsuv davrida shaffof plyonka ostida parvarishlash nihollarning barvaqt paydo boʻlishi va hosili oddiy usulga nisbatan kamida 15-20 kun barvaqt pishib yetilishini taʼminlaydi. Shu bilan birga, plyonkadan foydalanilganda kechikib ekilgan sabzavotlarning rivojini jadallashtirishga imkon beradi. Koʻchati orqali koʻp yetishtiriladigan issiqsevar sabzavotlardan pomidor, shirin qalampir, baqlajon ekinlarini koʻchat qilish ishlari koʻchatxonalarda davom ettiriladi. Nihollar 2-3 barg chiqarganda orasi 5x6 sm qilib koʻchirib oʻtqaziladi. Koʻchirib oʻtqazilgan koʻchatlar 10-12 kundan soʻng birinchi oziqlantiriladi. Bunda 10 l suvda 5 g ammoniy sulfat yoki karbamid, 40 g superfosfat yoki ammofos va 10 g kaliy oʻgʻitlari eritilib, barg ustidan beriladi.
Achchiq qalampir yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Achchiq qalampir yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Margʻilon–330, Pikantniy, Uchqun, Tillarang, Mumtoz, Said. Koʻchat tanlash. Ekiladigan achchiq qalampir koʻchatlari 40-45 kunlik, 8-10 bargli, poyasi va ildizlari durkun rivojlangan, barglari toʻq yashil tusda, sogʻlom boʻlishi lozim. Yer tayyorlash. Achchiq qalampir ekish rejalashtirilgan yerlarni tayyorlash ishlari kuz oylaridan boshlanib, hosildan boʻshagan maydondagi oʻsimliklar qoldiqlaridan tozalanib, mahalliy oʻgʻit sochib chiqiladi. Berilishi lozim boʻlgan mineral oʻgʻitlar miqdorining bir qismi qoʻlda sochilgach, maydon 28-30 sm chuqurlikda yumshatiladi. Ekishga tayyorlashni keyingi tadbirlari ekishdan oldin bajarilib, maydonlar 14-16 sm chuqurlikda yumshatiladi. Yirik kesaklar xaskash yordamida maydalanib, bir yoʻla yer tekislab olinad
Pista qachon moʻl hosil beradi?

Pista qachon moʻl hosil beradi?

Bogʻdorchilik
Uzun tumanidagi Bobotogʻ davlat oʻrmon xoʻjaligi yerlarida 30 ming gektarda pista plantatsiyalari tashkil etiladi. Uning 2,5 ming gektari joriy yilda, qolgani 2020 yilgacha tayyor boʻladi. 2 ming ish oʻrni yaratiladi.  Qayd etish joizki, Surxondaryo viloyatining togʻ va togʻ oldi hududlarida foydalanilmaydigan yer maydonlarida har yili oʻrtacha 350 gektargacha pistazorlar barpo etishga moʻljallanmoqda. Shu kunlarda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Bobotogʻda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati va FAO bilan birga amalga oshirayotgan loyihalari doirasida pistachilikni rivojlantirish, mavjud pista daraxtlarini hosildorligini oshirish va payvand qilish boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazmoqda. Mazkur seminarda oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashgan Turkiyaning Gaziantep pistachilik insti
Anor yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Anor yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Bogʻdorchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan anor navlari: Qizil anor, Achchiq dona, Qozoqi anor, Tuyatish, Ulfi, Desertniy va h.k. Koʻchatlarni ekishga tayyorlash va ekish. Koʻchatlarni ekishga tayyorlashda avvalo, tomorqa maydonini yaxshi tekislanadi, soʻng yerga yetarli miqdorda – goʻng, chirindi, fosforli, kaliyli va azotli oʻgʻitlarni solib, chuqur haydaladi. Anorni ekish sxemasi – 4×2 m, koʻchatlarni ekish mart oyi davomida amalga oshiriladi. Koʻchat ekish uchun chuqurligi va kengligi 50×50 sm boʻlgan chuqurchalar kovlanadi. Chuqur qazishda tuproq ustki qismining 20-25 sm qatlami oʻraning bir tomoniga olib, qolgan qismi ikkinchi tomoniga olib qoʻyiladi. Koʻchatni ekishdan oldin tayyorlab qoʻyilgan shaltoqqa (yangi mol goʻngi tuproq bilan 1:1 nisbatda aralashtirilib, qaymoqsimon massa tayy
Toʻqsonbosti ekinlari qachon ekiladi?

Toʻqsonbosti ekinlari qachon ekiladi?

Dehqonchilik
Yerdan unumli va oqilona foydalanish dehqonchilikda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻz ishining hadisini olgan dehqon borki, albatta, bu jihatning samarasini yaxshi biladi. Yerni boʻsh qoldirmaslik, mavsumiy, iqlim sharoitiga mos ekinlarni ekib, takroriy hosil olish harakatida boʻladi. Dalalarda asosiy va takroriy ekinlar hosili yigʻib-terib olinayotgan bir paytda omilkor bobodehqonlarimiz uchun toʻqsonbosti ekinlar ekish taraddudi boshlangani ham bejiz emas. Chunki sovuqqa chidamli boʻlgan sabzi, piyoz, sarimsoqpiyoz, osh lavlagi kabi sabzavotlarni, kashnich, petrushka, selderey, salat bargi kabi koʻkatlarni toʻqsonbosti mavsumida ekib yetishtirish, ulardan yaxshigina daromad olish mumkin. Qish va bahor oylarida bu mahsulotlarning bozori chaqqon, xaridori koʻp boʻlishi esa dehqonning ishig