Pavlovniya daraxti haqida bilasizmi?

Pavlovniya – dunyoda eng tez oʻsuvchi manzarali, yogʻochi sifatli, qurilishda ishlatiladigan daraxt hisoblanadi.

2012 yili Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Yuqori texnologiyalar oʻquv-tajriba markazi olimlari ishlab chiqqan innovatsion loyiha asosida pavlovniya daraxtining sunʼiy urugʻlari “in vitro” usulida yetishtirilib, koʻpaytirilmoqda. Bu haqda OʻzA xabar beradi.

Pavlovniya yogʻochi tez quriydi, juda yengil. Qiyoslash uchun – eman daraxti yogʻochining bir kub metri oʻrtacha 850 kilogramm, qaragʻayniki 482 kilogrammni tashkil etsa, pavlovniyada bu koʻrsatkich koʻpi bilan 282 kilogrammga yetishi mumkin. Mustahkamligi va uzoq yillar foydalanish mumkinligi tufayli pavlovniya yogʻochidan shift, eshiklar, javon, stol va stullar tayyorlashda keng qoʻllaniladi.

Yogʻoch tarkibida suv miqdori va yonish xavfining kamligi uni avtomobilsozlik, samolyotsozlik va kemasozlik singari yirik sanoat tarmoqlarida istiqbolli xom ashyoga aylantirmoqda. Xususan, xalqaro amaliyotda avtomashinalar salonida pavlovniya yogʻochidan foydalanish afzal koʻrilmoqda.

Pelletlar yonish jarayonida oʻzining tejamkorligi va yuqori issiqlik samaradorligi bilan ajralib turadi. Pavlovniya pelletlari esa yondirilganda havoga karbonat angidrid hamda oltingugurt miqdori birmuncha kam chiqadi. Havodagi namlikni oʻziga tortib olmaydigan bunday qattiq yoqilgʻining yuqori issiqlik oʻtkazuvchanligi vaqt oʻtishi bilan ham kamayib ketmaydi.

 

Manba: uz24.uz sayti.

 773 marta ko‘rilgan,  2 marta bugun ko‘rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu sayt spamga qarshi kurashda Akismet’dan foydalanadi. Qoldirgan izohlaringiz qanday qayta ishlanishi bilmoqchi boʻlsangiz, shu havola orqali sahifaga oʻting.