Kalit so'z: Ho‘l mevalar

Olxo‘rini ekish va parvarishlash

Olxo‘rini ekish va parvarishlash

Bog‘dorchilik
Tomorqalarda ekish uchun tavsiya etiladigan olxo‘ri navlari: Ispolinskaya, Berton, Izobilnaya, Vengerka fioletovaya, Chernosliv Samarkandskiy va h.k. Ko‘chatlarni ekishga tayyorlash va ekish. Ko‘chatlarni ekishga tayyorlashda avvalo, tomorqa maydonida suvning yurishi hisobga olinib, yer yaxshi tekislanadi. Maydonning har kvadrat metriga 6-10 kg go‘ng (chirindi), 200-250 g fosfor, 100-120 g kaliy va 150-200 g ammoniyli azot o‘g‘iti solinib, chuqur (25-30 sm) haydaladi. Olxo‘rini ekish sxemasi – 6×5 m (sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda) va 4×4 m (shag‘alli-qumlik tuproqlarda), ekish muddati: erta bahorda – fevral oxiri–mart oyi boshlarida. Ko‘chat ekish uchun chuqurligi va kengligi 60×60 sm bo‘lgan chuqurchalar kovlanadi. Chuqur qazishda tuproq ustki qismining 20-25 sm qatlami o‘ra
Uzumning “qora kishmish” navi

Uzumning “qora kishmish” navi

Bog‘dorchilik
O‘zbekistonning janubiy-g‘arbiy viloyatlarida, ayniqsa, Samarqand viloyatida ko‘p tarqalgan. Qora kishmish xo‘raki nav sifatida Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysida ham ko‘p yetishtiriladi. Guli ikki jinsli. Boshi yirik (uzunligi – 19-21 sm, eni – 10-11 sm). Mevasi o‘rta kattalikda. (16,5×13,3 mm), oval shaklida. Bu navni o‘rtapishar navlar qatoriga kiritish mumkin. Hosilni pishishini boshlanishi – 10-18 iyul, to‘liq etilishi – 18-20 avgust. Hosildorligi yuqori. Yer toklarda novdalarda 6-8 ko‘z qoldirib kesiladi, tik simbag‘azlarda esa 10–12 ko‘z qoldiriladi. Sovuqqa chidamliligi bo‘yicha nav sharq guruhining mahalliy navlari qatorida turadi. O‘zbekistonning janubiy-g‘arbiy tog‘oldi hududlarining lalmikor yerlariga moslashgan. Boshlarini vazni – 250-300 g. Mevasini og‘irligi – 1,
Zaytun mevasi va yog‘ining foydalari

Zaytun mevasi va yog‘ining foydalari

Foydali ma’lumotlar
Zaytun yog‘i inson organizmi uchun nihoyatda foydali bo‘lib, qonda xolesterinning zararlisini (LDL) kamaytirish, foydali xolesterinni (HDL) ko‘paytirish xususiyatiga ega. Zaytun mevasi tarkibida yuzdan ortiq moddalar, asosan, moy, oqsil, glikozidlar, darmondorilar bor. Yer yuzida yetishtiriladigan zaytun mevasining 90%idan yog‘ olinadi, bunda uni konservantlar qo‘shmasdan turib uzoq muddat saqlash mumkinligi tahsinga sazovor. Hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlari va izlanishlari zaytun mevasi va yog‘i to‘g‘risida qanday tavsiyalar bermoqda?  Nyu-york universitetidan doktor Ahrens bunday deydi: “O‘rta yer dengizi mamlakatlari aholisining dunyoning boshqa mamlakatlari aholisidan yurak, qon-tomir kasalliklari bilan sezilarli kam og‘rishining eng asosiy omili ularning zaytun yog‘i iste’mol
Zaytun qanday o‘simlik?

Zaytun qanday o‘simlik?

Bog‘dorchilik
Zaytun – zaytundoshlar oilasiga mansub o‘simliklar turkumiga kiradi. 600 ga yaqin turi ma’lum. Faqat bir turi – Yevropa zaytuni xo‘jalik ahamiyatiga ega. Yevropa, Osiyo, Amerika, Afrikada ekiladi. Zaytunni yetishtiradigan asosiy mamlakatlar Yaqin Sharq va O‘rta dengiz mamlakatlari – Ispaniya (2 mln. ga dan ortiq), Italiya (1,5 mln. ga), Gretsiya (500 ming ga) va Portugaliyadir. Ozarbayjon, Gruziya, Qrim, Turkmaniston, Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida ham zaytunzorlar bor. Ekiladigan zaytun daraxtining balandligi 4-12 m gacha boradi, shox-shabbasi tarvaqaylagan. Barglari mayda, uchli yoki to‘mtoq, to‘q yashil, yaltiroq, poyada qarama-qarshi joylashgan. Gullari ikki jinsli, oqish, shingil yoki ro‘vaksimon, 3-5 mm, xushbo‘y hidli. Mevasi – rezavor, danakli, qora, to‘q binafsha. Mevasi et
Nok parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar

Nok parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar

Bog‘dorchilik, Foydali ma’lumotlar
Ekish uchun tavsiya etiladigan nok navlari: Vilyams, Lesnaya Krasavisa, Lyubimisa Klappa, Olive de Serr, Podarok, Starkrimson va boshqalar. Ko‘chatlarni ekishga tayyorlash va ekish. Ko‘chatlarni ekishga tayyorlashda avvalo, tomorqa maydonida suvning yurishi hisobga olinib, yer yaxshi tekislanadi. Maydonning har kvadrat metriga 6–10 kg go‘ng (chirindi), 200–250 g fosfor, 100–120 g kaliy va 150–200 g ammoniyli azot o‘g‘iti solinib, chuqur (25–30 sm) haydaladi. Nokni payvandtaglariga qarab ekish sxemasi o‘zgaradi: kuchli o‘suvchi payvandtagda – 6×5 m (sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda) va 5×5 m (shag‘alli-qumli tuproqlarda), o‘rta bo‘yli payvandtagda 5×4 m, past bo‘yli payvandtagda – 3×2,5 m (3 m – ko‘chat qatorlari orasidagi masofa, 2,5 m – ko‘chatlar orasidagi masofa). Olma ko‘chatlarin
2018-yilda yetishtiriladigan gilos hosili uchun xarid boshlandi

2018-yilda yetishtiriladigan gilos hosili uchun xarid boshlandi

Bog‘dorchilik, Yangiliklar
“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi “Uzagro” brendi ostida gilos xaridi narxlarini e’lon qildi. Yurtimiz gilos eksporti bilan shug‘ullanuvchi dunyoning kamdan kam mamlakatlari sarasiga kiradi. O‘zbekiston gilos mevasini eksport qilish hajmi bo‘yicha jahonda 5-o‘rinda bormoqda. Ushbu ko‘rsatkich bir qarashda yuqori ko‘rinsada, O‘zbekiston imkoniyati va salohiyati bo‘yicha dunyoda gilos eksporti yetakchisiga aylanish qudratiga ega. “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi o‘zbek gilos mevasi eksportida peshqadamlikni qo‘lga kiritish uchun astoydil bel bog‘lagan. Bizning ekologik toza, foydali xususiyatlarga ega bo‘lgan gilosimizni bir bor bo‘lsada ta’tib ko‘rishni istagan mamlakatlar son-sanoqsiz. Ularning bu istagi qondirilishi bizning eksport salohiyatimizni oshiradi. Shu maqsadda
Rizamat uzum navi haqida

Rizamat uzum navi haqida

Bog‘dorchilik
Rizamat – o‘rtapishar mahalliy xo‘raki va mayizbop uzum navi. Shreder nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshirish institutining Samarqand filialida Kattaqo‘rg‘on va Parkent uzum navlarini chatishtirib chiqarilgan (K. V. Smirnov, A. F. Gerasimova). Mashhur sohibkor Rizamat Musamuhamedov sharafiga uning nomi bilan atalgan. Tupi o‘rtacha o‘sadi. Barglari o‘rtacha, yumaloq, besh bo‘lmali, sal kertikli, ters tomoni silliq. Guli ikki jinsli. Uzumi avgust-sentabr oylarida pishadi. Quritilganda sifatli mayiz hosil bo‘ladi. Uzum boshi yirik, tig‘izligi o‘rtacha, konussimon, vazni 300-550 g, g‘ujumi yirik, silindr shaklida, yonbosh tomoni pushti. Po‘sti yupqa, eti zich, karsildoq, uzumi ko‘rinishining bejirimligi va yaxshi ta’mi bilan ajralib turadi. Kurtagi bo‘rtgandan k
Anjir shaftoli haqida bilasizmi?

Anjir shaftoli haqida bilasizmi?

Bog‘dorchilik
Anjir shaftoli – xalq seleksiyasida yaratilgan shaftoli navi bo‘lib, R. R. Shreder nomidagi ilmiy-tekshirish institutining Samarqand filialida bu navni Chempion navi bilan chatishtirish asosida A. S. Cherevatenko chiqargan Yangi anjir shaftoli navi ko‘p tarqalgan. Tupi kuchli o‘sadi, daraxti o‘rtacha kattalikda ya’ni 4-5 m, mart oyining oxiri-aprel oyining boshida gullashni boshlab, 12-18 kun davomida gullashi tugaydi. Guli ikki jinsli, qizg‘ish rangda bo‘lib, ko‘p gullashiga qaramasdan gulining 20-25% qismini tutib qoladi. O‘zidan changlanuvchi nav hisoblanadi. Mevasi tukli, anjirsimon, yassi, diametri 5-10 sm, og‘irligi 80-100 g atrofida bo‘ladi. Danagi mayda ham yassiroq, ko‘pincha mevaning o‘rtasida ko‘rinib turadi. Eti sersuv, muloyim, shirin. Avgust oyidan sentabr oyiga qadar p
Olma ko‘chatlarining ekilish tartibi qanday?

Olma ko‘chatlarining ekilish tartibi qanday?

Bog‘dorchilik
Olma ko‘chatlarini ekish uchun yer maydoni kuzda mahalliy va mineral o‘g‘itlar bilan ishlanadi. Yerga gektariga 5-10 t go‘ng, chirindi hamda 2-2,5 t fosfor, 1,5-2 t azot, 1-1,2 t kaliy solinib pluglanadi. Olma ko‘chatlarini kuzda noyabr oyida yoki bahorda fevral oyining oxiri va mart oyining boshlarida ekiladi. Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar – Renet Simirinko, Golden Delishes, Besh Yulduz, Rozmarin, Djonatan, Toshkent Borovinkasi, Mehmoniy, Tilla olma, Samarqand a’losi, Nafis va boshqalar. Olmaning kuchli yoki kuchsiz o‘sishi payvandtagiga bog‘liq. Shuning uchun bog‘ yaratishda ko‘chat qanday payvandtagga ulanganligiga e’tibor berish kerak. Kuchsiz o‘suvchi payvandtagga payvandlangan ko‘chatlar orasini 3x2,3x2,5 m oraliqda, o‘rtacha o‘suvchi ko‘chatlarni esa 4x5,4x4 m oraliqda, k
Olxo‘rining qanday turlari bor?

Olxo‘rining qanday turlari bor?

Foydali ma’lumotlar
Olxo‘rining vatani Sharqiy Kavkaz va Kichik Osiyoning keng hududlari hisoblanadi. Hozirgi kunda uning yuzdan ortiq turi ma’lum. Olxo‘ri uzoq shimol va ekvator mintaqasidan tashqari hama joyda xonaki va yovvoyi tarzda o‘sadi. Yovvoyi olxo‘ri nordon bo‘lgani uchun pazandachilikda kam qo‘llaniladi. Uning daraxti manzara yoki buta devor qilish uchun ekiladi. Yirik, shirin olxo‘ri odatda ovqatga xomicha ishlatiladi. U mevali salat, pishiriq, muzqaymoq va boshqa desert taomlarga qo‘shiladi. Olxo‘ridan go‘shtli ovqatlar uchun ham foydalaniladi. U ovqatga o‘zgacha ta’m beradi. Nordon va mayda olxo‘rilar sharbat, qiyom, shinni va marmelad tayyorlashda ishlatiladi. Olxo‘rining oq, sariq, yashil, pushti, yumshoq, qattiq, shirin, nordon kabi navlari bor. Xitoy va Yaponiyada tuzla