Oʻsimliklarni bargi orqali oziqlantirish mumkinmi?

Barg oʻsimlikni oʻsib-rivojlanish jarayonida muhim oʻrin tutuvchi fotosintez asosida organik moddalar hosil qiluvchi, suvni bugʻlatuvchi va nafas olish jarayonini taʼminlovchi vegetativ organi hisoblanadi. Shuning uchun oʻsimliklarni bargi orqali ham oziqlantirish mumkin.

Oʻsimliklarni bargi orqali oziqlantirish tuproqqa mikrooʻgʻitlar berilgandagiga va urugʻlikni ekish oldidan ekishdagiga nisbatan kam samara beradi, lekin turli rivojlanish fazalarida oʻsimlikka taʼsir koʻrsatishi mumkin. Oʻsimliklarni bargi orqali oziqlantirishda urugʻlarni ekish oldidan namlashdagi konsentratsiya miqdoridagi eritma va yer ustki purkagichlardan foydalaniladi.

Ekinlarni bu xildagi oziqlantirishning eng muvofiq muddati oʻsimlikni gullay boshlash davri, kartoshka uchun esa shonalash fazalari hisoblanadi. Sabzavot ekinlarini mikrooʻgʻitlar bilan oziqlantirish oʻsimlikni insektitsidlar bilan qoʻshib ishlash jarayonida amalga oshirilishi mumkin.

Oʻsimliklarni bargi orqali oziqlantirilganda barg ustida hosil boʻlgan chang yuviladi va oʻsimlikning nafas olishi yaxshilanadi. Shuning uchun ham koʻp miqdorda tushgan shudring oʻsimlikka yaxshi taʼsir qiladi.   
Oʻsimliklarni bargi orqali oziqlantirilganda olinadigan hosilning sifati yuqori boʻladi, oʻsishi va rivojlanishi tezroq amalga oshadi.   

 

 Odiljon Yakubov tayyorladi.

 214 marta ko‘rilgan,  2 marta bugun ko‘rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu sayt spamga qarshi kurashda Akismet’dan foydalanadi. Qoldirgan izohlaringiz qanday qayta ishlanishi bilmoqchi boʻlsangiz, shu havola orqali sahifaga oʻting.