Dehqonchilik

Loviyani takroriy ekin sifatida yetishtirish

Loviyani takroriy ekin sifatida yetishtirish

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etilgan navlar: mahalliy navlar ekiladi. Urug‘lik tanlash va ekishga tayyorlash. Bir xil o‘lchamli, to‘la yetilgan, shikastlanmagan urug‘lar  tanlab olinadi. Yerni ekishga tayyorlash. Vigna (loviya) kuzgi don ekinlaridan va chopiq qilinadigan ekinlardan keyin ekiladi. Bir ekilgan joyga 2–3 yildan keyin qayta ekiladi. Yer o‘tmishdosh ekinlarning qoldiqlari va begona o‘tlardan tozalangach, 25–27 sm chuqurlikda yumshatilib, tekislanadi. Ekish muddati va sxemasi. Loviya urug‘i iyun–iyul oylarida 60x20, 60x15 sm sxemada ekiladi. Ekish chuqurligi 3–5 sm. 10 sotixga 6 kg urug‘ sarflanadi. Parvarishlash. Yagana qilinmaydi. Sug‘oriladigan sharoitda shonalashgacha 1–2 marta, shonalash-gullash davrida 2 marta sug‘oriladi. O‘g‘itlash. O‘tmishdosh ekinga go‘ng solinad
Sabzi mevasi yorilib ketmasligi uchun nima qilish kerak?

Sabzi mevasi yorilib ketmasligi uchun nima qilish kerak?

Dehqonchilik
Ekish muddatlari. Erta mahsulot olish uchun bahorda dalaga yer yetilganda birinchi imkoniyat bo‘lishi bilan urug‘i sepiladi. Qishga saqlash maqsadida yetishtirish uchun iyunning birinchi yarmida ekiladi. Urug‘ tuproqqa 1-3 sm chuqurlikda ekiladi. Qator oralig‘i 25-30 sm bo‘ladi. 10 m2 ga urug‘ sarfi 1,5-5 gramm (1 gektarga 1,5-3 kg maxsus seyalkalarda ekilganida). 2-3 chinbarg holatida 1,5-4 sm chuqurligida chopiq qilinadi. 1m2 yerga hosil maqsadi hisobga olinib 50 dan 200 gacha o‘simlik bo‘lishi kerak. Urug‘ ekilganidan keyin qatqaloq hosil bo‘lishidan ehtiyot bo‘lish kerak, aks holda nihollar nobud bo‘lishi mumkin. Sabzi ekilgan egatchalarga yupqa qilib go‘ng sepib qo‘yilishi qatqaloq paydo bo‘lishini oldini oladi. O‘tmishdoshlar. Eng yaxshi o‘tmishdoshlari bu ertaki kartoshk
Kungaboqar yetishtirish bo‘yicha ma’lumotlar

Kungaboqar yetishtirish bo‘yicha ma’lumotlar

Dehqonchilik
Tavsiya etiladigan navlar: SUR, Rodnik, Jahongir, Olato‘n, Samarqand oq kungaboqari. Urug‘lik tanlash va ekishga tayyorlash. Kungaboqar navlarining urug‘larini orginator tashkilotlardan urug‘lik sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan holda olish tavsiya etiladi. Mahalliy Olato‘n va Samarqand oq kungaboqarining urug‘larini, hosil pishib yetilgan davrda kungaboqar dalasida hosil savatlarining yirikligi, hosil savatidagi urug‘larning bir xilligi, kasallanmaganligi va boshqa belgilari bo‘yicha tanlab olinadi. Ushbu kungaboqarning hosil savatlari quruq va shabadali joyda quritiladi. Quritilgan urug‘lar hosil savatlaridan qoqib olinadi va o‘simlik qoldiqlari, puch urug‘lardan tozalanadi. Yerni ekishga tayyorlash. Yerni ekishga tayyorlash ishlari o‘tmishdosh o‘simliklarni qoldiqlarini
Yeryong‘oq qanday yetishtiriladi?

Yeryong‘oq qanday yetishtiriladi?

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Qibray–4, Lider, Mumtoz, Salomat va Toshkent–112. Yeryong‘oq urug‘ligini tanlash va ekishga tayyorlash. Qibray–4, Lider, Mumtoz navlarida dukkagida ikkita donli, Salomat va Toshkent–112 navlarida esa,  2-3 yirik donli bo‘lgan, po‘stlog‘i qoraymagan va mexanik zararlanmagan yeryong‘oqlar tanlab olinadi. Urug‘lik yeryong‘oqlar qo‘l mehnati yordamida chaqib ekishga tayyorlanadi. Qobig‘idan ajratib olingan yeryong‘oqlar urug‘ po‘stlog‘i yorilgan, mayda va to‘la shakllanmagan urug‘lardan tozalanadi. Tayyor bo‘lgan urug‘liklar 10-15 kilogrammlik mato qoplarda ekish vaqtigacha quruq va salqin xonalarda (qoplar yotqizilgan holatda) saqlanadi. Yerni ekishga tayyorlash. Yeryong‘oq ekiladigan maydon kuzda fosforli va kaliyli o‘g‘itlar berilib 25-30 sm chuq
Tarvuz o‘stirish agrotexnikasi

Tarvuz o‘stirish agrotexnikasi

Dehqonchilik
Tarvuz turli xil qumlik yerlarda eng yaxshi o‘sadigan poliz ekini hisoblanadi. Fuzarioz va boshqa patogenlar (kasallik qo‘zg‘atuvchilar) yerda paydo bo‘lishini oldini olish maqsadida o‘simlikni almashlab ekilishiga rioya qilish kerak. Ya’ni tarvuzni yetishtirilgan yerga yana qayta 7-8 yilda bir ekish kerak. Yerning harorati 12-15oC ga yetganda 5-6 sm chuqurlikda tarvuz urug‘i ekiladi. Ekish sxemasi – 180…300x60x80 sm, ekish chuqurligi sug‘orish qiyin yerlarda 4-5 sm, sug‘oriladigan yerlarda 6-8 sm. Urug‘ sarflanishi 10 m2 ga 8000 – 11000 dona yoki gektariga 0,5 kg atrofida. Tarvuz ildizi tagiga 20-30 sm chuqurlikda organik o‘g‘it va mineral o‘g‘itlaridan 10 m2 ga (gektariga 20-30 kg): -ammiak selitra 300 gr., -superfosfat 300 gr., -kaliy tuzi 250 gr. beriladi. Organ
Aykido navli qovun yetishtirish

Aykido navli qovun yetishtirish

Dehqonchilik
Galiya (Galia) – anchagina hosildor va mashhur sort turiga kiruvchi qovunlar masalan Aykido F1. Bu turdagi qovunlar shakli dumaloq oval bo‘lib, vazni o‘rtacha 1,5 kg atrofida. Yuzasi silliq hamda mayin to‘rli, pishganda rangi sariq bo‘ladi. Ichki etining rangi oqish yashil bo‘ladi. Urug‘ uyasi kichkina. Ushbu sort turi chiroyli ko‘rinishi, yuqori ta’m sifati, ertapisharligi, un shudring kasalligiga chidamliligi shuningdek, tashishga qulayligi bilan o‘ziga e’tibor qaratgan. Ushbu sort turlarining yangi duragaylari fuzarioz so‘lishiga genetik chidamli hisoblanadi. Yevropa, Gollandiya va O‘rta Osiyo issqixonalarida tarqalgan. Harorat. Qovun – issiqni yoqtiradigan ekin. Urug‘lari 15℃ issiqda 48 soat ichida unib chiqadi. Urug‘larni o‘sib chiqishi uchun optimal harorat 25-30℃ hisoblanadi. 40℃
Tomorqada bodring yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Tomorqada bodring yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Ranniy – 645, O‘zbekiston – 740, Zilol, Parad, Konkurent, Navro‘z, Omad, Talaba va Gollandiya F1 duragaylaridan Alibi, Asteriks, Regal, Ayaks, Superina. Urug‘ tanlash. Ekiladigan bodring urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, o‘rtacha kattalikda, butun (sinmagan), vazndor, zararlanmagan bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi. Urug‘lik ekish oldidan iliq suvda 1–2 soat ivitib qo‘yiladi Yer tayyorlash. Dastlab maydon o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan sifatli qilib tozalanadi. 1 sotix yerga 200 kg (10 sotixga 2 tonna) chirigan go‘ng solinadi. Chirigan go‘ng bilan birgalikda 1 sotix maydonga fosforning 75, kaliyning ham 75 foizi beriladi. Bu ko‘rsatkich 1,6 kg ammofos, 1,2 kg kali
Pomidor yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Pomidor yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: ertapishar Do‘stlik, Saxiy, Shafaq, Sevara, o‘rta-ertapishar Toshkent tongi, o‘rtapishar TMK-22, O‘zbekiston – 178, Surxon – 142, Bahodir, Sharq yulduzi, Sitora, Istiqlol – 10, Avisenna, kechpishar Namuna – 70, Doni 2000. Ko‘chat tanlash. Pomidor ko‘chatlari 40-45 kunlik, poyasi va ildizlari durkun rivojlangan, barglari to‘q yashil tusda, sog‘lom bo‘lishi lozim. Yer tayyorlash. Pomidor ekish rejalashtirilgan yerlarni tayyorlash ishlari kuz oylaridan boshlanadi, hosildan bo‘shagan maydondagi yirik o‘simliklar qoldiqlaridan tozalanib, mahalliy o‘g‘it sochib chiqiladi. Berilishi lozim bo‘lgan madaniy o‘g‘itlar miqdorini bir qismi qo‘lda sochib chiqilib, keyin maydon 28–30 sm chuqurlikda yumshatiladi. Ekishga tayyorlashni keyingi tadbirlari ekishdan
Baqlajon yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Baqlajon yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Avrora, Zamin F1, Feruz. Urug‘ tanlash. Ekiladigan urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, sinmagan, vazndor bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi. Yer tayyorlash. Urug‘ sepiladigan maydonlar o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan sifatli qilib tozalanadi. 1 sotixga 150-200 kg (10 sotixga 1,5-2 t) chirigan go‘ng solinadi. Yer 20-25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va sug‘orish egatlari olinadi. Ekish muddati. Urug‘lar qo‘lda sepiladi. Sepilgandan urug‘lar xaskash bilan tuproqqa aralashtiriladi. Baqlajon ko‘chatlarini janubiy viloyatlarda martning 3-o‘n kunligi, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda aprelning 2-3 o‘n kunligida v
Ertagi ekinlarni ekish va parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar

Ertagi ekinlarni ekish va parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar

Dehqonchilik
Ertagi sabzavotlarning bir qismini dastlabki o‘suv davrida shaffof plyonka ostida parvarishlash nihollarning barvaqt paydo bo‘lishi va hosili oddiy usulga nisbatan kamida 15-20 kun barvaqt pishib yetilishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, plyonkadan foydalanilganda kechikib ekilgan sabzavotlarning rivojini jadallashtirishga imkon beradi. Ko‘chati orqali ko‘p yetishtiriladigan issiqsevar sabzavotlardan pomidor, shirin qalampir, baqlajon ekinlarini ko‘chat qilish ishlari ko‘chatxonalarda davom ettiriladi. Nihollar 2-3 barg chiqarganda orasi 5x6 sm qilib ko‘chirib o‘tqaziladi. Ko‘chirib o‘tqazilgan ko‘chatlar 10-12 kundan so‘ng birinchi oziqlantiriladi. Bunda 10 l suvda 5 g ammoniy sulfat yoki karbamid, 40 g superfosfat yoki ammofos va 10 g kaliy o‘g‘itlari eritilib, barg ustidan beriladi.