Dehqonchilik

Achchiq qalampir yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Achchiq qalampir yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Margʻilon–330, Pikantniy, Uchqun, Tillarang, Mumtoz, Said. Koʻchat tanlash. Ekiladigan achchiq qalampir koʻchatlari 40-45 kunlik, 8-10 bargli, poyasi va ildizlari durkun rivojlangan, barglari toʻq yashil tusda, sogʻlom boʻlishi lozim. Yer tayyorlash. Achchiq qalampir ekish rejalashtirilgan yerlarni tayyorlash ishlari kuz oylaridan boshlanib, hosildan boʻshagan maydondagi oʻsimliklar qoldiqlaridan tozalanib, mahalliy oʻgʻit sochib chiqiladi. Berilishi lozim boʻlgan mineral oʻgʻitlar miqdorining bir qismi qoʻlda sochilgach, maydon 28-30 sm chuqurlikda yumshatiladi. Ekishga tayyorlashni keyingi tadbirlari ekishdan oldin bajarilib, maydonlar 14-16 sm chuqurlikda yumshatiladi. Yirik kesaklar xaskash yordamida maydalanib, bir yoʻla yer tekislab olinad
Qovun yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Qovun yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: ertapishar – Rohat, oʻrtapishar – Suyunchi – 2, Oltin vodiy, Lazzatli, Oltintepa, Kichkintoy, Obi novvot, Gurvak, Boʻrikalla, kechpishar – Toʻyona, Gurlan, Amudaryo, Gulobi Xorazmiy, Zar gulobi, Saxovat, Umrboqiy, Beshak. Urugʻ tanlash. Ekiladigan qovun urugʻi toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, oʻrtacha kattalikda, butun boʻlishi zarur. Urugʻlar boshqa oʻsimliklar urugʻlari va aralashmalaridan tozalanadi. Yer tayyorlash. Yer kuzda 35 sm chuqurlikkacha shudgor qilinadi. Yerni shudgorlashdan oldidan maʼdan va organik oʻgʻitlar beriladi. Bahorda tuproqda namni saqlab qolish uchun yerga uzun tishli xaskash yordamida ishlov beriladi. Qovun erta muddatlarda ekilganda yerni bahorda qayta shudgorlashning hojati yoʻq. Ekinlar kechki muddatlarda ek
Tarvuz yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Tarvuz yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: ertapishar – Oʻrinboy, Manzur, Chillaki F1, Krisbi F1, Krimstar F1 va oʻrta-ertapishar – Surxon tongi, Dilnoz, Sharq neʼmati, kechpishar – Hayit qora, Qoʻziboy. Urugʻ tanlash. Ekiladigan tarvuz urugʻi toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, oʻrtacha kattalikda, butun boʻlishi zarur. Urugʻlar boshqa oʻsimliklar urugʻlari va aralashmalaridan tozalanadi. Yer tayyorlash. Polizchilikda yerni ekishga tayyorlash keyingi barcha texnologik chora-tadbirlarni yaxshi naf berishini taʼminlovchi muhim omildir. Kuzda yer 35-40 sm chuqurlikkacha shudgor qilinadi. Yerni shudgorlashdan oldidan mineral va organik oʻgʻitlar beriladi. Bahorda tuproqda namni saqlab qolish uchun yerga uzun tishli xaskash yordamida ishlov beriladi. Tarvuz erta muddatlarda ekilganda y
Oqbosh karam oʻstirish boʻyicha tavsiyalar

Oqbosh karam oʻstirish boʻyicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: ertapishar Farao F1, Nazomi F1, Parel F1, Iyunskaya, oʻrtapishar Saratoni, Toshkent – 10, Termiz – 2500, kechpishar Sharqiya – 2, Oʻzbekiston sudyasi. Koʻchat tanlash. Erta bahor va yozgi muddatlarda ekiladigan oqbosh karam koʻchatlari 30-40 kunlik, barglari toʻq yashil, ildizlari durkun rivojlangan va sogʻlom boʻlishi lozim. Dalaga ekish paytida koʻchatlarda 6-7 ta barg boʻlishi kerak. Yer tayyorlash. Maydonlar oʻtmishdosh ekinlar qoldiqlari va begona oʻtlardan sifatli qilib tozalanadi. 1 sotix yerga 200-250 kg (10 sotixga 2-2,5 tonna) chirigan goʻng solinadi. Tuproq 20-25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanadi, yaxshilab tekislanadi, sugʻorish egatlari olinadi. Ekish muddati va sxemasi. Karamni 3 xil muddatda ekib, parvaris
Sholgʻom yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Sholgʻom yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Namangan mahalliysi, Samarqand mahalliysi, Muyassar. Urugʻ tanlash. Ekiladigan sholgʻom urugʻi toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, oʻrtacha kattalikda, butun (sinmagan), vazndor tekis (zararlanmagan) boʻlishi zarur. Urugʻlar boshqa oʻsimliklar urugʻlari va aralashmalaridan tozalanadi. Yer tayyorlash. Urugʻ ekiladigan maydonlar oʻtmishdosh ekin qoldiqlari va begona oʻtlardan sifatli qilib tozalanadi. 1 sotix yerga 200 kg (10 sotixga 2 tonna) chirigan goʻng solinadi. Tuproq 20-25 sm chuqurlikda chirigan goʻng va mineral oʻgʻitlar bilan aralashtirilib yumshatiladi. Yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va sugʻorish egatlari olinadi. Ekish muddati va sxemasi. Sholgʻom asosan yozda ekiladi. Sholgʻom urugʻi markaziy mintaqa va vodi
Petrushka qanday yetishtiriladi?

Petrushka qanday yetishtiriladi?

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Nilufar, Saxarnaya, Novas. Urugʻ tanlash. Ekiladigan petrushka urugʻi toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, butun (sinmagan), vazndor boʻlishi zarur. Urugʻlar boshqa oʻsimliklar urugʻlari va aralashmalaridan tozalanadi. Yer tayyorlash. Yer oʻtmishdosh ekin qoldiqlari va begona oʻtlardan tozalanadi. 1 sotixga 150-200 kg (10 sotixga 1,5-2 tonna) chirigan goʻng solinadi. Petrushka qisqa muddatda yetilishini inobatga olib goʻng solish bilan birga 1 sotix maydonga 1 kg azotli, 1 kg fosforli, 0,5 kg kaliyli oʻgʻit solish zarur. Yer 20-25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va sugʻorish egatlari (pol) olinadi. Ekish muddati va sxemasi. Ertagi hosil olish uchun petrushka urugʻlari kuzda yoki erta bah
Salat yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Salat yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: “Krupnokachanniy” va “Koʻkshox”. Urugʻ tanlash. Ekiladigan salat urugʻi toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, butun boʻlishi zarur. Urugʻlar boshqa oʻsimliklar urugʻlari va aralashmalaridan tozalanadi. Urugʻlik ekish oldidan iliq suvda 3-4 soat ivitib qoʻyiladi. Yer tayyorlash. Urugʻ sepiladigan maydonlar oʻtmishdosh ekin qoldiqlari va begona oʻtlardan sifatli qilib tozalanadi. 1 sotix yerga 150-200 kg (10 sotixga 1,5-2 tonna) chirigan goʻng solinadi. Tuproq 20-25 sm chuqurlikda yumshatiladi. Yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va sugʻorish egatlari olinadi. Ekish muddati va sxemasi. Bargli va bosh oʻraydigan salatlar urugʻi ochiq dalaga erta bahorda -fevral oxiri-mart oyining boshida va kuzda – sentabrning ikkinchi yarmi-o
Toʻqsonbosti ekinlari qachon ekiladi?

Toʻqsonbosti ekinlari qachon ekiladi?

Dehqonchilik
Yerdan unumli va oqilona foydalanish dehqonchilikda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻz ishining hadisini olgan dehqon borki, albatta, bu jihatning samarasini yaxshi biladi. Yerni boʻsh qoldirmaslik, mavsumiy, iqlim sharoitiga mos ekinlarni ekib, takroriy hosil olish harakatida boʻladi. Dalalarda asosiy va takroriy ekinlar hosili yigʻib-terib olinayotgan bir paytda omilkor bobodehqonlarimiz uchun toʻqsonbosti ekinlar ekish taraddudi boshlangani ham bejiz emas. Chunki sovuqqa chidamli boʻlgan sabzi, piyoz, sarimsoqpiyoz, osh lavlagi kabi sabzavotlarni, kashnich, petrushka, selderey, salat bargi kabi koʻkatlarni toʻqsonbosti mavsumida ekib yetishtirish, ulardan yaxshigina daromad olish mumkin. Qish va bahor oylarida bu mahsulotlarning bozori chaqqon, xaridori koʻp boʻlishi esa dehqonning ishig
Soya oʻsimligi haqida bilasizmi?

Soya oʻsimligi haqida bilasizmi?

Dehqonchilik
Soya, Soʻya (Glycine) — dukkakdoshlarga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, dukkakli don va moyli ekin. 10 turi Afrika va Janubiy Sharqiy Osiyoning nam tropik va subtropiklarida, 1 yovvoyi turi Uzoq Sharqda uchraydi. Vatani — Xitoy. Soya juda qadimdan ekiladigan ekin. Miloddan avvalgi 5-mingyillikdan boshlab ekib kelinadi. AQSH, RF, Hindiston, Yaponiya, Koreya, Indoneziya, Ukraina, Moldaviya, Gruziya va Oʻzbekistonda yetishtiriladi. Jahon boʻyicha soya ekin maydoni 73,6 mln ga, oʻrtacha don hosildorligi 22,1 s/ga (2000): Oʻzbekistonda 20-asrning 60-yillaridan keng tarqala boshladi. Oddiy soya turining ildizi yaxshi rivojlangan, oʻq ildiz, sershox, tuproqqa 2 m chuqurlikkacha kirib boradi, asosiy qismi haydalma qatlamda joylashadi (ildizida tuganak bakteriyalar rivojlanadi
Soya ekinini yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Soya ekinini yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, xususan, oʻsimlik moyiga boʻlgan ehtiyojini toʻla qondirish, import hajmini qisqartirish, chorvachilik va parrandachilikning ozuqa bazasini mustahkamlashda soya ekinining ahamiyati katta. Dukkakli oʻsimlik hisoblangan soya barcha qishloq xoʻjalik ekinlari – kuzgi gʻalla, gʻoʻza, makkajoʻxori, sabzavotlar va boshqa ekinlar uchun eng yaxshi oʻtmishdosh ekin hisoblanadi. Soya ekinidan moʻl va sifatli hosil yetishtirishda tuproq unumdorligi hamda suv taʼminoti yaxshi boʻlgan maydonlarni tanlab olish, shuningdek, ekinni tuproq sharoitidan kelib chiqqan holda joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagilarga eʼtibor qaratishni tavsiya etamiz. Soya ekiladigan maydonga sharoitdan kelib chiqqan holda sof holda 90 kg fosfor va 60 kg