Navbatlab ekish qanchalik muhim?

Navbatlab ekishda hatto parnik va issiqxonalarda ham rioya qilish kerak. Masalan, pomidor, qalampir, baqlajon va kartoshkani albatta boshqa ekinlar bilan navbatlashtirib ekish kerak. Ular oʻzi uchun ham yomon oʻtmishdosh hisoblanadi.

Respublikaning sugʻoriladigan maydonlarida moʻljallangan ilmiy almashlab ekish usulining oʻzgartirilishi birinchidan zamon talabi boʻlsa, ikkinchidan suv va texnikadan unumliroq foydalanish imkonini beradi hamda sugʻoriladigan har bir gektardan samaraliroq foydalanish, dehqon-fermer xoʻjaligini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Toʻgʻri tashkil qilingan navbatlab ekish chorva mollarini toʻyimli, oqsilli ozuqalar bilan taʼminlashga ham yordam beradi.

Yangi yerlarni oʻzlashtirish va navbatlab ekishni tashkil etish.

Navbatlab ekishni joriy etishdan asosiy maqsad yer unumdorligini oshirish bilan bir qatorda ishlab chiqarishni rivojlantirish, koʻproq mahsulot yetishtirish va ularni toʻgʻri tashkil etishni rejalashtirishdan iborat.

Navbatlab ekishni tashkil etishda tuproq, tarkibiga, sizot suvi satxiga, sugʻorishga yerning eroziyalanish darajasiga eʼtibor berish kerak.

Bunda: agrotexnik tadbirlarni toʻgʻri oʻtkazish; dalalarning keng oʻlchamliligini taʼminlash; yer tuzilishini eʼtiborga olib haydash yoʻnalishini belgilash; ihota daraxtzorlar barpo etish; yoʻl tarmogʻini; sugʻorish inshootlarini toʻgʻri tashkil etish.

Ogʻish burchagi 2° dan iborat boʻlgan yerlardan unumliroq foydalaniladi.

Ishlab chiqilgan loyiha hujjatni xoʻjalikda koʻrib, muhokama qilinadi va qishloq xoʻjaligining yuqori tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi. Ikkinchi joriy etish davri deganda, loyihadagi almashlab ekish sxemasi boʻyicha hamma ekinlar dalalarda yetishtirilayotgan vaqt tushuniladi. Har bir almashlab ekish 100 s maydondan olingan yalpi maxsulot miqdori va turi boʻyicha iqtisodiy jihatdan baholanadi. Bu almashlab ekish sxemasining iqtisodiy samaradorligini aniqlashga imkon beradi.

 

Manba: “Dehqonchilik asoslari” (M.Z.Murtozayev, “Fan va texnologiya nashriyoti”, Toshkent-2012)

 485 marta ko‘rilgan,  22 marta bugun ko‘rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu sayt spamga qarshi kurashda Akismet’dan foydalanadi. Qoldirgan izohlaringiz qanday qayta ishlanishi bilmoqchi boʻlsangiz, shu havola orqali sahifaga oʻting.