Kalit so'z: Ko‘katlar

Petrushka qanday yetishtiriladi?

Petrushka qanday yetishtiriladi?

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Nilufar, Saxarnaya, Novas. Urug‘ tanlash. Ekiladigan petrushka urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, butun (sinmagan), vazndor bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi. Yer tayyorlash. Yer o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan tozalanadi. 1 sotixga 150-200 kg (10 sotixga 1,5-2 tonna) chirigan go‘ng solinadi. Petrushka qisqa muddatda yetilishini inobatga olib go‘ng solish bilan birga 1 sotix maydonga 1 kg azotli, 1 kg fosforli, 0,5 kg kaliyli o‘g‘it solish zarur. Yer 20-25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va sug‘orish egatlari (pol) olinadi. Ekish muddati va sxemasi. Ertagi hosil olish uchun petrushka urug‘lari kuzda yoki erta bah
Salat yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Salat yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: “Krupnokachanniy” va “Ko‘kshox”. Urug‘ tanlash. Ekiladigan salat urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, butun bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi. Urug‘lik ekish oldidan iliq suvda 3-4 soat ivitib qo‘yiladi. Yer tayyorlash. Urug‘ sepiladigan maydonlar o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan sifatli qilib tozalanadi. 1 sotix yerga 150-200 kg (10 sotixga 1,5-2 tonna) chirigan go‘ng solinadi. Tuproq 20-25 sm chuqurlikda yumshatiladi. Yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va sug‘orish egatlari olinadi. Ekish muddati va sxemasi. Bargli va bosh o‘raydigan salatlar urug‘i ochiq dalaga erta bahorda -fevral oxiri-mart oyining boshida va kuzda – sentabrning ikkinchi yarmi-o
Salat qanday ekin turi?

Salat qanday ekin turi?

Dehqonchilik
SALAT – murakkabguldoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘simliklar turiga kiruvchi sabzavot ekini. Uning  5 xili mavjud. Bular: Barg salat, Uziladigan salat, Boshli salat, Romen yoki Rim salati va Sarsabil salat. Jahondagi barcha dehqonchilik mintaqalarida ekiladi. Yosh barglari, poyasi, boshchasi iste’mol qilinadi. Bargi vitaminlar (V, S, RR), karotin, kaliy, fosfor, temir tuzlariga boy. Ildizi o‘q ildiz. Avval to‘pbarg, gul, so‘ng 60–120 sm uzunlikda sershox gulpoya hosil qiladi. Gullari ikki jinsli, mayda, sariq, ro‘vaksimon to‘pgulga yig‘ilgan, o‘zidan changlanadi. Sovuqqa chidamli, yorug‘sevar, suvga talabchan. Urug‘i 2–4°C da unib chiqadi. Salat bir yilda 2 marta fevral – mart hamda sentabr – oktabr da sepiladi. Namgarchilik yuqori bo‘lsa chirib ketadi. Gektariga 3–5 kg urug‘
Petrushka qanday ekin?

Petrushka qanday ekin?

Dehqonchilik
Petrushka – soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yoki ikki yillik o‘t o‘simliklar turkumiga kiruvchi sabzavot ekini. Petrushkaning vatani – O‘rta dengiz bo‘ylari hisoblanadi. 4 turi bor, shundan poliz petrushka turi ekiladi. Birinchi yili barg va ildizmeva hosil qiladi. Barglari 3 marta patsimon kertikli. Ikkinchi yili o‘simlik uzun sershox poya chiqarib gullaydi. Gullari mayda, chetdan changlanadi, to‘pguli – soyabonsimon. Urug‘i mayda. Petrushka sovuqqa chidamli, namsevar va yorug‘talab o‘simlik bo‘lib, 3–5°C da urug‘i unib chiqadi. Bargi va ildizmevasida oqsil, yog‘, shuningdek, efir moylari, S, A, V1 V2, vitaminlar va boshqalar bor. Petrushkaning ildizi, bargi va faqat bargi iste’mol etiladigan ikki xili bor. Ildizi va poyalaridan oziq-ovqat sanoati va tibbiyotda foydalaniladi. Bar
Oshko‘klar haqida qisqacha ma’lumot

Oshko‘klar haqida qisqacha ma’lumot

Dehqonchilik
Oshko‘klar – taomlarga (ko‘k holicha) qo‘shiladigan ko‘katlardir. Oshko‘klarga jambil, kashnich, petrushka, rayhon, ko‘k (barra) piyoz, shivit, sarimsoq ko‘ki, selderey hamda bahor oylarida yovvoyi o‘sadigan yalpiz va boshqalar kiradi. Ular lazzatli taom tayyorlashda zirovarlar kabi muxim ahamiyatga ega. Oshko‘klar tarkibida ifori (efirli) moylar, turli vitaminlar mavjud. Oshko‘klar qo‘shilgan taomlar xushxo‘r bo‘ladi, yaxshi xazm bo‘ladi. Aksariyat oshko‘klar to‘g‘ralgan holda suyuq oshlarga qo‘shiladi, shuningdek, ularning shoxchalari salatlarni bezashda ishlatiladi. Oshko‘klardan rayhon, jambil sho‘rvalarga shoxchasi bilan xam solinadi. Ba’zi oshko‘klar (masalan: ukrop, petrushka) bodring va pomidor tuzlashda, sirkalab konserva qilishda ishlatiladi. Soya joyda quritib elaki qilingan
Ukrop – sovuqqa chidamli o‘simlik

Ukrop – sovuqqa chidamli o‘simlik

Dehqonchilik
Ukrop – namlik va yorug‘lik talab qiladigan, sovuqqa chidamli bir yillik, ba'zan ikki yillik o‘simlik. Bo‘yi 90 sm gacha yetadi, iyun-iyul oylarida gullaydi. Ukrop haqida 5000 yillar oldingi misr qo‘lyozmalarida eslatmalar bor. Qadimgi yunonlar ukrop ko‘kati va urug‘idan dorilar tayyorlashgan, ovqatga ishlatishgan. Ukropning hidi juda o‘tkir. U ovqatga maza va bezak beradi, ishtahani ochadi. Ukrop salat, qayla, sho‘rva, baliqli, go‘shtli, sabzavotli ovqatlarga qo‘shiladi. U ovqatdagi tuz miqdorini kamaytiradi. Qurutilgan ukropni boshqa o‘simliklar bilan aralashtirib o‘tkir hidli ziravorlar tayyorlanadi, urug‘idan esa choy va sirkani xushbo‘ylashtirishda foydalaniladi. Ukrop tarkibida efir moyi, pektin, flavonoidlar, karotin, xlorofill, S, V1, V2, V5, V9, RR vitaminlari, kaliy tuzi
Ismaloq – vitaminlarga boy o‘simlik

Ismaloq – vitaminlarga boy o‘simlik

Dehqonchilik
Ismaloq – sho‘radoshlar (sho‘ragullilar oilasi)ga mansub bir yoki ikki yillik o‘simliklar turkumiga kiruvchi, ko‘kat-sabzavot ekini. Ismaloq ikki jinsli (aksariyat, ikki uyli), sovuqqa chidamli, tez yetiladigan o‘simlik. AQSH, Kanada, Yevrosiyoda, jumladan, O‘zbekistonda Poliz ismaloq turi sabzavot sifatida o‘stiriladi.Dalaga erta bahorda va kuzning sentabr-oktabr oylarida ekiladi. Urug‘i 3–4 kunda ko‘karib chiqadi. Bahorda ekilgani unib chiqqanidan keyin 30–45 kunda barglari iste’molga tayyor bo‘ladi (ovqatga ishlatiladi). Hosildorligi 150–300 s/ga. Cho‘chqatikan turi ekinzorlarda va tog‘ yon bag‘irlaridagi o‘tloqlarda begona o‘t tarzida uchraydi. Bo‘yi 60 sm, barglari patsimon qirqilgan, poyaning pastki qismidagilari bandli, qolganlari bandsiz, ketma-ket joylashgan. Mevasi – tikanli t
Ukrop necha yillik o‘simlik hisoblanadi?

Ukrop necha yillik o‘simlik hisoblanadi?

Dehqonchilik
Ukrop (shivit) - soyabongullilar oilasiga mansub bir yillik, ba’zan ikki yillik o‘tsimon o‘simlik; sabzavot ekini. Osiyo va Afrikada 4 turi o‘sadi. Bir yillik Xushbo‘y ukrop turi Yevrosiyo, Amerika va Afrikada, O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. O‘zbekistonda ukrop qadimiy ekin hisoblanadi. Ildizi o‘q ildiz, yer ustki qismi o‘rtacha shoxlangan, balandligi 18-36 sm, 6-12 ta tik turuvchi sochma barglardan iborat. Guli soyabon, ikki jinsli. Urugi mayda, och va to‘q jigarrang. Ukrop sovuqqa chidamli, yorug‘sevar, shu bilan birga, dastlabki rivojlanish paytida namlikka ayniqsa talabchan. Barglari tarkibida S, V,, V2, RR, R vitaminlari, karotin, folat kislota, temir, kaliy, kaltsiy, fosfor tuzlari, efir moylari mavjud. Ukrop kundalik oziq-ovqat iste’molida, bodring, pomidor va boshqa sabzavotla
Beda haqida bilasizmi?

Beda haqida bilasizmi?

Dehqonchilik
Beda – dukkakdoshlarga mansub bir va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik, asosiy yem-xashak ekini. 100 ga yaqin turi bor. O‘rta Osiyoda ko‘k beda turi eng ko‘p tarqalgan. O‘rta Osiyoda 5-7 ming yil avvaldan ekib kelingan.Vatani Eron, taxminan 2-2,5 ming yil ilgari Yunoniston, Qadimgi Rim va Shimoliy Afrikaga olib kelingan. Keyinchalik beda madaniy ekin sifatida Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliyaga tarqalgan. O‘rta Osiyoda va Zakavkazyeda beda asosiy almashlab ekish ekini hisoblanadi. Botanik ta’rifi. Poyasi sershox, bo‘yi 70-150 sm, tup hosil qiladi. Barglari uch bargli, murakkab, barg bandi asosida unchalik yirik bo‘lmagan yon bargchalari bor, rangi och yashildan to‘q yashilgacha. Barg plastinkasi ellipssimon, nashtarsimon yoki deyarli dumaloq. To‘pguli 12-16 tagacha guldan
Kashnich necha kunda ko‘kat holida tayyor bo‘ladi?

Kashnich necha kunda ko‘kat holida tayyor bo‘ladi?

Dehqonchilik
Kashnich – soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘simliklar turkumiga kiruvchi, efir moyli va ko‘kat-sabzavot ekini. O‘rta dengiz atroflarida 2 turi, O‘rta Osiyoda 1 turi, ekma kashnich o‘sadi. Yevropa, Shimoliy Afrika, Osiyo, Shimoliy Amerika mamlakatlarida, Ukraina, Rossiyaning markaziy qoratuproq viloyatlarida xo‘jalik maqsadlarida ekiladi. Urug‘idan yetishtiriladi. Kashnich poyasi qirrali, sershox, barglari uzun bandli, gullari oq yoki pushti, soyabonlarga to‘plangan bo‘ladi. Mevasi yumaloq, bir urug‘i ochilmaydigan ikki mevachadan iborat. Sovuqqa chidamli. Erta bahordan kech kuzgacha ekish mumkin. Nihollari 32-34 kunda ko‘kat sabzavot holida foydalanishga yaroqli bo‘ladi. Urug‘i 90-95 kunda pishadi. 1000 dona urug‘i vazni 5-8 g bo‘ladi. Kashnichning barglarida kaliy t