Sabzi mevasi yorilib ketmasligi uchun nima qilish kerak?

Ekish muddatlari.

Erta mahsulot olish uchun bahorda dalaga yer yetilganda birinchi imkoniyat bo‘lishi bilan urug‘i sepiladi. Qishga saqlash maqsadida yetishtirish uchun iyunning birinchi yarmida ekiladi. Urug‘ tuproqqa 1-3 sm chuqurlikda ekiladi. Qator oralig‘i 25-30 sm bo‘ladi. 10 m2 ga urug‘ sarfi 1,5-5 gramm (1 gektarga 1,5-3 kg maxsus seyalkalarda ekilganida). 2-3 chinbarg holatida 1,5-4 sm chuqurligida chopiq qilinadi. 1m2 yerga hosil maqsadi hisobga olinib 50 dan 200 gacha o‘simlik bo‘lishi kerak.

Urug‘ ekilganidan keyin qatqaloq hosil bo‘lishidan ehtiyot bo‘lish kerak, aks holda nihollar nobud bo‘lishi mumkin. Sabzi ekilgan egatchalarga yupqa qilib go‘ng sepib qo‘yilishi qatqaloq paydo bo‘lishini oldini oladi.

O‘tmishdoshlar.

Eng yaxshi o‘tmishdoshlari bu ertaki kartoshka, dukkakliklar, bodring, ertaki karam.

Ma’danli ozuqalantirish.

1 m2 dan 6 kg (1 gektardan 60 tonna) sabzi hosilini olish uchun 300 gr ammiak selitra, 500 gr superfosfat va 600 gr kaliy tuzini10 m2ga sepish darkor (N 100, P2O5 100, K2O 200 kg ta’sir moddasini 1 gektarga). Fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni kuzgi haydov vaqtida qo‘shish tavsiya qilinadi, azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni esa ozuqa sifatida beriladi. Sabzi magniyga sezgir, 80-100 gramini 10 m2ga solinadi (Mg2O 80-100 kg ta’sir moddasi 1 gektarga). Sabzi tagiga yangi go‘ng solmagan maqul, sababi, mevalari hunuklashib uzoq saqlanmaydigan bo‘lib qoladi.

Sug‘orish.

Ildizmevalarni yorilib ketishini oldini olish maqsadida sug‘orish muntazam bo‘lishi kerak. Mavsum ichida 5-7 sug‘orish amalga oshirilishi kerak, ya’ni 10 m2 ga 300-350 litr (300-350 m3/gektariga).

Kasalliklar va zararkunandalar.

Sabzining asosiy zararkunandasi – sabzi (pashshasi) chivini.

Kurash choralari: almashlab ekishga qat’iy rioya qilish, erta ekish, tuproq harorati pashsha uchgan vaqtda +15, +17oC bo‘lganda Bi-58, Deltasis, Dalate, Entospilan va boshqa insektitsidlar bilan ishlov berish.

Asosiy kasalliklari – fomozvaalternarioz.

Kurash choralari: Urug‘larni dorilash, o‘simliklarni fungitsidlar Akrobat MS, Entoxlorok plyus, Entoxlorok ekstra va boshqalar bilan ishlov berish.

Yetishtirishning muhim usuli – o‘simliklarni chopiq qilish. Alohida begona o‘tlarga qarshi keng yaproqli o‘tlarga qarshi Oksigol, nayza bargli begona o‘tlarga Zeldek Ekstra hamda Entogart gerbitsidlarini me’yorlarida ishlatish tavsiya etiladi.Shunda begona o‘tlar yo‘qoladi va ildizmevani uchi ko‘karib ketishdan saqlanadi.

Saqlashga mo‘ljallangan sabzi muzlashidan avval yig‘ib olinishi va mexanik zarar yetmay yig‘ishtirilishi kerak. Bu muvaffaqiyatli saqlashning garovi va shartidir.

 

Manba: ifoda.uz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.