Oshko‘klar haqida qisqacha ma’lumot

Oshko‘klar – taomlarga (ko‘k holicha) qo‘shiladigan ko‘katlardir. Oshko‘klarga jambil, kashnich, petrushka, rayhon, ko‘k (barra) piyoz, shivit, sarimsoq ko‘ki, selderey hamda bahor oylarida yovvoyi o‘sadigan yalpiz va boshqalar kiradi. Ular lazzatli taom tayyorlashda zirovarlar kabi muxim ahamiyatga ega. Oshko‘klar tarkibida ifori (efirli) moylar, turli vitaminlar mavjud.

Oshko‘klar qo‘shilgan taomlar xushxo‘r bo‘ladi, yaxshi xazm bo‘ladi. Aksariyat oshko‘klar to‘g‘ralgan holda suyuq oshlarga qo‘shiladi, shuningdek, ularning shoxchalari salatlarni bezashda ishlatiladi. Oshko‘klardan rayhon, jambil sho‘rvalarga shoxchasi bilan xam solinadi. Ba’zi oshko‘klar (masalan: ukrop, petrushka) bodring va pomidor tuzlashda, sirkalab konserva qilishda ishlatiladi. Soya joyda quritib elaki qilingan oshko‘k tolqonidan qish faslida ham foydalanish mumkin.

O‘zbek pazandaligida otquloq, ismaloq, yalpiz, jag‘-jag‘, momaqaymoq beda, anzur piyozi, semizo‘t kabilarning yangi unib chiqqan barglaridan yog‘ qo‘shib somsa, chuchvara kabi taomlar tayyorlanadi.

 

 

Manba: «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi».

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.