Kalit so'z: Dukkakli ekinlar

Loviyani takroriy ekin sifatida yetishtirish

Loviyani takroriy ekin sifatida yetishtirish

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etilgan navlar: mahalliy navlar ekiladi. Urug‘lik tanlash va ekishga tayyorlash. Bir xil o‘lchamli, to‘la yetilgan, shikastlanmagan urug‘lar  tanlab olinadi. Yerni ekishga tayyorlash. Vigna (loviya) kuzgi don ekinlaridan va chopiq qilinadigan ekinlardan keyin ekiladi. Bir ekilgan joyga 2–3 yildan keyin qayta ekiladi. Yer o‘tmishdosh ekinlarning qoldiqlari va begona o‘tlardan tozalangach, 25–27 sm chuqurlikda yumshatilib, tekislanadi. Ekish muddati va sxemasi. Loviya urug‘i iyun–iyul oylarida 60x20, 60x15 sm sxemada ekiladi. Ekish chuqurligi 3–5 sm. 10 sotixga 6 kg urug‘ sarflanadi. Parvarishlash. Yagana qilinmaydi. Sug‘oriladigan sharoitda shonalashgacha 1–2 marta, shonalash-gullash davrida 2 marta sug‘oriladi. O‘g‘itlash. O‘tmishdosh ekinga go‘ng solinad
Soya o‘simligi haqida bilasizmi?

Soya o‘simligi haqida bilasizmi?

Dehqonchilik
Soya, So‘ya (Glycine) — dukkakdoshlarga mansub bir yillik o‘tsimon o‘simliklar turkumi, dukkakli don va moyli ekin. 10 turi Afrika va Janubiy Sharqiy Osiyoning nam tropik va subtropiklarida, 1 yovvoyi turi Uzoq Sharqda uchraydi. Vatani — Xitoy. Soya juda qadimdan ekiladigan ekin. Miloddan avvalgi 5-mingyillikdan boshlab ekib kelinadi. AQSH, RF, Hindiston, Yaponiya, Koreya, Indoneziya, Ukraina, Moldaviya, Gruziya va O‘zbekistonda yetishtiriladi. Jahon bo‘yicha soya ekin maydoni 73,6 mln ga, o‘rtacha don hosildorligi 22,1 s/ga (2000): O‘zbekistonda 20-asrning 60-yillaridan keng tarqala boshladi. Oddiy soya turining ildizi yaxshi rivojlangan, o‘q ildiz, sershox, tuproqqa 2 m chuqurlikkacha kirib boradi, asosiy qismi haydalma qatlamda joylashadi (ildizida tuganak bakteriyalar rivojlanadi
Soya ekinini yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Soya ekinini yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, xususan, o‘simlik moyiga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish, import hajmini qisqartirish, chorvachilik va parrandachilikning ozuqa bazasini mustahkamlashda soya ekinining ahamiyati katta. Dukkakli o‘simlik hisoblangan soya barcha qishloq xo‘jalik ekinlari – kuzgi g‘alla, g‘o‘za, makkajo‘xori, sabzavotlar va boshqa ekinlar uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi. Soya ekinidan mo‘l va sifatli hosil yetishtirishda tuproq unumdorligi hamda suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan maydonlarni tanlab olish, shuningdek, ekinni tuproq sharoitidan kelib chiqqan holda joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratishni tavsiya etamiz. Soya ekiladigan maydonga sharoitdan kelib chiqqan holda sof holda 90 kg fosfor va 60 kg
Loviya qanday ekiladi?

Loviya qanday ekiladi?

Dehqonchilik
Loviya keng qatorlab ekiladi. Loviya ekiladigan dala kuzda chuqur 25-30 sm chuqurlikda shudgor qilinadi, erta bahorda baronalanadi, ekish oldidan kultivatsiya qilinib, mola bosiladi. Qator oralari 60-70 sm kenglikda bo‘ladi. Ekish normasi gektariga 40-50 kg. Ekish chuqurligi 4-5 sm. Loviya maysalari unib chiqqandan keyin yuqori agrotexnika asosida parvarishlanadi. Barcha urug‘lar tuliq unib chiqqandan keyin birinchi kultivatsiya o‘tkaziladi. O‘suv davrida 3 marta kultivatsiya qilinadi. Loviyaning pastki barglari sarg‘aya boshlab dukkaklari 60% yetilgan paytda hosilni yig‘ishga kirishiladi. Loviya dukkaklari to‘kilib nobud bo‘lmasligi uchun, urug‘lar toza pishib yetilmasidan SK-4 kombaynlari bilan yig‘ishtirib olinadi. Saralangan don yopiq, yaxshi shamollatiladigan xonalarga to‘kib yo
Mosh – eng yaxshi siderat ekinlardan biri

Mosh – eng yaxshi siderat ekinlardan biri

Dehqonchilik
Mosh doni tarkibida 24-28 foiz oqsil, 2-4 foiz moy, 46-50 foiz kraxmal, V guruhi vitaminlari, lizin, arginin mavjud. U dukkakli don ekinlari orasida oqsil va vitaminlarga boy bo‘lishi, kalloriyasining ko‘pligi jihatidan alohida ajralib turadi. Mosh doni ozuqalik qiymati bilan bug‘doy, loviya, no‘xat, ko‘kno‘xat va javdar donlaridan 1,5-2 baravar, to‘yimliligi bilan esa 1,5 baravar ustun turadi. Mosh tarkibidagi oqsilning hazm bo‘lishi 86%. Bundan tashqari, mosh doni tarkibida Mg, Ca, S, Na, Fe, Ma, Cu, B, Co, Ni, I kabi makro va mikroelementlar bo‘lib, fosfor tuzlariga juda boydir. Ayrim mamlakatlarda mosh donidan salat tayyorlanadi. Makaron va konditer sanoatida mosh unidan 30 foiz qo‘shilsa, sifati tubdan yaxshilanadi. Hozirda Davlat reyestriga kiritilgan moshning “Qahrabo”, “Navro
Loviya qachondan boshlab yetishtirilgan?

Loviya qachondan boshlab yetishtirilgan?

Foydali ma’lumotlar
Janubiy Amerikaga kelib o‘rnashgan xalqlar 7 ming yillar oldin loviya o‘stirishni boshlagan. Keyinchalik u Qadimgi Misrda, so‘ngra Rimda keng tarqalgan. Miloddan avvalgi III asrga tegishli Xitoy solnomalarida loviya haqida ma’lumotlar bor. Rimlik ayollar uni ovqatga ishlatish bilan birga, kukunidan kosmetik vosita – upa sifatida foydalanganlar. O‘rta asrlarda qandaydir sabablarga ko‘ra loviya iste’moldan chiqib ketgan va Buyuk kashfiyotlar davrida Yevropaga qaytadan kirib kelgan. Hozir u hamma joyda yetishtiriladi. Loviyaning navlari ko‘p. Yirik oq loviya – o‘zgacha shirin ta’mga ega va eng uzoq qaynatiladigan turi. U deyarli bir yarim soat qaynatiladi, lekin shunda ham o‘z shaklini saqlab qoladi. Loviya doni kraxmal, magniy, kalsiy, temir moddalariga boy. U markaziy asab tizimiga
Makkajo‘xori kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Makkajo‘xori kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Dehqonchilik, Foydali ma’lumotlar
Makkajo‘xori kasalliklari bular – zamburug‘, bakteriya va viruslar vujudga keltiradigan kasalliklardir. Ularning 70 dan ortiq turi ma’lum. Ko‘p tarqalganlari: urug‘ va maysalarning mog‘orlashi. Uni zamburug‘lar paydo qiladi. Kasallangan urug‘ sirtida ko‘kimtir, kulrang yoki boshqa tusdagi g‘ubor bo‘ladi, bunday urug‘ unib chiqmaydi. Urug‘ kamroq kasallangan bo‘lsa, ekkanda maysa chiqadi, lekin yer osti qismi zararlangan bo‘ladi, 4–5 ta barg chiqarguncha o‘sib, keyin o‘sishdan to‘xtaydi. Yoki bunday qurib qolishga yana bir sabab, o‘simlik ildiziga tushadigan qurtdir. Ya’ni o‘simlik unib chiqganidan so‘ng qurt uning ildizini yeb bitiradi va keyingi o‘simlik ildiziga o‘tadi. Buni oldini olish uchun ekishdan oldin yerga kamroq miqdorda o‘g‘it (machovina) solish kerak. Bu o‘g‘it bilan o‘siml
Mosh dalasining gektaridan qancha hosil olish mumkin?

Mosh dalasining gektaridan qancha hosil olish mumkin?

Dehqonchilik
Mosh – dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik dukkakli ekin; loviya turlaridan biri. Hindiston, Xitoy va Eron kenja turlariga bo‘linadi. Moshning vatani – Janubiy-g‘arbiy Osiyo hisoblanadi va miloddan avvalgi 4-3-ming yilliklardan ekila boshlagan. Hozir mosh O‘rta Osiyoda, Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Eron, Xitoy, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Moshning o‘q ildizi tuproqqa 1,5 metrgacha kirib boradi, azot to‘playdigan tuganaklar hosil qiladi. Sershox poyasi 20-100 sm yoyilib, tik yoki chirmashgan holda o‘sadi, barglari keng, yirik. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, barg qo‘ltiklarida 3-12 ta bo‘lib joylashadi, rangi sariq yoki sarg‘ish-yashil. Mevasi dukkak, ingichka, silindrsimon, uzunligi 6-18 sm, ichida 6-15 ta urug‘ bo‘ladi. Urug‘i sariq, yashil va qora; 1000 dona ur
Yeryong‘oq – moyli ekin

Yeryong‘oq – moyli ekin

Dehqonchilik
Yeryong‘oq (Xitoy yong‘og‘i) – dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘simlik, moyli ekin. 10 dan ortiq turi bor. O‘zbekistonning sug‘oriladigan mintaqalarida oddiy turi ekiladi. Vatani – Janubiy Amerika (Braziliya). 16-asrda Janubiy Amerikadan Osiyoga, so‘ng Yevropaga (Xitoydan) tarqalgan. Yeryong‘oq Hindiston, Xitoy, Myanma (Birma), Yaponiya, Markaziy va Shimoliy Afrika, AQSH, O‘rta Osiyoda ekiladi. Jahon bo‘yicha umumiy ekin maydoni 24,7 mln. ga, o‘rtacha hosildorligi 13,4 s/ga, yalpi hosili 33 mln.t. ga teng (1999). Yeryong‘oqning ildizi o‘q ildiz, tuproqqa 2 metr chuqurlikkacha kirib boradi, azot to‘plovchi tugunaklar hosil qiladi. Poyasi o‘tsimon, balandligi 50–60 sm, shoxlangan, tik, yon shoxlari yer bag‘irlab o‘sadi. Bargi murakkab, juft patsimon, yoki teskari tuxumsimon shak
No‘xat qanday tuproqli yerlarga ekiladi?

No‘xat qanday tuproqli yerlarga ekiladi?

Dehqonchilik
No‘xat – dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik o‘tsimon o‘simliklar turkumiga kiruvchi dukkakli don ekini. Uning 30 dan ortiq, asosan, ko‘p yillik turlari Yevrosiyo, Shimoliy va Sharqiy Afrikada uchraydi. Juda qadimdan bir yillik madaniy turi Hindiston, Italiya, Ukrainaning janubi, Zakavkazye, Qozog‘iston, O‘rta Osiyo, Gretsiya, Bolgariya, Misr, Jazoir, Turkiya va Eronda ekiladi. Madaniy no‘xatning ildizi – o‘q ildiz bo‘lib, uzunligi 100–150 sm gacha boradi. Poyasi o‘tsimon, tik o‘sadi, dag‘al, qovurg‘ali, sershox, tukli, balandligi 30–70 sm. Bargi murakkab, toq patsimon. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, mayda. Rangi oq, sariq, sarg‘ish-yashil, och-pushti va ko‘k. Mevasi – dukkak, dukkagida 1–2 ta, goho 3 ta don bo‘ladi. 1000 ta urug‘ining vazni 220–300 g, gohida 600 g gacha boradi. Don