Kalit so'z: Begona o‘tlar

Ildizpoyali begona o‘tlar

Ildizpoyali begona o‘tlar

Foydali ma’lumotlar
Ildizpoyali begona o‘tlar O‘zbekistonning hamma sugoriladigan va lalmikor yerlarida uchraydi. Bu o‘tlar boshqa begona o‘tlardan ko‘ra bir necha baravar zarar keltiradi. Chunki ularning ko‘payish imkoni bir necha barobar yuqori. Ildizpoyali begona o‘tlarning yer ostidagi ildiz bo‘g‘imlarining har bir bo‘lagi alohida o‘simlik bo‘lib o‘sadi. Bundan tashqari ular urug‘laridan ham ko‘payadi. Ular juda zich bo‘lib to‘plab o‘sadi, madaniy o‘simliklarni siqib mutlaqo yo‘qotib yoboradi, ko‘payishi vegetativ va generativ tashqi noqulay sharoitlarga juda chidamli. Bir dona ildiz bo‘g‘imi quruq tuproqda uzoq qolib ketib, ozgina namni singdirib olishi bilan avj olib o‘sa oladi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida ildizpoyali begona o‘tlardan: g‘umay, salomalaykuml, ajriq, qamish, achchiqmiya