Muallif: Odiljon Yakubov

Poliz ekinlarini ochiq maydonlarga qachon ekish kerak?

Poliz ekinlarini ochiq maydonlarga qachon ekish kerak?

Dehqonchilik
Ertagi muddatda ekiladigan karam, piyoz, sabzi, redis, osh lavlagi, ukrop, kashnich, petrushka, salat urug‘larini hamda kartoshka tuganagini respublikamizning janubiy mintaqalarida 20-yanvardan 25-fevralgacha, markaziy mintaqalarida 5-fevraldan 20-martgacha, shimoliy hududlarda esa 20-fevraldan 25-martgacha ekiladi va sepiladi. Ertagi muddatda ekish uchun redisning “Lola”, “Ertapishar”, “Mayskiy” navlari, osh lavlagining “Diyor”, “Bordo-237” navlari, ukropning “O‘zbekiston-243”, “Orom”, kashnichning “Orzu” navlari, petrushkaning “Nilufar” kabi navlari tavsiya etiladi. Piyoz, sabzi hamda ko‘kat sabzavot urug‘larini katta maydonlarda seyalka yordamida lenta shaklida, kichik maydonlar va tomorqalarda esa qo‘l mehnati yordamida qo‘sh qatorlab 50-70 sm oraliqda qo‘lda sochma usulda ekish mumki
Poliz ekinlari uchun ekin maydoni tayyorlash

Poliz ekinlari uchun ekin maydoni tayyorlash

Dehqonchilik
Kelgusi yilda poliz ekinlaridan mo‘l-ko‘l hosil olish uchun dala maydonlarini tayyorlash kech kuzdan boshlanadi. Dastlab kuzgi ekinlardan bo‘shagan yerlar to‘liq sug‘oriladi. So‘ngra yerga belgilangan miqdordagi o‘g‘it solinib, 30-35 sm chuqurlikda pluglanadi. Poliz ekinlari ekiladigan maydonlarga kuzgi shudgorlash oldidan har gektariga 15-20 tonna go‘ng yoki kompost, fosforli o‘g‘itlarning yillik normasidan 75 % va kaliyli o‘g‘itlarning to‘liq normasini solish tavsiya etiladi. Fosforli o‘g‘itlarning qolgan 25 % qismini bahorda ekish oldidan solinadi. Bunday o‘g‘itlash jarayoni o‘g‘itning hamma qismini bahorda solishdan ko‘ra yaxshiroq samara beradi. Kuzda solingan o‘g‘it qish davomida tuproq tarkibida erib tuproqni kerakli oziq-moddalar bilan boyitadi. Ekilgan urug‘ning unib chiqish
Qovunning eng yaxshi navlari qaysilar?

Qovunning eng yaxshi navlari qaysilar?

Dehqonchilik
Qovun urug‘i unib chiqishining eng muhim jihatlaridan biri bu – ekish muddatini to‘g‘ri belgilashdir. Yurtimizning markaziy mintaqasida joylashgan viloyatlarda qovunning ertagi navlari 15-aprelgacha, o‘rtagisi 20-apreldan 10-maygacha, kechkisi 15-maydan 10-iyungacha, janubiy viloyatlarda ertagi navlar 10-aprelgacha, o‘rtagisi 10-20-aprelda, kechkilari esa 10-20-iyunda ekiladi. Shimoliy mintaqalarda ertagi navlarni 20-aprelgacha, o‘rtagisini 25-apreldan 10-maygacha, kechkisini 20-30-mayda ekish lozim. Bunda qovunning ertapishar “Rohat”, o‘rtapishar “Suyunchi – 2”, “Oltin vodiy”, “Lazzatli”, “Oltin tepa”, “Kichkintoy”, “Obi novvot”, “Gurvak”, “Bo‘ri kalla”, kechpishar “To‘yona”, “Gurlan”, “Amudaryo”, “Gulobi Xorazmiy”, “Zar gulobi”, “Saxovat” kabi navlari ekiladi. Polizchilikda yerni ekishga
Sholi haqida to‘liq ma’lumot

Sholi haqida to‘liq ma’lumot

Dehqonchilik
Sholi – boshoqdoshlarga mansub bir va ko‘p yillik o‘simliklar turkumiga kiruvchi, donli ekin. Uning 20 ga yaqin turi asosan Janubiy va Sharqiy Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya tropiklari va subtropiklarida o‘sadi. Dehqonchilikda tropik, subtropik va mo‘tadil bo‘lgan iliq mintaqalarda bir yillik ekma sholi turi ekiladi. U eng qadimiy oziq-ovqat ekinlaridan biridir. Janubiy Sharqiy Osiyoda bundan 7 ming yil muqaddam ham ekilgan. Sholikorlikning eng qadimiy makonlari Hindiston va Xitoy bo‘lib, O‘rta Osiyoda miloddan avvalgi 3-2-asrdan, Yevropada 8-asrdan, Amerikada esa 15–16-asrdan ekila boshlagan. G‘arbiy Afrikada yalang‘och donli yoki afrika sholisi turi ham ekiladi, yovvoyi o‘sadigan turlaridan – nuqtali sholi va qisqa qiltiqli sholi ovqat uchun ishlatiladi. Jahon bo‘yicha jami sholi
Ko‘kat ekinlar qaysilar?

Ko‘kat ekinlar qaysilar?

Dehqonchilik
Ko‘kat ekinlarga ko‘k holida iste’mol qilinadigan, bargi, poyasi ovqatga ishlatiladigan sabzavot ekinlar: ko‘k piyoz, sarimsoqpiyoz, salat, kashnich, yalpiz, ismaloq, shivit, rayhon, rediska, rovoch, petrushka, ukrop va boshqa shu kabi o‘simliklar kiradi. Ko‘kat ekinlari qimmatli ozuqa moddalari va vitaminlarga juda boy. Kuzda va bahorda ochiq maydonlarda, hamda parnik va issiqxonalarda yil davomida yetishtiriladi. Ularni ovqatlarga va konserva maxsulotlariga solib iste’mol qilinadi. Ularning o‘suv davri qisqa bo‘lib, 30-60 kun ichida ko‘kat mahsulotlari iste’mol uchun tayyor bo‘ladi. Ko‘kat ekinlar tezda yetilishi sababli ularni ko‘p marta urug‘ini sepib yil bo‘yi qayta-qayta barra ko‘kat yetishtirish imkoniyati mavjud. Ko‘kat ekinlardan unumdor va namlik yetarli tuproklarda yuqori
Mosh qanday ekiladi?

Mosh qanday ekiladi?

Dehqonchilik
Ertagi mosh ekish aprel va may oylariga to‘g‘ri kelsa, kechkisi iyun oyining oxiri va avgust oyining birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Mosh urug‘ini qatorlab ya’ni qo‘lda sepiladi yoki ekish mashinalari (seyalkalar) da ekiladi. Mosh ekishdan oldin yerni to‘liq sug‘oriladi va yetilganidan keyin haydaladi. Shundan so‘ng ekilgan moshni deyarli to‘liq shonalaguncha sug‘ormasa ham bo‘ladi. Bu orqali moshning palagi o‘sib ketishini oldini olinadi va ekinning serhosil bo‘lishi ta’minlanadi. Bundan tashqari begona o‘tlar deyarli chiqmaydi yoki juda kam bo‘ladi. Moshni pishguncha 2-3 yoki 4 marta sug‘orish yetarli bo‘ladi. Ekishdan oldin yerni boshqa ekinlarga tayyorlangan kabi tayyorlanadi. Ko‘proq fosforli o‘g‘itlardan solib, shudgorlangan yerlarga ekilsa, o‘g‘it uzoq muddat davomida kuch beri
Sabziga qanday o‘g‘itlar solinadi?

Sabziga qanday o‘g‘itlar solinadi?

Dehqonchilik
Sabzi ekini ayrim o‘g‘itlarning yetishmasligiga turlicha ta’sirchan bo‘ladi. Jumladan, azot yetishmay qolgan taqdirda sabzi poyasi ingichkalashadi, barglari mayda bo‘lib qoladi. Barglarining rangi och yoki to‘q yashil yoki och yashil tusga kiradi, ildizmevalari mayda va hosili past bo‘ladi. Aksincha, azot keragidan ortiqcha bo‘lsa sabzinjing ildizmevasi suvli, tarkibida ko‘plab oqsil bo‘lmagan azot saqlaydi, bu esa o‘z navbatida zamburug‘ va bakteriyalar uchun eng muvofiq ozuqa muhiti bo‘lib qoladi, buning natijasida qish davomida saqlanayotgan ildizmevalar chirib ketadi va ko‘karib nobud bo‘ladi. Azotli o‘g‘itlar kerakli normada berilganda esa u sabzining ildiz mevasi hosiliga va uning sifatiga muvofiq keladigan darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bunda azotli o‘g‘it odatda, oqsil almashinuvini y