Foydali maʼlumotlar

Qovunning un shudring kasalligiga chidamli navlari

Qovunning un shudring kasalligiga chidamli navlari

Foydali maʼlumotlar
Mamlakatimiz polizchiligi koʻp asrlik tarixga ega. Ayniqsa, xalqimiz qovunni sevib isteʼmol qiladi. Yurtimizda hozirda qovunning 130 dan ortiq madaniy navlari tarqalgan boʻlib, ular pishib yetilish muddati, hosildorligi, taʼmi, meva vazni, saqlanish muddati boʻyicha oʻzaro farqlanadi. Ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan qovunlarning koʻpchiligi jahonda shuhrat qozongan. Qovunning mevasi ajoyib taʼmga hamda koʻpgina foydali xususiyatlarga ega. Uning tarkibida 85-92% suv, 8-15% quruq modda, 0,8 % oqsil, 1,8% kletchatka, 6,2% boshqa uglevodlar, 0,9% moy, 20-30 mg/% askorbin kislotasi, temir, kalsiy, magniy, kaliy kabi mikroelementlar, organik va mineral tuzlar mavjud. Yurtimiz qovun navlari mevalaridagi qand moddasi miqdori 14-16% ga yetadi. Tarkibida fruktoza moddasi miqdori koʻp boʻl
Navbatlab ekish qanchalik muhim?

Navbatlab ekish qanchalik muhim?

Foydali maʼlumotlar
Navbatlab ekishda hatto parnik va issiqxonalarda ham rioya qilish kerak. Masalan, pomidor, qalampir, baqlajon va kartoshkani albatta boshqa ekinlar bilan navbatlashtirib ekish kerak. Ular oʻzi uchun ham yomon oʻtmishdosh hisoblanadi. Respublikaning sugʻoriladigan maydonlarida moʻljallangan ilmiy almashlab ekish usulining oʻzgartirilishi birinchidan zamon talabi boʻlsa, ikkinchidan suv va texnikadan unumliroq foydalanish imkonini beradi hamda sugʻoriladigan har bir gektardan samaraliroq foydalanish, dehqon-fermer xoʻjaligini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Toʻgʻri tashkil qilingan navbatlab ekish chorva mollarini toʻyimli, oqsilli ozuqalar bilan taʼminlashga ham yordam beradi. Yangi yerlarni oʻzlashtirish va navbatlab ekishni tashkil etish. Navbatla
Ildizpoyali begona oʻtlar

Ildizpoyali begona oʻtlar

Foydali maʼlumotlar
Ildizpoyali begona oʻtlar Oʻzbekistonning hamma sugoriladigan va lalmikor yerlarida uchraydi. Bu oʻtlar boshqa begona oʻtlardan koʻra bir necha baravar zarar keltiradi. Chunki ularning koʻpayish imkoni bir necha barobar yuqori. Ildizpoyali begona oʻtlarning yer ostidagi ildiz boʻgʻimlarining har bir boʻlagi alohida oʻsimlik boʻlib oʻsadi. Bundan tashqari ular urugʻlaridan ham koʻpayadi. Ular juda zich boʻlib toʻplab oʻsadi, madaniy oʻsimliklarni siqib mutlaqo yoʻqotib yoboradi, koʻpayishi vegetativ va generativ tashqi noqulay sharoitlarga juda chidamli. Bir dona ildiz boʻgʻimi quruq tuproqda uzoq qolib ketib, ozgina namni singdirib olishi bilan avj olib oʻsa oladi. Oʻzbekistonning sugʻoriladigan yerlarida ildizpoyali begona oʻtlardan: gʻumay, salomalaykuml, ajriq, qamish, achchiqmiya
Beda qandalasi zarari va unga qarshi kurash choralari

Beda qandalasi zarari va unga qarshi kurash choralari

Foydali maʼlumotlar
Markaziy Osiyoda soʻqir qandalalar oilasining 650 turi (170 avlodi) tarqalgan boʻlib, ulardan 1% gina madaniy oʻsimliklarga zarar keltiradi. Oʻzbekistonda 13 turi uchraydi, ammo ulardan atigi ikki turi beda va dala qandalasi gʻoʻzada zarar yetkazadi. Soʻqir qandalalar – tanasi kichik va oʻrta oʻlchamga ega boʻlgan nozik hashoratlardir. Moʻylovlari boshlaridan uzun, toʻrt boʻgʻimli, ikkinchi boʻgʻimi birmuncha uzun, qolgan xalqasimon boʻgʻimlari ingichkaroq koʻrinishga ega. Oddiy koʻzlari mavjud emas. Xartumchasi erkin joylashgan, toʻrt boʻgʻimli. Elkasining oldingi qismi oʻrta qismiga nisbatan keng, uning old qirrasi toʻgʻri yoki biroz oʻyiqlari bor. Ikki juft qanotlari, baʼzi bir xolatlarni hisobga olmaganda, yaxshi rivojlangan. Panjalari uch boʻgʻimli, tirnoqlarining oʻsimtalari bor.
Bogʻlardagi bahorgi yumushlarni oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar

Bogʻlardagi bahorgi yumushlarni oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar

Foydali maʼlumotlar
Hosilli bogʻ va tokzorlarni erta bahorda (mart oyi boshlarida) oziqlantirish zarur boʻlib, bunda sof holda 120 kg/ga azotli, 90 kg/ga fosforli, 30-45 kg kaliyli oʻgʻitlarni 20-25 sm chuqurlikka solish kerak. Tuproq unumdorligi past boʻlgan bogʻlarda ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida ushbu meʼyor 20-30 foizga oshiriladi. Mineral oʻgʻitlar organik oʻgʻitlar bilan birgalikda berilsa, samarasi ancha oshadi. Yogʻingarchilikning kam kuzatilishi, tuproqda namlikning yetarli darajada boʻlmasligi mevali daraxtlarning yaxshi oʻsib-rivojlanishiga, mevalari toʻliq shakllanmay, mayda boʻlib qolishiga sabab boʻladi. Shu bois bahorning ilk kunlarida bogʻ-tokzorlarga albatta yaxob suvi berish zarur. Bunda bogʻlar 1500-2000 m3/ga, tokzorlar 1200-1500 m3/ga meʼyordagi suv bilan 3-4 kun davomida s
Limon daraxti kasalliklariga qarshi kurashish

Limon daraxti kasalliklariga qarshi kurashish

Foydali maʼlumotlar
Sitrus oʻsimliklari koʻpincha soxta qalqondor, oʻsimlik bitlari, kanalar bilan zararlanadi. Qalqondorlarga qarshi 0,3% li Fazolon eritmasi 5-6 kun oralatib 2 marta purkaladi. Karate preparatini 0,3% li qilib sepsa ham boʻladi. Bunda oʻsimlikning hamma qismini, ayniqsa, barglarini pastki tarafidan hoʻllash zarur. Oʻsimlik gʻunchalagan va gullagan davrida purkash mumkin emas. Ishlov ertalab va kechqurun yoki bulutli kunlarda oʻtkaziladi. Qora kuyasimon zamburugʻlar barglar yuvilganda ketmaydi. Barglar 1% li Bordo suyuqligi eritmasi yoki 0,5% mis, xlor oksidi eritmasi bilan qoʻshimcha purkalgandagina xolos etadi. Oʻrgimchakkanaga qarshi 0,2% li Keltan yoki 1% li Danitol eritmasini purkash yaxshi samara beradi. Vaqti-vaqti bilan yuvib turish ham foydali. Oʻsimlik tanasi gom
Eng koʻp asal beruvchi oʻsimliklar haqida

Eng koʻp asal beruvchi oʻsimliklar haqida

Foydali maʼlumotlar
Asalshirali oʻsimliklar (nektarli oʻsimliklar) – asalari nektar va gulchangi yigʻib oladigan yopiq urugʻli oʻsimliklar, asalarilarning asosiy oziq bazasi. Nektarni gultoji yoki gulkosa barglar, tuguncha devori yoki gul oʻrnida joylashgan maxsus nektar bezlari ishlab chiqaradi. Ayrim oʻsimliklarda bunday bezlar barg bandi yoki gulyon barglarida, hatto poyada ham joylashgan. Nektar miqdori oʻsimlik turiga bogʻliq. Masalan: bitta gul ishlab chiqaradigan nektar miqdori tropik oʻsimlik – arxideyada 30 g gacha, joʻkada – 0,15-7,46 mg, qashqarbedada – 0,16 mg ga teng. Asalshirali oʻsimliklar gulidan yigʻilgan nektar va gul changini asalarilar va asalarisimonlar oilasiga mansub boshqa hasharotlar asalga va pergaga aylantiradi. Ayrim oʻsimliklar nektar bilan birga qatronga oʻxshash modda ham
Zaytunning shifobaxsh xususiyatlari

Zaytunning shifobaxsh xususiyatlari

Foydali maʼlumotlar
Yurak tomirlari va arterial sogʻlik uchun foydalari Zaytun mevasi va zaytun moyidagi ayrim yogʻ kislotalari mono-toʻyinmagan hisoblanadi. Mono toʻyinmagan yogʻ kislotalari tarkibida xolesterin boʻlmaydi. Shu sababli zaytun moyi xolesterin miqdorini oshirmaydi, balki uni nazorat ostida saqlab turadi. Zaytun moyi tarkibida inson tanasi uchun muhim boʻlgan omega-6 linoleik kislotasi ham mavjud. Mana shu xususiyati tufayli sogʻlik muammolari bilan shugʻullanuvchi (Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti kabi) tashkilotlar aholisi arteriya qon tomirlari aterosklerozi va qandli diabet kasalligi bilan koʻp ogʻrigan davlatlarda isteʼmol qilinadigan yogʻ kislotalarning kamida 30% i omega-6 dan iborat boʻlishi kerakligini tavsiya qiladi. Bu zaytunning ahamiyatini yanada koʻproq oshiradi. Bu sohada
Zaytun mevasi va yogʻining foydalari

Zaytun mevasi va yogʻining foydalari

Foydali maʼlumotlar
Zaytun yogʻi inson organizmi uchun nihoyatda foydali boʻlib, qonda xolesterinning zararlisini (LDL) kamaytirish, foydali xolesterinni (HDL) koʻpaytirish xususiyatiga ega. Zaytun mevasi tarkibida yuzdan ortiq moddalar, asosan, moy, oqsil, glikozidlar, darmondorilar bor. Yer yuzida yetishtiriladigan zaytun mevasining 90%idan yogʻ olinadi, bunda uni konservantlar qoʻshmasdan turib uzoq muddat saqlash mumkinligi tahsinga sazovor. Hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlari va izlanishlari zaytun mevasi va yogʻi toʻgʻrisida qanday tavsiyalar bermoqda?  Nyu-york universitetidan doktor Ahrens bunday deydi: “Oʻrta yer dengizi mamlakatlari aholisining dunyoning boshqa mamlakatlari aholisidan yurak, qon-tomir kasalliklari bilan sezilarli kam ogʻrishining eng asosiy omili ularning zaytun yogʻi isteʼmol
Nok parvarishlash boʻyicha tavsiyalar

Nok parvarishlash boʻyicha tavsiyalar

Bogʻdorchilik, Foydali maʼlumotlar
Ekish uchun tavsiya etiladigan nok navlari: Vilyams, Lesnaya Krasavisa, Lyubimisa Klappa, Olive de Serr, Podarok, Starkrimson va boshqalar. Koʻchatlarni ekishga tayyorlash va ekish. Koʻchatlarni ekishga tayyorlashda avvalo, tomorqa maydonida suvning yurishi hisobga olinib, yer yaxshi tekislanadi. Maydonning har kvadrat metriga 6–10 kg goʻng (chirindi), 200–250 g fosfor, 100–120 g kaliy va 150–200 g ammoniyli azot oʻgʻiti solinib, chuqur (25–30 sm) haydaladi. Nokni payvandtaglariga qarab ekish sxemasi oʻzgaradi: kuchli oʻsuvchi payvandtagda – 6×5 m (sugʻoriladigan boʻz tuproqlarda) va 5×5 m (shagʻalli-qumli tuproqlarda), oʻrta boʻyli payvandtagda 5×4 m, past boʻyli payvandtagda – 3×2,5 m (3 m – koʻchat qatorlari orasidagi masofa, 2,5 m – koʻchatlar orasidagi masofa). Olma koʻchatlarin