Mosh – eng yaxshi siderat ekinlardan biri

Mosh doni tarkibida 24-28 foiz oqsil, 2-4 foiz moy, 46-50 foiz kraxmal, V guruhi vitaminlari, lizin, arginin mavjud. U dukkakli don ekinlari orasida oqsil va vitaminlarga boy boʻlishi, kalloriyasining koʻpligi jihatidan alohida ajralib turadi. Mosh doni ozuqalik qiymati bilan bugʻdoy, loviya, noʻxat, koʻknoʻxat va javdar donlaridan 1,5-2 baravar, toʻyimliligi bilan esa 1,5 baravar ustun turadi.

Mosh tarkibidagi oqsilning hazm boʻlishi 86%. Bundan tashqari, mosh doni tarkibida Mg, Ca, S, Na, Fe, Ma, Cu, B, Co, Ni, I kabi makro va mikroelementlar boʻlib, fosfor tuzlariga juda boydir. Ayrim mamlakatlarda mosh donidan salat tayyorlanadi. Makaron va konditer sanoatida mosh unidan 30 foiz qoʻshilsa, sifati tubdan yaxshilanadi.

Hozirda Davlat reyestriga kiritilgan moshning “Qahrabo”, “Navroʻz” va “Radost” navlari bor. Mosh yetishtirish agrotexnikasi qoidalariga amal qilingan holda, xususan, yerni ekishga tayyorlash, ekish muddati va meʼyori, sugʻorish va mineral oʻgʻitlar bilan oʻz vaqtida oziqlantirish, qator oralariga ishlov berish va hosilni oʻz vaqtida yigʻishtirib olish oʻzidan keyin 2,5-4,0 tonna miqdorida ildiz qoldiqlarini tuproqda qoldirgach, tuproqdagi qiyin eriydigan fosfor birikmalarini oʻzlashtirishga yordam beradi.

Mosh – eng yaxshi siderat ekinlardan biri hisoblanadi. U koʻkat oʻgʻit sifatida ekilganda tuproq tarkibida 70 s/ga quruq modda toʻplanadi. Bu 100 kg azot demakdir. Ilmiy tahlillarga qaraganda, mosh koʻkat oʻgʻit sifatida ishlatilganda gʻoʻza hosili 40-60% ga ortgan. Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, havodagi erkin azotni dukkakli ekinlar ildizlari yashovchi tuganak bakteriyalarni oʻzlashtirish mexanizmiga va salmogʻi dukkakli don oʻsimliklarining turi, navlari, tabiiy iqlim sharoiti, yetishtirish agrotexnikasiga bogʻliqligini qayd etish lozim.

Mosh serhosil ekin hisoblanadi. Gektaridan oʻrtacha 60-80 sr pichan yoki 240-300 sr gacha koʻk massa olinadi. Koʻk massa tarkibidagi hazm boʻladigan protein miqdori makkajoʻxori bargi va uning poyasidagiga nisbatan ikki-uch baravar koʻpdir. Makkajoʻxorini mosh bilan aralashtirib tayyorlangan silos, ozuqalik sifati yuqoriligi bilan farq qiladi.

Dukkakli don oʻsimliklarini almashlab ekish uchun alohida yer talab etilmaydi. Shuning uchun sugʻoriladigan maydonlardan foydalanishning ichki imkoniyatlaridan biri takroriy ekinlar qatorida dukkakli don, xususan, angʻizda mosh yetishtirishni katta maydonlarda tashkil etish lozim. Takroriy ekinlar qatorida ekiladigan ekinni ertapishar navlarini parvarishlab hosil olish mumkin.

 

Odiljon Yakubov tayyorladi.

 650 marta ko‘rilgan,  2 marta bugun ko‘rildi

1 ta mulohaza

  • Жамшидбек

    Мошни серхосил булиши учун кандай махсулотлар фойдалирок, ва улар канлай кулланилади? мошнинг пишиб етиш муддатинеча ой, кун?

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu sayt spamga qarshi kurashda Akismet’dan foydalanadi. Qoldirgan izohlaringiz qanday qayta ishlanishi bilmoqchi boʻlsangiz, shu havola orqali sahifaga oʻting.