Bug‘doy ekish muddatlari va navlarining hosildorlikka ta’siri

Dala tajribalarida Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali tomonidan yaratilgan kuzgi yumshoq bug‘doyning rayonlashgan Yaksart hamda istiqbolli G‘ozg‘on va yangi yaratilgan Bunyodkor navlari ochiq maydonda hamda g‘o‘za qator oralarida an’anaviy SZU-3,6 g‘alla ekish seyalkalarida erta, o‘rta va kech muddatlarda 5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekib o‘rganildi. Tajribalar 30 m2 (hisobiy 25 m2) maydonda 3 qaytariqda olib borildi. O‘tkazilgan tadqiqot tajribalarida don hosildorligiga ekish usullari, muddatlarning ham ta’siri katta bo‘lishi aniqlandi.

Tajriba natijalariga ko‘ra, har qanday ekish usulida ham erta muddatda ekilganda, navlarning to‘la fiziologik yetilishi, hosil shakllanish (gullash-sut, mum pishish) davrlari uzoq bo‘lishi hosildorlikning oshishini ta’minlashi aniqlandi.

G‘ozg‘on navi erta muddat 10-oktabrda ekilganda don hosildorligi ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 68,9-71,5s/ga, g‘o‘za qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda esa 61,5-64,6 s/gani tashkil qildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida SZU-3,6 seyalkasida ekilganda ochiq maydonda 71,5 s/ga, g‘o‘za qator orasida 64,6 s/ga ni tashkil etdi. 220 O‘rta muddat 1-noyabrda ekilganda don hosildorligi ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 64-66,6s/ga, g‘o‘za qator oralariga ekilganda esa 57-61,9 s/ga kuzatildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganda ochiq maydonda 66,4 s/ga, g‘o‘za qator orasida 61.9 s/ga ni tashkil etdi.

Kechki muddat 20-noyabrda ekilganda don hosildorligi ekish me’yorlarining ortib borishiga mos ravishda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 54,2-59,7s/ga, g‘o‘za qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda esa 39,7-41,7 s/ga oshib borishi kuzatildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganda ochiq maydonda 59,7 s/ga g‘o‘za qator oralariga ekilganda esa 41,7 s/ga ni tashkil etdi.

G‘ozg‘on navidan erta va kech muddatlarda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganda, o‘rta muddatda esa 5,5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganda eng yuqori hosil olish mumkinligi aniqlandi.

Bunyodkor navi erta muddat 10-oktabrda ekilganda don hosildorligi ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 71,8-74s/ga, g‘o‘za qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda esa 62,9-67,2 s/gani tashkil qildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida SZU-3,6 seyalkasida ekilganda ochiq maydonda 74 s/ga, g‘o‘za qator orasida 66,9 s/ga ni tashkil etdi.

O‘rta muddat 1-noyabrda ekilganda don hosildorligi ekish me’yorlarining ortib borishiga mos ravishda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 66,6-69,1s/ga, g‘o‘za qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 59-64,1 s/ga kuzatildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganda ochiq maydonda 69,1 s/ga, g‘o‘za qator orasida 64,1 s/ga ni tashkil etdi.

Kechki muddat 20-noyabrda ekilganda don hosildorligi ekish me’yorlarining ortib borishiga mos ravishda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 57-60,4s/ga, g‘o‘za qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda esa 40,1-43,9 s/ga oshib borishi kuzatildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganda ochiq maydonda 60,4 s/ga, g‘o‘za qator orasida 43,9 s/ga ni tashkil etdi.

Bunyodkor navidan erta o‘rta va kech muddatlarda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganda eng yuqori hosil olish mumkinligi aniqlandi.

Yaksart navi erta muddat 10-oktyabrda ekilganda don hosildorligi ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 68,1-74,6s/ga, g‘o‘za qator oralariga ekilganda esa 64,6-66,1 s/gani tashkil qildi. Eng yuqori hosildorlik 5,5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida SZU-3,6 seyalkasida ekilganda ochiq maydonda 74,9 s/ga, g‘o‘za qator orasida 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganda esa 66,1 s/ga kuzatildi.

O‘rta muddat 1-noyabrda ekilganda don hosildorligi ekish me’yorlarining ortib borishiga mos ravishda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 65,1-71s/ga, g‘o‘za qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda esa 58,3-63,8 s/ga kuzatildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida SZU-3,6 seyalkasida ekilganda ochiq maydonda 71 s/ga, g‘o‘za qator orasida 63,8 s/ga ni tashkil etdi.

Kechki muddat 20-noyabrda ekilganda don hosildorligi ekish me’yorlarining ortib borishiga mos ravishda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 53,2-61,1s/ga, g‘o‘za qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda esa 42-44,9 s/ga oshib borishi kuzatildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida 61, s/ga, g‘o‘za qator orasida esa 44,9 s/ga ni tashkil etdi.

Yaksart navidan erta muddatda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida 5,5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganda, o‘rta va kech muddatlarda 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganda eng yuqori hosil olish mumkinligi aniqlandi.

Xulosa qilib aytganda har uchchala navda ham ochiq maydon va g‘o‘za qator oralariga ekilgan variantda ekish muddati 10-oktabrda gektariga 6 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilgan variantda hosildorlik yuqori bo‘lgan, ekish muddati kechikishi bilan hosildorlik ham kamayib borgan.

 

Manba: ziyonet kutubxonasi (A. Fayzullayev – magistratura talabasi, B. Mavlonov – ilmiy rahbar, dotsent) ma’lumotlari.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.