Kalit so'z: Asalari

Asalarichilik qayerda rivojlangan?

Asalarichilik qayerda rivojlangan?

Asalarichilik
Asalarichilik – qishloq xoʻjaligining tarmoqlaridan biri boʻlib, asalarilarni asal, mum va boshqa mahsulotlar (asalari suti, asalari yelimi, asalari zahari va boshqalar) olish, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun ularni changlatish maqsadlarida boqishdir. Ispaniyadagi Aran gʻoridan topilgan arxeologik maʼlumotlarga koʻra asalarichilik miloddan avvalgi 10-5-ming yilliklarda ham mavjud boʻlgan degan taxminlar bor. “Tavrot”, “Bibliya” kabi diniy kitoblarda ham asalarichilik toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi. Asalarichilik tarixida bir necha bosqichlar boʻlgan. Dastlab odamlar asalni oʻrmon va togʻlarda daraxtlarning kovaklari, toshlar yoriqlari, gʻorlarga uya qoʻygan asalarilardan olganlar. Bunday asalarichilik terimchilik va ovchilikning bir turi hisob
Senotainioz – asalari kasalligi

Senotainioz – asalari kasalligi

Asalarichilik
Senotainioz invazion kasallik boʻlib, uni senotainiya pashshasining lichinkalari qoʻzgʻatadi. U asalarining koʻkrak boʻshligʻida parazitlik qiladi. Kasallikni qoʻzgʻatuvchilar. Mamlakatimizda  senotaniya pashshasi faqat janubda va oʻrta mintaqalarda uchraydi. U kumushrang pashsha boʻlib, uy pashshasiga oʻxshaydi, faqat undan rangi ochiqroq. Senotaniya pashshasi juda koʻp nasl qoldiradi va uy pashshasidek tuxum qoʻymay, tirik qurt qoʻyadi. Urgʻochi pashshaning qornida 100 dan 700 gacha lichinka boʻladi. Lichinka tanasining uzunligi 0,7-0,8 mm, eni esa 0,17 mm boʻladi. Senotaniya pashshasining urgʻochisi lichinkalarini asalari tanasiga qoʻyadi. Ular asalari tanasining tashqi pardasini kemirib ichiga joylashgach, u yerda rivojlanishning maʼlum bosqichlarini oʻtaydi. Keyin esa undan c
Aholi xonadonlarida asalari oilasi boqish boʻyicha tavsiyalar

Aholi xonadonlarida asalari oilasi boqish boʻyicha tavsiyalar

Asalarichilik
Aholi xonadonlarida asalari oilasi boqish boʻyicha tavsiyalar   Asalari bejiz yetti xazinaning biri, deb hisoblanmaydi. Haqiqatan ham bu foydali hasharotning foydasi juda katta. Uning asali, zahri, suti propolisi, gulchangi koʻpgina xastaliklarga davo. Shuningdek, uning mumi sanoatimizda muhim xomashyo hisoblanadi. Asalarilar oʻsimlik gulini chetdan changlantirishi natijasida, ularning turlarini sogʻlomlashtirish va yuqori mahsuldor navlarni vujudga keltirishga sharoit yaratadi va ularning hosilini maʼlum darajada oshiradi. Asalari oilasi. Asalarilarning oʻrtacha oilasi 50–80 ming ishchi asalari, yuzlarcha erkak asalari va bitta ona asalaridan tashkil topadi. Shu bilan bir vaqtda, oilada tuxum, lichinka va gʻumbaklar ham boʻladi. Uyaning koʻp qismini ishchi asalarilar t
Asalni qanday qilib tozalash va navlarga ajratish mumkin?

Asalni qanday qilib tozalash va navlarga ajratish mumkin?

Asalarichilik
Asal tarkibida ikki xil mexanik aralashma boʻladi: tabiiy va keyin tushgan har xil aralashmalar. Chang va kraxmal zarrachalari, suvoʻtlari hujayralari, achitqi va boshqalar tabiiy mexanik aralashmalarga kiradi, ularning asalga tushishi asalarichiga bogʻliq emas. Boshqa aralashmalar – mum parchalari, yogʻoch, oʻlgan asalari tanasi yoki uning qismlari, asalari lichinkasi, yordamchi mayda-chuyda axlat zarrachalarining tushishi asalarichiga bogʻliq. Arizordan asal juda toza chiqishi, unda hech qanday aralashmalar boʻlmasligi kerak. Aks holda, ifloslangan asalni tayyorlov-savdo bazalarida tozalashga toʻgʻri keladi, buning uchun asal isitiladi, bu esa uning sifatini anchagina tushiradi. Asal ifloslanishining oldini olish uchun asalarichi bir qator qoidalarga rioya qilishi kerak: asalarilar
Asal qanday saqlanadi?

Asal qanday saqlanadi?

Asalarichilik
Harorat 10˚C dan past va 27˚C dan yuqori boʻlmagan sharoitda asal koʻp vaqt buzilmasdan turadi. Xonaning ichi quruq boʻlsa, boshqa haroratda ham asal yaxshi saqlanadi. Asalning tarkibidagi suv 21 foizdan yuqori boʻlsa, u tezda bijgʻiy boshlaydi. Bijgʻish vaqtida asaldagi qand spirtga aylanadi. Bijgʻish asal tarkibida doim boʻladigan achitqilar taʼsirida boʻladi, achish esa sirka kislota bakteriyalari taʼsirida boradi. Bijgʻishdan toʻxtatish uchun asalni 70˚C issiqlikda 10 daqiqa isitish va tezda sovitish kerak. Odatda choʻkib qolgan (kristallangan) asal tezroq bijgʻiydi. Chunki tagidagi choʻkmada suv kam boʻlib, ustidagi suyuq qismida suv 30% gacha koʻpayib ketadi. Asal saqlanadigan xona toza, quruq va harorat 10˚C dan past boʻlishi, havo namligi 60-80% ni tashkil etishi lozim. Ar
Eng koʻp asal beruvchi oʻsimliklar haqida

Eng koʻp asal beruvchi oʻsimliklar haqida

Foydali maʼlumotlar
Asalshirali oʻsimliklar (nektarli oʻsimliklar) – asalari nektar va gulchangi yigʻib oladigan yopiq urugʻli oʻsimliklar, asalarilarning asosiy oziq bazasi. Nektarni gultoji yoki gulkosa barglar, tuguncha devori yoki gul oʻrnida joylashgan maxsus nektar bezlari ishlab chiqaradi. Ayrim oʻsimliklarda bunday bezlar barg bandi yoki gulyon barglarida, hatto poyada ham joylashgan. Nektar miqdori oʻsimlik turiga bogʻliq. Masalan: bitta gul ishlab chiqaradigan nektar miqdori tropik oʻsimlik – arxideyada 30 g gacha, joʻkada – 0,15-7,46 mg, qashqarbedada – 0,16 mg ga teng. Asalshirali oʻsimliklar gulidan yigʻilgan nektar va gul changini asalarilar va asalarisimonlar oilasiga mansub boshqa hasharotlar asalga va pergaga aylantiradi. Ayrim oʻsimliklar nektar bilan birga qatronga oʻxshash modda ham
Asalarini boshqa arixonaga oʻtkazish usuli

Asalarini boshqa arixonaga oʻtkazish usuli

Asalarichilik
Kasallikning asalarilarni koʻchirish usuli foyda bermaydigan formalarida ularni haydash usuli qoʻllaniladi. Asalarilarni tozalangan, dezinfeksiya qilingan arixonalarga koʻchirishni asal yigʻish davri yaxshi borayotgan vaqtda, kechqurunlari oʻtkazish tavsiya etiladi. Boshqa arixonaga oʻtkazishdan oldin kasal asalarilar turgan arixonani nariroqqa surib, uning oʻrniga soʻndirilmagan ohakning 10% li eritmasidan sepib, qaytadan chopiladi. Shundan keyin eski arixona oʻrniga yangisi qoʻyiladi. Uning ichiga toza sunʼiy mum inlari bor romlar solinadi. Arixona boʻz bilan yopilib, ustiga davolash sharbati quyilgan idish qoʻyiladi. Yangi arixonadagi arilar qoʻnadigan taxtaning usti qogʻoz bilan yopiladi. Keyin kasal oilani koʻrib chiqib, undagi ona ari Titov katakchasiga solinadi va bu katakchadagi
Toza asal sotamiz

Toza asal sotamiz

Asalarichilik
Narxi: turiga qarab turlicha narxda 40 mingdan 100 ming soʻmgacha. Yetishtiruvchi: Avezov Gʻolib Boboqulovich. Manzil: Buxoro viloyati, Shofirkon tumani, Yangiobod qishlogʻi, Mingchinor mahallasi 1-uy. Telefon: +99897-300-25-85. Maʼlumot: Asalning turlari koʻp boʻlib, bahorgisi kavrak, shirin miya, yantoq va shu kabi choʻl va togʻ oʻsimliklaridan olingan. Bu asallar shifobaxshlik xususiyatiga ega boʻlib, mahalliy tilda may asali deb ataladi. Bahorgi asalning 1 kg mi 50 ming soʻm. Yozgi asalga beda, yantoq, paxta va shu kabi ekinlardan olingan asallar kiradi. Uning 1 kg mi narxi 40 ming soʻm. Bundan tashqari koʻp yillik asallar boʻlib, ularning narxi yil oʻtgan sayin oshib boradi. Yaʼni 1 kg mi 80-150 ming soʻmgacha.
Asalari sotamiz

Asalari sotamiz

Asalarichilik
Narxi: “karpat” zotli asalari uyalari sotiladi. Standart narxda bir ramka asalari 100 ming soʻm. Mutaxassis: Avezov Gʻolib Boboqulovich. Manzil: Buxoro viloyati, Shofirkon tumani, Yangiobod qishlogʻi, Mingchinor mahallasi 1-uy. Telefon: +99897-300-25-85. Maʼlumot: yashik alohida narxda, bitta yashik 200 ming soʻm. Yashikda nechta ramka boʻlishiga qarab narxi oshadi. Masalan: 4 ta ramka boʻladigan boʻlsa, 400 ming soʻm boʻladi. Lekin, shu mavsumning oʻzidan boshlab asal beradi. Bundan tashqari asalari yashigiga kerak boʻladigan toʻsqich taxta, asalari yostiqchasi, karmushka kabi jihozlar shuningdek, ish faoliyatida foydalaniladigan yuz niqob, dimar, pichoq, iskana, kapchasi, medagon kabi jihozlar ham bor.
Asalari chaqqanda qancha zahar ajratadi?

Asalari chaqqanda qancha zahar ajratadi?

Asalarichilik
Asalari zahari yaʼni apitoksin (lot. apis – asalari, yun.toxikon – zahar) – ishchi asalarilar tanasidagi ipsimon bezlari ajratadigan oʻtkir hidli achchiq, och sariq, shaffof suyuqlik. Asalari zahari tarkibida biologik faol moddalar, fermentlar, erkin aminokislotalar, chumoli, xlorid, ortofosfat kislotalari, gistamin, xolin, triptofan, oltingugurt, magniy fosfat va boshqa moddalar bor. Asalari zahari tarkibidagi taʼsir qiluvchi moddalar gistamin glikozidi, lipidlar, hayvonot saponinlariga yaqin turadigan moddalardan iborat. Suvda tez, chumoli kislotada va 60°C li spirtda sekin eriydi. Asalari chaqqanda 0,2-0,3 mg zahar ajratadi. Asalari chaqqan joyda qattiq ogʻriq va shish paydo boʻladi. Asalari chaqqan paytda, oʻsha joyga darhol validol eritmasi yoki sarimsoq kesib surtilsa, ogʻriq q