Kalit so'z: Boshoqli ekinlar

Bug‘doy ekish muddatlari va navlarining hosildorlikka ta’siri

Bug‘doy ekish muddatlari va navlarining hosildorlikka ta’siri

Dehqonchilik
Dala tajribalarida Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali tomonidan yaratilgan kuzgi yumshoq bug‘doyning rayonlashgan Yaksart hamda istiqbolli G‘ozg‘on va yangi yaratilgan Bunyodkor navlari ochiq maydonda hamda g‘o‘za qator oralarida an’anaviy SZU-3,6 g‘alla ekish seyalkalarida erta, o‘rta va kech muddatlarda 5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekib o‘rganildi. Tajribalar 30 m2 (hisobiy 25 m2) maydonda 3 qaytariqda olib borildi. O‘tkazilgan tadqiqot tajribalarida don hosildorligiga ekish usullari, muddatlarning ham ta’siri katta bo‘lishi aniqlandi. Tajriba natijalariga ko‘ra, har qanday ekish usulida ham erta muddatda ekilganda, navlarning to‘la fiziologik yetilishi, hosil shakllanish (gullash-sut, mum pishish) davrlari uzoq bo‘lishi hosildorlikning oshishi
Jo‘xori takroriy ekin sifatida qanday yetishtiriladi?

Jo‘xori takroriy ekin sifatida qanday yetishtiriladi?

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etilgan navlar: Qorabosh, Daulet, O‘zbekiston-5 va h. k. Urug‘ tanlash va ekishga tayyorlash. Ekiladigan jo‘xori urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, o‘rtacha kattalikda, butun (sinmagan), vazndor tekis (zararlanmagan) bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi. Urug‘lik ekish oldidan ilmiliq suvda 10-12 soat ivitib qo‘yiladi. Yer tayyorlash. Maydon o‘tmishdosh o‘simliklar qoldiqlari va begona o‘tlardan tozalanadi. 1 sotixga 250-300 kg (10 sotixga 2,5-3 t) toza, chirigan go‘ng solinadi. Yer kamida 18-20 sm chuqurlikda yumshatilgach, yirik kesaklar maydalanadi va yer tekislanadi. Ekish muddati. Ekish ishlari shimoliy va markaziy iqlim mintaqalarida 20 iyundan 20 iyulgacha, janubiy mintaqalarda 1 iyuldan 30 iy
Sholi ekini uchun o‘g‘itlarning ahamiyati qanday?

Sholi ekini uchun o‘g‘itlarning ahamiyati qanday?

Dehqonchilik
Sholi yetishtirish uchun tuprog‘i unumdor va sug‘orish qulay bo‘lgan sersuv yerlar zarur bo‘ladi. Sholi yorug‘lik va issiq havoni xush ko‘radigan o‘simlik. Sholidan mo‘l-ko‘l va sifatli hosil olish uchun dehqon uning agrotexnikasini yaxshi bilishi kerak. Sholidan yuqori hosil olishda o‘g‘itlarning ahamiyati beqiyos. Chunki sholining ayniqsa, azotli o‘g‘itga talabi kuchli. O‘suv davri davomida bir gektar maydondagi sholi ekini uchun o‘rta hisobda 150-200 kg azot, 50-100 kg fosfor, 80-100 kg kaliy o‘g‘itlari solinadi. Ayniqsa faol o‘suv davrida sholiga belgilangan azotli va fosforli o‘g‘itni har sug‘orishda oz-oz miqdordan bo‘lib solish kerak. Ekinning o‘g‘itga talabini bargining rangi va nihollarning baquvvatligidan ham bilish mumkin. Fosforli o‘g‘itlar sholi hosili (guruch)ning sifat
Sholi nihollari qanday ko‘chat qilinadi?

Sholi nihollari qanday ko‘chat qilinadi?

Dehqonchilik
Sholini ko‘chat qilish uchun ko‘chatlarni maxsus maydonlarda yetishtirib olinadi. Ekishga tayyor bo‘lgan ko‘chatlarni ko‘chat qilish uchun dastlab, ko‘chat maydoni 3-4 soat oldin sug‘oriladi. Shunda yaxshi qondirib sug‘orilgan ko‘chatlarni osongina ko‘chirib olish mumkin. Ko‘chatlarni ekin dalasiga yaqinroq joylashgan kichikroq maydonda yetishtirilsa, ko‘chirib o‘tkazish qulay bo‘ladi. Uzoq masofalarga esa traktor pritseplarida yoki maxsus mashinalarda olib boriladi. Ko‘chatlarni ekishgacha salqinroq joyda 4-5 soatgacha saqlash mumkin. Ko‘chat qilish ishlarida ekin maydonining hajmiga qarab ishchi kuchi eng kamida 3-4 kishi bo‘lishi kerak. Bunda bir kishi tayyorlangan yangi maydonni (pollarni) ketma-ket ravishda suv bilan to‘ldirib tursa, yana bir kishi esa ko‘chatlarni ekuvchilarga
Bug‘doydoshlar oilasiga qanday o‘simliklar kiradi?

Bug‘doydoshlar oilasiga qanday o‘simliklar kiradi?

Dehqonchilik
Bug‘doydoshlar (g‘alladoshlar) – bir urug‘ pallali o‘simliklar oilasi. Bir yillik, ikki yillik yoki ko‘p yillik o‘t, ba’zan buta yoki daraxtlardan tashkil topgan. Poyasi silindrsimon tik yoki yonboshlab ko‘tarilib o‘sadi, bo‘g‘imlarga bo‘lingan, ichi g‘ovak, shuning uchun u poxol yoki somon deb ham ataladi. Bo‘yi 1 sm dan bir nechta o‘n m gacha bo‘ladi. Ba’zilarining poyasi yog‘ochlanib baland bo‘lib o‘sadi (masalan: bambukning bo‘yi 40 m, diametri 30 sm gacha). Barglari oddiy, ipsimon, qalami, bandsiz, navbatlashib joylashgan, qinli. Poyaning bir qismi shu barg qini ichida joylashadi. Gullari ikki jinsli, ba’zan bir jinsli, mayda, ko‘rimsiz, oddiy to‘pgullarga (boshoqchalarga) yig‘ilgan; bular esa murakkab to‘pgullar, shingil, ro‘vak va boshqalarni hosil qiladi. Boshoqchalari bitta
Sholi ko‘chat qilish uchun yer qanday tayyorlanadi?

Sholi ko‘chat qilish uchun yer qanday tayyorlanadi?

Dehqonchilik
Yurtimizning unumdor tuproqli yerlaridan unumli foydalanish uchun kuzgi bug‘doy va ertagi ekinlardan bo‘shagan sug‘oriladigan maydonlarda boshqa ekinlar qatori sholi yetishtirish mumkin. Bunday yerlar esa iyun-iyul oylarida dastlabki ekinlardan bo‘shaydi va sholi urug‘i sepilgan taqdirda pishib-yetilmay qoladi. Shuning uchun bunday yerlardan odatda sholini ko‘chat qilish orqaligina mo‘l hosil olish mumkin bo‘ladi. Sholi ko‘chati ekiladigan dala maydonining tuprog‘i unumdor bo‘lishi zarur. Bundan tashqari suv muammosi bo‘lmasligi kerak. Ya’ni sug‘orish uchun qulay bo‘lgan maydonlar tanlanadi. Ertagi ekinlardan bo‘shagan ekin maydoni o‘simlik qoldiqlaridan tozalanadi. 40-50 sm chuqurlikda pluglanadi. Suv yuvib ketmasligi uchun eni 70-90 sm keladigan marzalar olinadi. Marzalarni olish dast
Makkajo‘xori – eng qadimgi ekinlardan biri

Makkajo‘xori – eng qadimgi ekinlardan biri

Dehqonchilik
Makkajo‘xori – boshoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘tsimon o‘simliklar turi, don va yem-xashak ekini. Makkajo‘xori yer sharidagi yovvoyi holda o‘smaydigan eng qadimgi ekinlardan biri. Vatani – Markaziy va Janubiy Amerika. Dastlab Meksika hududida qadimgi mayya va atstek qabilalari tomonidan miloddan 5200 yil avval dehqonchilikda ekilgan. Yevropaga 15-asr oxirida keltirilgan. Makkajo‘xori ekiladigan xududlar shimoliy kenglikning 40° igacha boradi. Jahon dehqonchiligida makkajo‘xori ekilgan maydon 139,2 mln. ga, hosildorlik (don bo‘yicha) 43,13 s/ga, yalpi hosil 600,4 mln.t. AQSH (28,5 mln. ga, hosildorlik 84 s/ga), Braziliya (11,6 mln. ga, hosildorlik 27,6 s/ga), Meksika (7,2 mln. ga; hosildorlik 25,3 s/ga), Xitoy (25,8 mln. ga, hosildorlik 48,8 s/ga), shuningdek, Janubiy va Janubi
Qandalalar qanday zarar keltiradi?

Qandalalar qanday zarar keltiradi?

Dehqonchilik
Qandalalar, asl yarimqattiqqanotlilar – chala o‘zgarish (metamorfoz) bilan rivojlanadigan hasharotlar turkumi. 40 mingga yaqin turi ma’lum; quruqlikda, shuningdek, tropik va subtropiklardagi suv havzalarida yashaydi. Tanasining uzunligi 1 mm dan 12 sm gacha. Boshining ikki yonida murakkab (ba’zan tepa qismida yana oddiy) ko‘zlari bor; 4, kamdankam 3–5 bo‘g‘imli mo‘ylovi ipsimon, to‘g‘nog‘ichsimon yoki dumaloq. Sanchibso‘ruvchi og‘iz apparati bo‘g‘imli xartumcha ko‘rinishida. Qanotlari 2 juft. Old qanotlarining uchi pardasimon, tiniq. Orqa qanotlari ham pardasimon, tiniq. 3 juft oyoqlari yurish, yugurish, shuningdek, hayot tarziga bog‘liq holda kavlash, suvda suzish, tutib olish va boshqalarga moslashgan. Ko‘pchilik qandalalarning orqa ko‘kragining ikki yoni bilan 2 va 3 juft oyoqlarinin
Bug‘doy haqida ma’lumot

Bug‘doy haqida ma’lumot

Dehqonchilik
Bug‘doy – g‘alladoshlar oilasiga mansub o‘tsimon o‘simliklar turkumiga kiruvchi eng qadimiy va hozirda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida ekiladigan asosiy don ekini. Somatik hujayralarida xromosomalarning soniga ko‘ra farq qiladigan 3 (diploid, tetraploid, geksaploid) qatorga kiradigan 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor. Jahon dehqonchiligida asosan Yumshoq bug‘doy yoki Oddiy bug‘doy va Qattiq bug‘doy ekiladi. Qolgan turlari esa juda kam miqdorda ekiladi yoki butunlay ekilmaydi. Ko‘pgina bug‘doy turlari (Ararat, Maxa, Timofeyev bug‘doyi, Urartu, Fors bug‘doyi va boshqalar) ning vatani Zakavkazyedir. Bug‘doy Old va O‘rta Osiyo mamlakatlarida miloddan avvalgi 7-6-ming yilliklarda ma’lum bo‘lgan. 17-asrdan boshlab Shimoliy Amerikada ekila boshlangan. Bug‘doy shimolda Shvetsiya,
Sholi haqida to‘liq ma’lumot

Sholi haqida to‘liq ma’lumot

Dehqonchilik
Sholi – boshoqdoshlarga mansub bir va ko‘p yillik o‘simliklar turkumiga kiruvchi, donli ekin. Uning 20 ga yaqin turi asosan Janubiy va Sharqiy Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya tropiklari va subtropiklarida o‘sadi. Dehqonchilikda tropik, subtropik va mo‘tadil bo‘lgan iliq mintaqalarda bir yillik ekma sholi turi ekiladi. U eng qadimiy oziq-ovqat ekinlaridan biridir. Janubiy Sharqiy Osiyoda bundan 7 ming yil muqaddam ham ekilgan. Sholikorlikning eng qadimiy makonlari Hindiston va Xitoy bo‘lib, O‘rta Osiyoda miloddan avvalgi 3-2-asrdan, Yevropada 8-asrdan, Amerikada esa 15–16-asrdan ekila boshlagan. G‘arbiy Afrikada yalang‘och donli yoki afrika sholisi turi ham ekiladi, yovvoyi o‘sadigan turlaridan – nuqtali sholi va qisqa qiltiqli sholi ovqat uchun ishlatiladi. Jahon bo‘yicha jami sholi