Tuproq unumdorligi qachon kamayadi?

Tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni qanchalik to‘g‘ri bajarilishi katta ahamiyatga ega jarayon hisoblanadi. Noto‘g‘ri qilingan har bir agrotexnik tadbir yoki rejasiz ish tuproq strukturasini buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bularga misol qilib sernam yoki namligi kamayib ketgan yerni shudgor qilish, yetilmagan yerlarni baronalash, keragidan ortiqcha molalash va kultivatsiyalash ishlarini bajarish kabilarni olish mumkin.

Bundan tashqari sug‘orish va o‘g‘itlash ishlarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi ta’sirida ham tuproq strukturasi buzilishi mumkin. Chunki suv tuproq tarkibidagi suvda eruvchan birikmalarni va solingan o‘g‘itlarni eritadi. Natijada eng yaxshi koagulyator hisoblangan kaltsiy kationini siqib chiqaradi. Tuproqni ammoniy sulfat kislotasi va natriy nitrat kabi mineral o‘g‘itlar bilan bir necha yil surinkali o‘g‘itlash ham tuproq strukturasini buzilishiga sabab bo‘luvchi omillardan sanaladi.

Shuningdek almashlab ekishni joriy qilmaslik ya’ni bir turdagi ekinni surinkali tarzda bir necha yil takroriy ekish. Ekinlarga yetarlicha o‘g‘it berilmaganda yoki umuman o‘g‘itlanmaydigan yerlarda, sizot suvlari yer ustiga yaqin joylashgan yerlarda zovurlar qazilmay qo‘yilgan taqdirda unumdorlik sezilarli darajada kamayib ketadi. Shuning uchun tuproqni o‘z vaqtida oziqlantirib turish lozim. Bunda ayniqsa mahalliy o‘g‘itlar va chirindillarning ahamiyati kata o‘rin tutadi.

 

Yakubov Odiljon tayyorladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.