Bogʻdorchilik

Limon daraxti gullari toʻkilib ketishining sababi nimada?

Limon daraxti gullari toʻkilib ketishining sababi nimada?

Bogʻdorchilik
Limon daraxti yil davomida bir necha (3-4) marta gullaydi. Asosiy hosil birinchi gullashdan (aprel-may oylarida) va ikkinchi gullashdan (iyun-iyul oylarida) olinadi. Lekin baʼzi sabablarga koʻra limon daraxti birinchi gullashda gullarning koʻp qismini toʻkib yuboradi. Buning bir nechta sabablari bor. Masalan: daraxtlar qishki sovuqlardan, dim havodan yoki qorongʻulikdan zararlangan vaziyatlarda meva qilmaydi. Barglarini koʻp qismini toʻkib yuborgan daraxtlar bahorda yangi barg chiqarib, qiygʻos gullaganda ham dastlabki gullashda mevalarni tutib qolmaydi. Bu vaziyatda daraxtlar yaxshi parvarish qilinganda ikkinchi va uchinchi gullashda hosillarni saqlab qoladi. Bundan tashqari daraxtlarning meva tugmasligiga oziq moddalarning yetishmasligi ham asosiy sabablardan biri boʻlishi mumkin.
Limon daraxtiga oziq moddalari yetishmasligini qanday bilish mumkin?

Limon daraxtiga oziq moddalari yetishmasligini qanday bilish mumkin?

Bogʻdorchilik
Limon daraxtiga oziq moddalari yetishmasa uning oʻsishida va rivojlanishida quyidagi oʻzgarishlar sodir boʻlishi kuzatiladi: Azot yoki fosfor yetishmaganda – barglarning barchasi och-yashil yoki sargʻish-yashil tus oladi, daraxt oʻsishi sekinlashadi, hosil kamayadi. Azot yetishmasligi geografik tarqalishi boʻyicha birinchi oʻrinni egallaydi. Kaliy yetishmaganda – mevalar kichik, ularning qobigʻi yupka va gʻayrioddiy silliq boʻlib qoladi. Kaltsiy yetishmaganda – boshqa tashqi belgilar mavjud boʻlmagan holda, daraxt oʻsishi juda sekinlashadi va hosil kamayadi. Mis yetishmaganda – yosh novdalar keragidan ortiq uzayib, barglar kattalashib ketadi; poyada yelim hosil boʻlishi va novdalar uchidan boshlab nobud boʻlishi mumkin. Kasalliklarga qarshi ekinga tarkibida mis boʻlgan fungitsi
Pista qachon moʻl hosil beradi?

Pista qachon moʻl hosil beradi?

Bogʻdorchilik
Uzun tumanidagi Bobotogʻ davlat oʻrmon xoʻjaligi yerlarida 30 ming gektarda pista plantatsiyalari tashkil etiladi. Uning 2,5 ming gektari joriy yilda, qolgani 2020 yilgacha tayyor boʻladi. 2 ming ish oʻrni yaratiladi.  Qayd etish joizki, Surxondaryo viloyatining togʻ va togʻ oldi hududlarida foydalanilmaydigan yer maydonlarida har yili oʻrtacha 350 gektargacha pistazorlar barpo etishga moʻljallanmoqda. Shu kunlarda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Bobotogʻda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati va FAO bilan birga amalga oshirayotgan loyihalari doirasida pistachilikni rivojlantirish, mavjud pista daraxtlarini hosildorligini oshirish va payvand qilish boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazmoqda. Mazkur seminarda oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashgan Turkiyaning Gaziantep pistachilik insti
Anor yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Anor yetishtirish boʻyicha tavsiyalar

Bogʻdorchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan anor navlari: Qizil anor, Achchiq dona, Qozoqi anor, Tuyatish, Ulfi, Desertniy va h.k. Koʻchatlarni ekishga tayyorlash va ekish. Koʻchatlarni ekishga tayyorlashda avvalo, tomorqa maydonini yaxshi tekislanadi, soʻng yerga yetarli miqdorda – goʻng, chirindi, fosforli, kaliyli va azotli oʻgʻitlarni solib, chuqur haydaladi. Anorni ekish sxemasi – 4×2 m, koʻchatlarni ekish mart oyi davomida amalga oshiriladi. Koʻchat ekish uchun chuqurligi va kengligi 50×50 sm boʻlgan chuqurchalar kovlanadi. Chuqur qazishda tuproq ustki qismining 20-25 sm qatlami oʻraning bir tomoniga olib, qolgan qismi ikkinchi tomoniga olib qoʻyiladi. Koʻchatni ekishdan oldin tayyorlab qoʻyilgan shaltoqqa (yangi mol goʻngi tuproq bilan 1:1 nisbatda aralashtirilib, qaymoqsimon massa tayy
Jiyda qayerda oʻsadi?

Jiyda qayerda oʻsadi?

Bogʻdorchilik
Sharq jiydasi — jiydagullilar oilasiga mansub boʻlib, boʻyi 3-4 metrgacha yetadi. Tanasi qizgʻish-kulrang, yosh novdachalari va bargi kumush-oq rangli, qalin va qattiq, kipriksimon tangachalar bilan qoplangan. Bargi nashtarsimon yoki ellipssimon, oʻtkir uchli, shoxchalarda bandi bilan ketma-ket joylashgan. Novdalarning uchi koʻpincha tikanli boʻladi. Oʻsimlik may oyida gullaydi. Gullari koʻrimsiz, kumushsimon, juda yoqimli hidga ega. Mevasi sentabr-oktabr oylarida pishib yetiladi. Mevasi sariq, oltinsimon, choʻziq-dumaloq danakli. Jiyda mevalari serxosiyatliligi bilan mashhur. Mevasi tarkibida 40-65 foiz qand, 11 foiz oqsil, kletchatka, yogʻ, oshlovchi moddalar, organik kislotalar mavjud. Bundan tashqari jiydaning “goʻshtli” qismida kaliy va fosforli tuzlar, vitaminlardan V1 V2, RR, E bor.
Mayizbop uzum koʻchatlari sotiladi

Mayizbop uzum koʻchatlari sotiladi

Bogʻdorchilik
Koʻchat turi: 1 yillik “sugʻdiyona” (Sogdiana) va “gigant”(Gigante) navli uzum koʻchatlari. Yirik qora kishmish, danaksiz, mayizbop. Narxi: 5000 soʻm. Bogʻbon: Umid. Manzil: Samarqand viloyati, Shreder nomidagi I.I.Ch.B bogʻi. Telefon: +99893-728-09-74. Maʼlumot: ildizlari baquvvat, tabiiy, kafolatli. Ekish va parvarishash boʻyicha kerakli tavsiyalar beramiz. Boshqa koʻchat turlari ham bor.
Olxoʻrini ekish va parvarishlash

Olxoʻrini ekish va parvarishlash

Bogʻdorchilik
Tomorqalarda ekish uchun tavsiya etiladigan olxoʻri navlari: Ispolinskaya, Berton, Izobilnaya, Vengerka fioletovaya, Chernosliv Samarkandskiy va h.k. Koʻchatlarni ekishga tayyorlash va ekish. Koʻchatlarni ekishga tayyorlashda avvalo, tomorqa maydonida suvning yurishi hisobga olinib, yer yaxshi tekislanadi. Maydonning har kvadrat metriga 6-10 kg goʻng (chirindi), 200-250 g fosfor, 100-120 g kaliy va 150-200 g ammoniyli azot oʻgʻiti solinib, chuqur (25-30 sm) haydaladi. Olxoʻrini ekish sxemasi – 6×5 m (sugʻoriladigan boʻz tuproqlarda) va 4×4 m (shagʻalli-qumlik tuproqlarda), ekish muddati: erta bahorda – fevral oxiri–mart oyi boshlarida. Koʻchat ekish uchun chuqurligi va kengligi 60×60 sm boʻlgan chuqurchalar kovlanadi. Chuqur qazishda tuproq ustki qismining 20-25 sm qatlami oʻra
Oʻrik koʻchatini ekish va parvarishlash

Oʻrik koʻchatini ekish va parvarishlash

Bogʻdorchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan oʻrik navlari: Qandak, Subhoniy, Isfarak, Koʻrsodiq, Ruhi Juvanon, Xurmoi, Shalax, Yubileyniy Navoiy va h.k. Koʻchatlarni ekishga tayyorlash va ekish. Koʻchatlarni ekishga tayyorlashda avvalo, tomorqa maydonida suvning yurishi hisobga olinib, yer yaxshi tekislanadi. Maydonning har kvadrat metriga 6-10 kg goʻng (chirindi), 200-250 g fosfor, 100-120 g kaliy va 150-200 g ammoniyli azot oʻgʻiti solinib, chuqur (25-30 sm) haydaladi. Oʻrik 6×5 m (sugʻoriladigan boʻz tuproqlarda) va 4×4 m (shagʻalli-qumli tuproqlarda) sxemasida erta bahorda – fevral oxiri–mart oyi boshlarida ekiladi. Koʻchat ekish uchun chuqurligi va kengligi 60×60 sm boʻlgan chuqurchalar kovlanadi. Chuqur qazishda tuproq ustki qismining 20-25 sm qatlami oʻraning bir tomoniga, qolgan qismi ikk
Mayizbop uzum koʻchatlari sotiladi

Mayizbop uzum koʻchatlari sotiladi

Bogʻdorchilik
Koʻchat turi: mayizbop “gigant” va “qora kishmish” navli 1 yillik  uzum koʻchatlari. Narxi: kelishilgan holda. Bogʻbon: Sherzod. Manzil: Samarqand viloyati. Telefon: +99890-999-79-60 yoki +99899-872-36-72. Maslahat: mayiz yetishtirib daromad qilmoqchi boʻlgan fermerlar, tadbirkorlar va bogʻbonlar uchun mayizbop “qora kishmish” va “gigant” navlari koʻchatlarini koʻp miqdorda yetkazib berish uchun buyurtma olamiz. Koʻchat naviga 100% kafolat beramiz. Donalab sotilmaydi, ulgurji savdo qilinadi (kamida 1500 ta).  Ekish va parvarishash boʻyicha kerakli tavsiyalarni beramiz.
Limon koʻchatini ekish va parvarishlash boʻyicha tavsiyalar

Limon koʻchatini ekish va parvarishlash boʻyicha tavsiyalar

Bogʻdorchilik
Sitrus oʻsimliklari normal oʻsib rivojlanishi va moʻl hosil berishi uchun 4000°C dan ortiq foydali harorat yigʻindisini talab qiladi. Ilmiy-tadqiqotlar va ilgʻor xoʻjaliklar tajribasi shuni koʻrsatdiki, sugʻoriladigan hududda limonning “meyer” navidan sifatli, moʻl va muntazam hosil olinmoqda. Bu nav boʻyi nisbatan kichikligi va erta hosil bera boshlashi bilan boshqalardan ajralib turadi. Koʻchati oʻtqazilganidan 2 yildan soʻng hosilga kiradi. Mahalliy sharoitga koʻproq moslashgan, biroq sovuqqa chidamli boʻlmaganligi bois issiqxonalarda oʻstirilmoqda. Yaxshi parvarish qilinganda har tupidan 400-500 tagacha limon mevasini olish mumkin. Issiqxonalarda sutkalik oʻrtacha harorat 10°C dan yuqori boʻlganida limon novdasi oʻsa boshlaydi. Sutkalik oʻrtacha harorat 16-18°C ga yetganida limon