Banan pishib yetilishi uchun qancha vaqt kerak?

  • Bananning mingga yaqin turi bor, lekin ularning hammasi ham iste’molga yaroqli emas.
  • Banan – eng keng tarqalgan qishloq xo‘jalik ekinlaridan biri. U ommalashganligi jihatidan to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Oldingi o‘rinlarda guruch, makkajo‘xori va bug‘doy turadi.
  • Bir gektar banan maydonidan 40 tonnagacha hosil olish mumkin.
  • Yillik hosil vaznining og‘irligi bo‘yicha banan apelsindan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
  • Eng ko‘p banan yeydigan odamlar Afrikadagi Burundi mamlakati aholisi hisoblanadi. Bu yerda har bir kishi yiliga 200 kilogrammga yaqin banan iste’mol qiladi.
  • Hindiston – eng ko‘p banan yetishtiruvchi mamlakat.
  • Yangisiga qaraganda quritilgan bananning kaloriyasi besh karra ko‘proq bo‘ladi.
  • Banan – eng radioaktiv meva. Uning tarkibida kaliy radioaktiv izotoplari miqdori ko‘p. Lekin buning xavotirlanarli joyi yo‘q. Bu radiatsiya har qancha ko‘p banan iste’mol qilinsa ham, inson organizmiga zarar yetkazmaydi.
  • Banan yetilib pishsa, mazasi shirinroq bo‘ladi. Ular uzilgan paytda yashil tusda bo‘ladi.
  • Eng ko‘p banan eksport qiluvchi mamlakat – Ekvador.
  • Bananning pishib yetilishi uchun naviga qarab 10 oydan 18 oygacha vaqt kerak bo‘ladi.
  • Banandan un, ketchup kabi mahsulotlar ham tayyorlanadi. Banan ketchupi Filippinda, Ikkinchi jahon urushi paytida ommalashgan.
  • Banan po‘chog‘idan sovun tayyorlashda foydalaniladi.
  • Banan tarkibida A, S, YE, B12 vitaminlari, riboflavin, tiamin, niatsin, foliokislota, temir, kaliy, kalsiy, magniy, fosfor, mis, rux, ftor kabi minerallar va boshqa oziq moddalari juda ko‘p.

 

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

 

Manba: soglom.uz sayti

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.