Qulupnay gajaklaridan koʻpaytiriladi

Qulupnay ishlab chiqarish sharoitida gajaklaridan koʻpaytiriladi. Faqat yangi navlar yaratish rejalashtirilganda urugʻidan koʻpaytiriladi. Koʻchatlar mahsus koʻchatzorlarda yetishtiriladi. Buning uchun qulupnay hosili terib olingandan keyin qator oralari yumshatiladi.
Gajaklar toʻgʻrilanib, ildiz otish uchun tuproqqa koʻmiladi, soʻngra, sugʻoriladi. Bunday maydonlarning har gektaridan 250 mingta, asosiy koʻchatzordan esa 1,5-2 barobar gajakli koʻchat olinadi. Dastlab qulupnay koʻchatlarini tayyorlab olinadi. Buning uchun koʻchat olinadigan qulupnayzorni bir kun oldin sugʻorib olinadi, soʻngra baquvvat va serhosil yirik va baquvvat koʻchatlarni koʻchirib olinadi.
Kovlab olingan koʻchat asosiy tupdan ajratiladi, ikkinchi va uchinchi tartib gajaklar esa tashlab yuboriladi. Olingan koʻchatlarni 20-30 ta dan qilib bogʻlanadi va bogʻlangan koʻchatlar nam tuproq yoki qipiq solingan yashiklarga joylanadi. Oʻsimliklarning ildizlari qurib qolmasligi uchun bu ish soya joyda bajariladi.
Oʻtqazish oldidan bu yashiklar 15-20 minut oqar suvga tushiriladi. Agar koʻchatlarni uzoq joylarga joʻnatiladigan boʻlsa, yashikka yaxshi namlangan tuproq solinadi va kovlab olingan gajaklar tezda yashikka joylanadi. Soʻngra yashik ustini chipta qop, qamish bilan yopiladi va ekish uchun yuboriladi.

 

 

Odiljon Yakubov tayyorladi.

 218 marta ko‘rilgan,  2 marta bugun ko‘rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu sayt spamga qarshi kurashda Akismet’dan foydalanadi. Qoldirgan izohlaringiz qanday qayta ishlanishi bilmoqchi boʻlsangiz, shu havola orqali sahifaga oʻting.