Tarvuz oʻstirish agrotexnikasi

Tarvuz turli xil qumlik yerlarda eng yaxshi oʻsadigan poliz ekini hisoblanadi. Fuzarioz va boshqa patogenlar (kasallik qoʻzgʻatuvchilar) yerda paydo boʻlishini oldini olish maqsadida oʻsimlikni almashlab ekilishiga rioya qilish kerak. Yaʼni tarvuzni yetishtirilgan yerga yana qayta 7-8 yilda bir ekish kerak.

Yerning harorati 12-15oC ga yetganda 5-6 sm chuqurlikda tarvuz urugʻi ekiladi.

Ekish sxemasi – 180…300x60x80 sm, ekish chuqurligi sugʻorish qiyin yerlarda 4-5 sm, sugʻoriladigan yerlarda 6-8 sm.

Urugʻ sarflanishi 10 m2 ga 8000 – 11000 dona yoki gektariga 0,5 kg atrofida.

Tarvuz ildizi tagiga 20-30 sm chuqurlikda organik oʻgʻit va mineral oʻgʻitlaridan 10 m2 ga (gektariga 20-30 kg):

-ammiak selitra 300 gr.,

-superfosfat 300 gr.,

-kaliy tuzi 250 gr. beriladi.

Organik oʻgʻitlar va 2/3 fosfor va kaliy oʻgʻitlari kuzda beriladi.

Fosfor, kaliy qoldiqlari esa (podkormka) ozuqa berish oʻsish sharoitlariga qarab 3-4 marotabagacha sugʻorilib beriladi.

Bir marotaba sugʻorilish normasi 300-350 litr 10 m2 (300 – 350 kub/ga).

Un shudring, fuzarioz slishi, bakterioz – tarvuz uchun eng xavfli kasalliklar.

Kurashish choralari:

Yer almashlash (sevooborot)ga rioya qilish, urugʻlarni dorilash, oʻsimliklar kasalliklariga qarshi Akrobat, Entolikur, Entoxlorok kabi fungitsidlar bilan dorilash zarur.

Tarvuz ekinini asosiy zararlovchi hasharotlar – koʻk va qora shira, trips, oʻrgimchak kana va koʻsak qurtidir.

Bu hasharotlar paydo boʻlganida quyidagi preparatlar bilan dorilanadi: Entolucho, Entosoran, Entomektin, Dalate, Entovant, Bi58 va boshqalar.

Yuqori hosildor tarvuz navlari haqida maʼlumot:

Au–Prodyuser navi – pishish muddati 75 kun, vazni 8-12 kg, och yashil va yashil chiziqlar, etichi qizil rangda, fuzarioz va antraknoz kasalliklariga chidamli yuqori hosildor gibrid hisoblanadi.

KricpidF1 navi – pishish muddati 65-70 kun, vazni 7-10 kg, och yashil va yashil chiziqlar, etichi qizil rangda, fuzarioz kasalligiga chidamli isteʼmol uchun juda yaxshi hisoblanadi.

KrimsonSvit navi – pishish muddati 80 kun, vazni 8-15 kg, och yashil va yashil chiziqlar, etichi toʻq qizil rangda, fuzarioz va antraknoz kasalligiga chidamli standart koʻrinishidagi, uzoqqa tashishga moslashgan.

Qora tarvuz (Король Кубы) navi – pishish muddati 75-80 kun, vazni 5-8 kg, toʻq qora yashil, etichi toʻq qizil rangda, fuzarioz va antraknoz kasalligiga chidamli standart koʻrinishidagi, uzoqqa tashishga va saqlashga moslashgan.

Hosildorlikni oshirish maqsadida Vuksal kompleksi, VL 77, Hosilin kabi stimulyator va ozuqalardan koʻrsatilgan meʼyorlarda foydalanish maqsadga muvofiqdir.

 

Manba: ifoda.uz

 1,908 marta ko‘rilgan,  3 marta bugun ko‘rildi

1 ta mulohaza

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu sayt spamga qarshi kurashda Akismet’dan foydalanadi. Qoldirgan izohlaringiz qanday qayta ishlanishi bilmoqchi boʻlsangiz, shu havola orqali sahifaga oʻting.