Gulchilik

Gladiolus oʻstirish

Gladiolus oʻstirish

Gulchilik
Ekish uchun tavsiya etilgan navlar: Blitssard, Goudvill, Mariya, Goretti, Oskar va h.k. Koʻchat tayyorlash. Gladiolus guli asosan piyozdan koʻpayadi. Piyoz gulning bolalash davri oʻtgandan keyin kovlab olinadi. Bu payt avgust oyining oxiri–sentabrning boshlariga toʻgʻri keladi. Kovlab olingan piyoz quritilib, yirik va sogʻlom piyozlar ajratilib olinadi. Keyin toʻrxaltaga solib, osib qoʻyiladi. Qurigan piyoz aprel oylarida ochiq yerga qadab chiqiladi. Qadab chiqilgan piyoz 10–15 kunda unib chiqadi va iyun oylariga borib gullay boshlaydi. Avgust oyining oxirida gladiolus piyozlari yana kovlab olinadi. Ekishga yer tayyorlash. Gladioluslar oʻgʻitlangan qumoq tuproqli, serquyosh, shamollardan himoya qilingan yerda yaxshi oʻsadi. Oʻsimlikni oʻtqazish uchun suv toʻxtamaydigan, qumoq va quml
Xrizantema oʻstirish

Xrizantema oʻstirish

Gulchilik
Ekish uchun tavsiya etilgan navlar: oddiy yoki yakka qatli xrizantema, Anemonosimon (ayiqtovonsimon) xrizantema, Naysimoi yoki nursimoi xrizantema, Yapon xrizantemasi, Xitoy xrizantemasi, Salla (Pion) gulsimon xrizantema, Popuksimon xrizantema, Manzarali xrizantema – oldingilarning duragayi boʻlib, gullarining kattaligiga qarab yirik gullilar va mayda gullilarga boʻlinadi. Koʻchat tayyorlash. Xrizantema asosan qalamcha usulida koʻpaytiriladi. Buning uchun ona koʻchatdan ochilib boʻlgan, pishgan sogʻlom novda olinadi. Kesib olingan sogʻlom novdadan uch boʻgʻim qilib qalamchalar kesib chiqiladi. Qalamchaning tag qismdagi ikkita bargi olib tashlanadi. Tayyor qalamchalar 1 soat davomida karnoving dorisiga botirib qoʻyiladi. Karnovingdan olingandan keyin 10–15 sm qalinlikdagi qumga qadab
Atirgul qanday yetishtiriladi?

Atirgul qanday yetishtiriladi?

Gulchilik
Ekish uchun tavsiya etilgan atirgul navlari: Qora magiya, Papilon, Burgun, Salvidor, Kulin Yelezaveta, Moskovskiy, Prezident, Anjelika va h. k. Koʻchat tayyorlash. Yozning oʻrtalarida chala yarim pishgan naʼmatak teriladi, dukkaklari chaqib olinadi va oʻradagi qumga aralashtirib koʻmiladi. Koʻmil-gandan soʻng 3-4 kun davomida suv sepilib turiladi. 15-20 kun oʻtgandan soʻng koʻmilgan naʼmatak qumdan olinadi, yoyib quritiladi. Quriganlari elanib, qumdan ajratiladi, mato xaltaga solib, soya va quruq joyda saqlanadi. Naʼmatak urugʻi noyabr oyida yana qalinligi 25-30 sm boʻlgan hoʻl qumga aralashtirib koʻmiladi. Mart oyining 5-10 sanalarida qumdan kovlab olinib, elanadi va 10-15 sanalarda yerga sepiladi. Sepilgan urugʻ 20-25 kun davomida unib chiqadi. May oyining oʻrtalariga borib yaga
Chinnigul qanday yetishtiriladi?

Chinnigul qanday yetishtiriladi?

Gulchilik
Ekish uchun tavsiya etilgan navlar: Grenadin, Turkiya, Golland, Xitoy va h. k. Koʻchat tayyorlash. Chinnigul ildiz orqali yerdan undirib yoki urugʻ sepish orqali koʻpaytiriladi. Chinnigul koʻp yillik gul turi boʻlgani uchun ildizlari orqali yonidan kurtak chiqarib koʻpayish xususiyatiga ega. Urugʻ sepib koʻpaytirishda sogʻlom, yaʼni pishgan urugʻ tanlab olinadi. Quritilgan urugʻ suvga boʻktirilgan yerga sepiladi va urugʻ usti tuproq bilan yupqa qilib yopib chiqiladi. Sepilgan urugʻ 10-15 kunda unib chiqadi. Unib chiqqandan keyin 50-60 kunda ekishga tayyor boʻladi. Ekish uchun joy tanlash va yerni tayyorlash. Chinnigul tuproq tanlamaydi, lekin tarkibida bir oz ohak boʻlgan, sogʻ, unumdor va donador tuproqli yerni koʻproq yoqtiradi. Tuproq har kvadrat metriga 4-5 kg goʻng va 400-500
Naʼmatak qanday oʻsimlik?

Naʼmatak qanday oʻsimlik?

Gulchilik
Naʼmatak (Rosa) – raʼnodoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. Boʻyi 3 m cha. Bargi tok, patsimon murakkab, poyada ketma-ket joylashadi. Guli xushboʻy, rangi har xil, yakka yoki 2–3 tadan oʻrnashgan. Mevasi shirali, shakli va rangi har xil, gul oʻrnidagi soxta meva ichida tukli, bir urugʻli yongʻoqchalar joylashgan. Naʼmatak turlari bir-biridan mevasining shakli, katta-kichikligi, rangi, novda poʻstlogʻining rangi hamda novdadagi tikanlarning oz-koʻpligi va joylanishiga qarab farqlanadi. Naʼmatak oʻrmonlarda ariq yoqalarida, butalar orasida, togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi. Guli chiroyli turlari bogʻlarda, xiyobonlarda va koʻchalarda oʻstiriladi. Itburun naʼmatak (R.canina) mevasida 4–6%, baʼzan 18% cha S, R2, K, R vitaminlari, 18 mg%cha karotin, 18% cha qand, 2% cha limon kislota, osh