Dehqonchilik

Ko‘kat ekinlar qaysilar?

Ko‘kat ekinlar qaysilar?

Dehqonchilik
Ko‘kat ekinlarga ko‘k holida iste’mol qilinadigan, bargi, poyasi ovqatga ishlatiladigan sabzavot ekinlar: ko‘k piyoz, sarimsoqpiyoz, salat, kashnich, yalpiz, ismaloq, shivit, rayhon, rediska, rovoch, petrushka, ukrop va boshqa shu kabi o‘simliklar kiradi. Ko‘kat ekinlari qimmatli ozuqa moddalari va vitaminlarga juda boy. Kuzda va bahorda ochiq maydonlarda, hamda parnik va issiqxonalarda yil davomida yetishtiriladi. Ularni ovqatlarga va konserva maxsulotlariga solib iste’mol qilinadi. Ularning o‘suv davri qisqa bo‘lib, 30-60 kun ichida ko‘kat mahsulotlari iste’mol uchun tayyor bo‘ladi. Ko‘kat ekinlar tezda yetilishi sababli ularni ko‘p marta urug‘ini sepib yil bo‘yi qayta-qayta barra ko‘kat yetishtirish imkoniyati mavjud. Ko‘kat ekinlardan unumdor va namlik yetarli tuproklarda yuqori
Mosh qanday ekiladi?

Mosh qanday ekiladi?

Dehqonchilik
Ertagi mosh ekish aprel va may oylariga to‘g‘ri kelsa, kechkisi iyun oyining oxiri va avgust oyining birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Mosh urug‘ini qatorlab ya’ni qo‘lda sepiladi yoki ekish mashinalari (seyalkalar) da ekiladi. Mosh ekishdan oldin yerni to‘liq sug‘oriladi va yetilganidan keyin haydaladi. Shundan so‘ng ekilgan moshni deyarli to‘liq shonalaguncha sug‘ormasa ham bo‘ladi. Bu orqali moshning palagi o‘sib ketishini oldini olinadi va ekinning serhosil bo‘lishi ta’minlanadi. Bundan tashqari begona o‘tlar deyarli chiqmaydi yoki juda kam bo‘ladi. Moshni pishguncha 2-3 yoki 4 marta sug‘orish yetarli bo‘ladi. Ekishdan oldin yerni boshqa ekinlarga tayyorlangan kabi tayyorlanadi. Ko‘proq fosforli o‘g‘itlardan solib, shudgorlangan yerlarga ekilsa, o‘g‘it uzoq muddat davomida kuch beri
Sabziga qanday o‘g‘itlar solinadi?

Sabziga qanday o‘g‘itlar solinadi?

Dehqonchilik
Sabzi ekini ayrim o‘g‘itlarning yetishmasligiga turlicha ta’sirchan bo‘ladi. Jumladan, azot yetishmay qolgan taqdirda sabzi poyasi ingichkalashadi, barglari mayda bo‘lib qoladi. Barglarining rangi och yoki to‘q yashil yoki och yashil tusga kiradi, ildizmevalari mayda va hosili past bo‘ladi. Aksincha, azot keragidan ortiqcha bo‘lsa sabzinjing ildizmevasi suvli, tarkibida ko‘plab oqsil bo‘lmagan azot saqlaydi, bu esa o‘z navbatida zamburug‘ va bakteriyalar uchun eng muvofiq ozuqa muhiti bo‘lib qoladi, buning natijasida qish davomida saqlanayotgan ildizmevalar chirib ketadi va ko‘karib nobud bo‘ladi. Azotli o‘g‘itlar kerakli normada berilganda esa u sabzining ildiz mevasi hosiliga va uning sifatiga muvofiq keladigan darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bunda azotli o‘g‘it odatda, oqsil almashinuvini y