Aykido navli qovun yetishtirish

Galiya (Galia) – anchagina hosildor va mashhur sort turiga kiruvchi qovunlar masalan Aykido F1. Bu turdagi qovunlar shakli dumaloq oval bo‘lib, vazni o‘rtacha 1,5 kg atrofida. Yuzasi silliq hamda mayin to‘rli, pishganda rangi sariq bo‘ladi. Ichki etining rangi oqish yashil bo‘ladi. Urug‘ uyasi kichkina. Ushbu sort turi chiroyli ko‘rinishi, yuqori ta’m sifati, ertapisharligi, un shudring kasalligiga chidamliligi shuningdek, tashishga qulayligi bilan o‘ziga e’tibor qaratgan. Ushbu sort turlarining yangi duragaylari fuzarioz so‘lishiga genetik chidamli hisoblanadi. Yevropa, Gollandiya va O‘rta Osiyo issqixonalarida tarqalgan.

Harorat. Qovun – issiqni yoqtiradigan ekin. Urug‘lari 15℃ issiqda 48 soat ichida unib chiqadi. Urug‘larni o‘sib chiqishi uchun optimal harorat 25-30℃ hisoblanadi. 40℃ issiq haroratda urug‘larning o‘sishi to‘xtab qoladi. Harorat 15℃ dan pasayganda qovun rivojlanmay qo‘yadi, 10℃ da ozuqani o‘zlashtirishi to‘xtaydi, 1℃ da esa o‘simlik 2-3 soatda nobud bo‘ladi. Qovunning fotosintezi uchun optimal harorat 30-40℃ hisbolanadi. Kunduzgi havoning 10-12℃ harorati o‘simlikning o‘sishini sekinlashtirib, rivojlanishini kuchaytirib yuboradi. Bunday haroratda gul tashlashi kuzatiladi. Havo haroratining 10-15℃ tushishi ko‘p qovun navlari uchun biologik minimum hisoblanadi.

Yorug‘lik rejimi. Qovun qisqa kunli o‘simliklardan hisoblanib, ayniqsa rivojlanishining va gullashining ilk kunlarida yorug‘likni yoqtiradi. Agar shu paytda o‘simlikni ko‘lanka bilan o‘stirilsa, urg‘ochi gullar paydo bo‘lishini cho‘zilishiga olib keladi, quyosh nuri bulutlar sababli cheklanib borsa, erkak va urg‘ochi gullarining gullash intervali 32 kunni tashkil qiladi, yaxshi bulutli havoda 3–5 kun. Bulutli havoda o‘simliklarda fotosintez kuchsiz bo‘lishi quruq moddaning to‘planishini va shakarning yig‘ilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillardan hisoblanadi. Agar qovunlar jips ekilgan bo‘lsa, bu mevalarni pishishiga yomon ta’sir qilib, hosildorlikni tushib ketishiga olib keladi. Qovunni yorug‘likka eng ta’sirchan payti o‘simlikda 4-5 chinbarg borligida bilinadi. Ajabtovur, lekin faktki, uzun kunga nisbatan, qisqa 12 soatli kunda, o‘simlikni gullashi tezroq amalga oshadi, 8-soatli kunda esa o‘simlikni rivojlanishi sekinlashadi.

Namlik. Qovun qurg‘oqchilikka chidamli ekin hisoblanadi, shu bilan birga qovunda transpirasion koeffisient (ya’ni, bug‘lanish xususiyati) 621ga teng, ya’ni ko‘p suv talab qiladi.

O‘tmishdoshlar. Qovunni yerga bug‘ bilan ishlangan qishki bug‘doy ekilgan yerlarga, silosga mo‘ljallangan jo‘xori ekilgan yerlarga, hamda uzoq yillar begona o‘tlar o‘sgan yerlarga ekish eng yaxshi natijalar beradi. Arpa ham yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. Qovunni ildizmevali o‘simliklar, masalan piyoz, bodring va karamdan keyin eksa ham bo‘laveradi. Qovunni kasalliklar rivojlanishiga olib kelishi mumkinligi sababli, bir joyda ikki yildan ortiq yetishtirib bo‘lmaydi, chunki bu hosilni va sifatini sezilarli darajada tushirib yuboradi.

Ekish muddatlari. Agar erta ekishni amalga oshirilsa yuqori sifatli hosil olish mumkin bo‘ladi. Qovun ekishni eng optimal muddati – 20-aprel va 10-may oralig‘i hisoblanadi, chunki bu paytga kelib, tuproq harorati10 sm chuqurlikka 14-16℃ darajaga isiydi. Qovun ekilishing oxirgi muddati 10-iyun hisbolanadi.

Ma’danli ozuqalantirish. Qovun ekiladigan tuproq chuqurligi 30 sm haydalgan va quruq bo‘lishi kerak. Ekilishdan oldingi tuproqdagi asosiy elementlar tarkibining tavsiya qilinishi: K – 1,50; Sa – 1,50; Mg – 1,25; N – 3,00; S – 2,00; P – 0,15 mmol/ litr suv tortishi (1:2 hajmda), rN 6-7 va ES 3 mS/sm.

5,2 kiloli meva tukkan duragay Aykido F1 Galia issiqxonalarda bir o‘simlikka: 10,97–N; 2,67–P; 21,20–K; 15,06–Ca; 4,68–Mg grammdan berilgan. Azot, fosfor va kaliyni eng jadal iste’mol qilinishi ekilganidan keyin 10-haftadan 12-haftaga qadar meva tugish davrida bo‘ladi, kalsiy va magniyni iste’mol qilinishi esa maksimal vegetativ o‘sish davri 4-haftadan 6-haftagacha bo‘ladi.

 

Manba: ifoda.uz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.