Naʼmatak qanday oʻsimlik?

Naʼmatak (Rosa) – raʼnodoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. Boʻyi 3 m cha. Bargi tok, patsimon murakkab, poyada ketma-ket joylashadi. Guli xushboʻy, rangi har xil, yakka yoki 2–3 tadan oʻrnashgan. Mevasi shirali, shakli va rangi har xil, gul oʻrnidagi soxta meva ichida tukli, bir urugʻli yongʻoqchalar joylashgan.

Naʼmatak turlari bir-biridan mevasining shakli, katta-kichikligi, rangi, novda poʻstlogʻining rangi hamda novdadagi tikanlarning oz-koʻpligi va joylanishiga qarab farqlanadi. Naʼmatak oʻrmonlarda ariq yoqalarida, butalar orasida, togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi. Guli chiroyli turlari bogʻlarda, xiyobonlarda va koʻchalarda oʻstiriladi.

Itburun naʼmatak (R.canina) mevasida 4–6%, baʼzan 18% cha S, R2, K, R vitaminlari, 18 mg%cha karotin, 18% cha qand, 2% cha limon kislota, oshlovchi va b.moddalar boʻlib, tibbiyotda avitaminozning oldini olish va davolashda qoʻllanadi.

Naʼmatakning manzarali turlari – atirgullardan olinadigan xushboʻy efir moyi (atirgul moyi), asosan, parfyumeriyada, undan tayyorlanadigan atirgul suvi (Aqua Rosae) farmatsevtikada dorilarning hidi va mazasini yaxshilash uchun ishlatiladi.

 

Manba: “Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi”.

 1,926 marta ko‘rilgan,  2 marta bugun ko‘rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu sayt spamga qarshi kurashda Akismet’dan foydalanadi. Qoldirgan izohlaringiz qanday qayta ishlanishi bilmoqchi boʻlsangiz, shu havola orqali sahifaga oʻting.