Limon daraxti kasalliklariga qarshi kurashish

Sitrus oʻsimliklari koʻpincha soxta qalqondor, oʻsimlik bitlari, kanalar bilan zararlanadi. Qalqondorlarga qarshi 0,3% li Fazolon eritmasi 5-6 kun oralatib 2 marta purkaladi. Karate preparatini 0,3% li qilib sepsa ham boʻladi. Bunda oʻsimlikning hamma qismini, ayniqsa, barglarini pastki tarafidan hoʻllash zarur.

Oʻsimlik gʻunchalagan va gullagan davrida purkash mumkin emas. Ishlov ertalab va kechqurun yoki bulutli kunlarda oʻtkaziladi.

Qora kuyasimon zamburugʻlar barglar yuvilganda ketmaydi. Barglar 1% li Bordo suyuqligi eritmasi yoki 0,5% mis, xlor oksidi eritmasi bilan qoʻshimcha purkalgandagina xolos etadi.

Oʻrgimchakkanaga qarshi 0,2% li Keltan yoki 1% li Danitol eritmasini purkash yaxshi samara beradi. Vaqti-vaqti bilan yuvib turish ham foydali.

Oʻsimlik tanasi gommoz yelim oqish bilan kasallanganda, kasallikning ilk bosqichida shikastlangan poʻstloq qismi va yogʻochi sogʻlom qatlamgacha kesib tashlanadi. Bundan soʻng tozalangan joy 3% li mis kuporosi bilan dizenfeksiya qilinadi va bogʻ qatroni bilan shuvaladi. Qatron tayyorlash uchun kanifol va asal ari mumiga (2:1) oz miqdorda mol yogʻi qoʻshib eritiladi.

Gommoz bilan zararlangan va qurigan daraxt tanasi atrofi ildizi bilan qazib olinib yondiriladi, tuprogʻi esa 1% li Formalin eritmasi bilan dizenfeksiya qilinadi.

R.Abdullayev, J. Agzamxodjayev

 

Manba: agro.uz sayti

 729 marta ko‘rilgan,  2 marta bugun ko‘rildi

3 ta mulohaza

  • Улугбек

    Ассалому алайкум, гоммоз кандай касаллик?
    Лимон мевалари тукилиб кетиши сабаблари ва олдини олиш чоралари хакида тушунча берсангиз олдиндан рахмат. (Лимонлар иссикхона да)

    • Odiljon Yakubov

      Gommoz daraxtlardan va oʻtsimon oʻsimliklardan yelim oqish kasalligidir. U asosan danakmevali daraxtlarda, sitrus mevalarda hamda gʻoʻza va kunjut oʻsimliklarida koʻp uchraydi. Tajribada koʻrilishicha limon daraxtidan yelim oqish kasalligi koʻproq yerga chiritilmagan mahalliy oʻgʻitni meyyordan ortiq solish oqibatida kelib chiqadi. Vaqtida eʼtibor berilmasa daraxt sekin-asta quriydi.
      Limon mevalari toʻkilib ketishining sababini aniqlash ancha mushkul. Havo haroratining keskin koʻtarilishi, kerakli moddalarning yetishmasligi, vaqtida sugʻormaslik kabi sabablar boʻlishi mumkin. Limon mevalarini saqlab qolish uchun, yerni ammofost, kaliyli va fosforli oʻgʻitlar hamda chirindilar bilan ishlash, vaqtida sugʻorish kerak.

    • Asolat

      Assalamu alaykummani limonlarimni bargi och yashil sariq rangfa kirib qoldibir ikkita daraxti quridi oldin tuq yashil edi barglari hamma hosili sargayib qoldi pishib hattoki kechki hosillari hamnima sabab shunday bulgan Nima qilsam buladi iltimos yardam bering oldindan raxmat iloji bulsa tell nomeringizni yozing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu sayt spamga qarshi kurashda Akismet’dan foydalanadi. Qoldirgan izohlaringiz qanday qayta ishlanishi bilmoqchi boʻlsangiz, shu havola orqali sahifaga oʻting.