Uzumni plyonka ostida quritish

Yogʻingarchilik koʻp boʻladigan rayonlarda joylashgan xoʻjaliklarda uzumni jadal quritish mavsumida yogʻin-sochin boʻlib, xoʻjaliklar koʻpincha zarar koʻradi. Uzumni plyonka yopilgan palatalarda quritish usuli akademik R. R. Shreder nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan va sinab koʻrilgan boʻlib, bu haqda quyida bayon qilinadi.

Yarim ochiq palata quyidagi kattalikda boʻladi: eni – 4 m eng baland tepa qismi – 2m 40 sm, yon devorlari balandligi 1.60 sm, bitta seksiya uzunligi – 4m. Palataning ikkala yon tomoniga patnislarni joylash uchun etajerkalar oʻrnatiladi. Patnislarni joylash uchun har qaysi etajerkalarda 10-12 tadan parallel pazlar mavjud.

Etajerka kattaligi 60x90x160 sm. Xar bir patnisga 60-80 kg uzum ketadi. Palataning bitta seksiyasiga 10 tagacha etajerka oʻrnatiladi va har bir seksiyada bir yoʻla 0.6-0.8 tonna xoʻl meva quritish mumkin. Palataning tepa qismi yarim ochiq, yaʼni egilgan yassi tomoni taxminan yarim ochiq holatda. Bunda ustki choklar ostki choklarni qoplab turadi va shu bilan birga mevalarni yogʻin-sochindan saqlaydi.

Palataning yon devorlari yerdan 40 sm balandlikda plyonka bilan bekitiladi. Palata ichidagi harorat atrof-muhitdagi haroratga nisbatan 2-7℃ yuqori boʻladi. Palata loyihasi mevalarni quritish jarayonida paydo boʻlgan bugʻlarni chiqarib yuborish bilan tabiiy havo almashishini taʼminlaydi. Etajerkalar orasidagi oʻtish masofasi 150 sm atrofida boʻlib, kelgusida patnoslarni tashish ishlarini mexanizatsiyalashga imkoniyat yaratadi.

 

Manba: tadbirkor-fermer.uz sayti

 317 marta ko‘rilgan,  2 marta bugun ko‘rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu sayt spamga qarshi kurashda Akismet’dan foydalanadi. Qoldirgan izohlaringiz qanday qayta ishlanishi bilmoqchi boʻlsangiz, shu havola orqali sahifaga oʻting.