Loviyani takroriy ekin sifatida yetishtirish

Ekish uchun tavsiya etilgan navlar: mahalliy navlar ekiladi.

Urugʻlik tanlash va ekishga tayyorlash. Bir xil oʻlchamli, toʻla yetilgan, shikastlanmagan urugʻlar  tanlab olinadi.

Yerni ekishga tayyorlash. Vigna (loviya) kuzgi don ekinlaridan va chopiq qilinadigan ekinlardan keyin ekiladi. Bir ekilgan joyga 2–3 yildan keyin qayta ekiladi. Yer oʻtmishdosh ekinlarning qoldiqlari va begona oʻtlardan tozalangach, 25–27 sm chuqurlikda yumshatilib, tekislanadi.

Ekish muddati va sxemasi. Loviya urugʻi iyun–iyul oylarida 60×20, 60×15 sm sxemada ekiladi. Ekish chuqurligi 3–5 sm. 10 sotixga 6 kg urugʻ sarflanadi.

Parvarishlash. Yagana qilinmaydi. Sugʻoriladigan sharoitda shonalashgacha 1–2 marta, shonalash-gullash davrida 2 marta sugʻoriladi.

Oʻgʻitlash. Oʻtmishdosh ekinga goʻng solinadi. Talab qilinsa 10 sotix maydonga sof moda hisobida 3–5 kg azot, 2–3 kg fosfor, 3–3,5 kg kaliy sepiladi. Fosfor va kaliy yerni tayyorlash vaqtida solinadi. Azotli oʻgʻit amal davrida sepiladi.

Hosilni yigʻishtirish. Don olish uchun dukkakning 75–80 foizi yetilganda hosil yigʻiladi. Poyasi dagʻal xashak sifatida chorva mollariga ozuqa boʻladi.

 

Manba: mehnat.uz

 906 marta ko‘rilgan,  11 marta bugun ko‘rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu sayt spamga qarshi kurashda Akismet’dan foydalanadi. Qoldirgan izohlaringiz qanday qayta ishlanishi bilmoqchi boʻlsangiz, shu havola orqali sahifaga oʻting.