Muallif: Odiljon Yakubov

Qovunning un shudring kasalligiga chidamli navlari

Qovunning un shudring kasalligiga chidamli navlari

Foydali maʼlumotlar
Mamlakatimiz polizchiligi koʻp asrlik tarixga ega. Ayniqsa, xalqimiz qovunni sevib isteʼmol qiladi. Yurtimizda hozirda qovunning 130 dan ortiq madaniy navlari tarqalgan boʻlib, ular pishib yetilish muddati, hosildorligi, taʼmi, meva vazni, saqlanish muddati boʻyicha oʻzaro farqlanadi. Ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan qovunlarning koʻpchiligi jahonda shuhrat qozongan. Qovunning mevasi ajoyib taʼmga hamda koʻpgina foydali xususiyatlarga ega. Uning tarkibida 85-92% suv, 8-15% quruq modda, 0,8 % oqsil, 1,8% kletchatka, 6,2% boshqa uglevodlar, 0,9% moy, 20-30 mg/% askorbin kislotasi, temir, kalsiy, magniy, kaliy kabi mikroelementlar, organik va mineral tuzlar mavjud. Yurtimiz qovun navlari mevalaridagi qand moddasi miqdori 14-16% ga yetadi. Tarkibida fruktoza moddasi miqdori koʻp boʻl
Gladiolus oʻstirish

Gladiolus oʻstirish

Gulchilik
Ekish uchun tavsiya etilgan navlar: Blitssard, Goudvill, Mariya, Goretti, Oskar va h.k. Koʻchat tayyorlash. Gladiolus guli asosan piyozdan koʻpayadi. Piyoz gulning bolalash davri oʻtgandan keyin kovlab olinadi. Bu payt avgust oyining oxiri–sentabrning boshlariga toʻgʻri keladi. Kovlab olingan piyoz quritilib, yirik va sogʻlom piyozlar ajratilib olinadi. Keyin toʻrxaltaga solib, osib qoʻyiladi. Qurigan piyoz aprel oylarida ochiq yerga qadab chiqiladi. Qadab chiqilgan piyoz 10–15 kunda unib chiqadi va iyun oylariga borib gullay boshlaydi. Avgust oyining oxirida gladiolus piyozlari yana kovlab olinadi. Ekishga yer tayyorlash. Gladioluslar oʻgʻitlangan qumoq tuproqli, serquyosh, shamollardan himoya qilingan yerda yaxshi oʻsadi. Oʻsimlikni oʻtqazish uchun suv toʻxtamaydigan, qumoq va quml
Navbatlab ekish qanchalik muhim?

Navbatlab ekish qanchalik muhim?

Foydali maʼlumotlar
Navbatlab ekishda hatto parnik va issiqxonalarda ham rioya qilish kerak. Masalan, pomidor, qalampir, baqlajon va kartoshkani albatta boshqa ekinlar bilan navbatlashtirib ekish kerak. Ular oʻzi uchun ham yomon oʻtmishdosh hisoblanadi. Respublikaning sugʻoriladigan maydonlarida moʻljallangan ilmiy almashlab ekish usulining oʻzgartirilishi birinchidan zamon talabi boʻlsa, ikkinchidan suv va texnikadan unumliroq foydalanish imkonini beradi hamda sugʻoriladigan har bir gektardan samaraliroq foydalanish, dehqon-fermer xoʻjaligini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Toʻgʻri tashkil qilingan navbatlab ekish chorva mollarini toʻyimli, oqsilli ozuqalar bilan taʼminlashga ham yordam beradi. Yangi yerlarni oʻzlashtirish va navbatlab ekishni tashkil etish. Navbatla
Asalarichilik qayerda rivojlangan?

Asalarichilik qayerda rivojlangan?

Asalarichilik
Asalarichilik – qishloq xoʻjaligining tarmoqlaridan biri boʻlib, asalarilarni asal, mum va boshqa mahsulotlar (asalari suti, asalari yelimi, asalari zahari va boshqalar) olish, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun ularni changlatish maqsadlarida boqishdir. Ispaniyadagi Aran gʻoridan topilgan arxeologik maʼlumotlarga koʻra asalarichilik miloddan avvalgi 10-5-ming yilliklarda ham mavjud boʻlgan degan taxminlar bor. “Tavrot”, “Bibliya” kabi diniy kitoblarda ham asalarichilik toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi. Asalarichilik tarixida bir necha bosqichlar boʻlgan. Dastlab odamlar asalni oʻrmon va togʻlarda daraxtlarning kovaklari, toshlar yoriqlari, gʻorlarga uya qoʻygan asalarilardan olganlar. Bunday asalarichilik terimchilik va ovchilikning bir turi hisob
Ildizpoyali begona oʻtlar

Ildizpoyali begona oʻtlar

Foydali maʼlumotlar
Ildizpoyali begona oʻtlar Oʻzbekistonning hamma sugoriladigan va lalmikor yerlarida uchraydi. Bu oʻtlar boshqa begona oʻtlardan koʻra bir necha baravar zarar keltiradi. Chunki ularning koʻpayish imkoni bir necha barobar yuqori. Ildizpoyali begona oʻtlarning yer ostidagi ildiz boʻgʻimlarining har bir boʻlagi alohida oʻsimlik boʻlib oʻsadi. Bundan tashqari ular urugʻlaridan ham koʻpayadi. Ular juda zich boʻlib toʻplab oʻsadi, madaniy oʻsimliklarni siqib mutlaqo yoʻqotib yoboradi, koʻpayishi vegetativ va generativ tashqi noqulay sharoitlarga juda chidamli. Bir dona ildiz boʻgʻimi quruq tuproqda uzoq qolib ketib, ozgina namni singdirib olishi bilan avj olib oʻsa oladi. Oʻzbekistonning sugʻoriladigan yerlarida ildizpoyali begona oʻtlardan: gʻumay, salomalaykuml, ajriq, qamish, achchiqmiya
Senotainioz – asalari kasalligi

Senotainioz – asalari kasalligi

Asalarichilik
Senotainioz invazion kasallik boʻlib, uni senotainiya pashshasining lichinkalari qoʻzgʻatadi. U asalarining koʻkrak boʻshligʻida parazitlik qiladi. Kasallikni qoʻzgʻatuvchilar. Mamlakatimizda  senotaniya pashshasi faqat janubda va oʻrta mintaqalarda uchraydi. U kumushrang pashsha boʻlib, uy pashshasiga oʻxshaydi, faqat undan rangi ochiqroq. Senotaniya pashshasi juda koʻp nasl qoldiradi va uy pashshasidek tuxum qoʻymay, tirik qurt qoʻyadi. Urgʻochi pashshaning qornida 100 dan 700 gacha lichinka boʻladi. Lichinka tanasining uzunligi 0,7-0,8 mm, eni esa 0,17 mm boʻladi. Senotaniya pashshasining urgʻochisi lichinkalarini asalari tanasiga qoʻyadi. Ular asalari tanasining tashqi pardasini kemirib ichiga joylashgach, u yerda rivojlanishning maʼlum bosqichlarini oʻtaydi. Keyin esa undan c
Loviyani takroriy ekin sifatida yetishtirish

Loviyani takroriy ekin sifatida yetishtirish

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etilgan navlar: mahalliy navlar ekiladi. Urugʻlik tanlash va ekishga tayyorlash. Bir xil oʻlchamli, toʻla yetilgan, shikastlanmagan urugʻlar  tanlab olinadi. Yerni ekishga tayyorlash. Vigna (loviya) kuzgi don ekinlaridan va chopiq qilinadigan ekinlardan keyin ekiladi. Bir ekilgan joyga 2–3 yildan keyin qayta ekiladi. Yer oʻtmishdosh ekinlarning qoldiqlari va begona oʻtlardan tozalangach, 25–27 sm chuqurlikda yumshatilib, tekislanadi. Ekish muddati va sxemasi. Loviya urugʻi iyun–iyul oylarida 60x20, 60x15 sm sxemada ekiladi. Ekish chuqurligi 3–5 sm. 10 sotixga 6 kg urugʻ sarflanadi. Parvarishlash. Yagana qilinmaydi. Sugʻoriladigan sharoitda shonalashgacha 1–2 marta, shonalash-gullash davrida 2 marta sugʻoriladi. Oʻgʻitlash. Oʻtmishdosh ekinga goʻng solinad
Sabzi mevasi yorilib ketmasligi uchun nima qilish kerak?

Sabzi mevasi yorilib ketmasligi uchun nima qilish kerak?

Dehqonchilik
Ekish muddatlari. Erta mahsulot olish uchun bahorda dalaga yer yetilganda birinchi imkoniyat boʻlishi bilan urugʻi sepiladi. Qishga saqlash maqsadida yetishtirish uchun iyunning birinchi yarmida ekiladi. Urugʻ tuproqqa 1-3 sm chuqurlikda ekiladi. Qator oraligʻi 25-30 sm boʻladi. 10 m2 ga urugʻ sarfi 1,5-5 gramm (1 gektarga 1,5-3 kg maxsus seyalkalarda ekilganida). 2-3 chinbarg holatida 1,5-4 sm chuqurligida chopiq qilinadi. 1m2 yerga hosil maqsadi hisobga olinib 50 dan 200 gacha oʻsimlik boʻlishi kerak. Urugʻ ekilganidan keyin qatqaloq hosil boʻlishidan ehtiyot boʻlish kerak, aks holda nihollar nobud boʻlishi mumkin. Sabzi ekilgan egatchalarga yupqa qilib goʻng sepib qoʻyilishi qatqaloq paydo boʻlishini oldini oladi. Oʻtmishdoshlar. Eng yaxshi oʻtmishdoshlari bu ertaki kartoshk
Kungaboqar yetishtirish boʻyicha maʼlumotlar

Kungaboqar yetishtirish boʻyicha maʼlumotlar

Dehqonchilik
Tavsiya etiladigan navlar: SUR, Rodnik, Jahongir, Olatoʻn, Samarqand oq kungaboqari. Urugʻlik tanlash va ekishga tayyorlash. Kungaboqar navlarining urugʻlarini orginator tashkilotlardan urugʻlik sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan holda olish tavsiya etiladi. Mahalliy Olatoʻn va Samarqand oq kungaboqarining urugʻlarini, hosil pishib yetilgan davrda kungaboqar dalasida hosil savatlarining yirikligi, hosil savatidagi urugʻlarning bir xilligi, kasallanmaganligi va boshqa belgilari boʻyicha tanlab olinadi. Ushbu kungaboqarning hosil savatlari quruq va shabadali joyda quritiladi. Quritilgan urugʻlar hosil savatlaridan qoqib olinadi va oʻsimlik qoldiqlari, puch urugʻlardan tozalanadi. Yerni ekishga tayyorlash. Yerni ekishga tayyorlash ishlari oʻtmishdosh oʻsimliklarni qoldiqlarini
Yeryongʻoq qanday yetishtiriladi?

Yeryongʻoq qanday yetishtiriladi?

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Qibray–4, Lider, Mumtoz, Salomat va Toshkent–112. Yeryongʻoq urugʻligini tanlash va ekishga tayyorlash. Qibray–4, Lider, Mumtoz navlarida dukkagida ikkita donli, Salomat va Toshkent–112 navlarida esa,  2-3 yirik donli boʻlgan, poʻstlogʻi qoraymagan va mexanik zararlanmagan yeryongʻoqlar tanlab olinadi. Urugʻlik yeryongʻoqlar qoʻl mehnati yordamida chaqib ekishga tayyorlanadi. Qobigʻidan ajratib olingan yeryongʻoqlar urugʻ poʻstlogʻi yorilgan, mayda va toʻla shakllanmagan urugʻlardan tozalanadi. Tayyor boʻlgan urugʻliklar 10-15 kilogrammlik mato qoplarda ekish vaqtigacha quruq va salqin xonalarda (qoplar yotqizilgan holatda) saqlanadi. Yerni ekishga tayyorlash. Yeryongʻoq ekiladigan maydon kuzda fosforli va kaliyli oʻgʻitlar berilib 25-30 sm chuq