Senotainioz – asalari kasalligi

Senotainioz invazion kasallik boʻlib, uni senotainiya pashshasining lichinkalari qoʻzgʻatadi. U asalarining koʻkrak boʻshligʻida parazitlik qiladi.

Kasallikni qoʻzgʻatuvchilar.

Mamlakatimizda  senotaniya pashshasi faqat janubda va oʻrta mintaqalarda uchraydi. U kumushrang pashsha boʻlib, uy pashshasiga oʻxshaydi, faqat undan rangi ochiqroq. Senotaniya pashshasi juda koʻp nasl qoldiradi va uy pashshasidek tuxum qoʻymay, tirik qurt qoʻyadi. Urgʻochi pashshaning qornida 100 dan 700 gacha lichinka boʻladi. Lichinka tanasining uzunligi 0,7-0,8 mm, eni esa 0,17 mm boʻladi.

Senotaniya pashshasining urgʻochisi lichinkalarini asalari tanasiga qoʻyadi. Ular asalari tanasining tashqi pardasini kemirib ichiga joylashgach, u yerda rivojlanishning maʼlum bosqichlarini oʻtaydi. Keyin esa undan chiqib yerga kirib ketadi. Yerda lichinkalar gʻumbakka, yaʼni yolgʻon pillaga (pupariyaga) aylanadi. Ulardan keyinchalik yetilgan pashshalar chiqadi.

Pillalarning rivojlanish muddati 15-35 kun boʻlib, bu tashqi sharoitga bogʻliq. Yoz mobaynida senotaniya pashshasi ikki boʻgʻin avlod beradi. Ulardan biri yolgʻon pilla holatida yerda qishlaydi.

Bahor yoki yozning boshlanishida , issiq ob-havo sharoitida  yolgʻon pillalardan yetilgan pashshalar chiqadi. Ob-havo quruqroq kelgan yillari  yogʻingarchilik koʻproq boʻlgan yillarga nisbatan pashsha kam boʻladi.

Hovuzlardan uzoqda joylashgan arizorlarda hovuzga yaqin joylashganlariga nisbatan pashshalar kamroq boʻladi. Bu pashshalar arixonalarning yoki paxsalarning ustida oʻtiradi.

 

Manba: “Asalari – foyda bari” (Sobirjon Mamasotiyev, Neʼmatjon Hoshimov, “Dizayn-Press” MCHJ nashriyoti, Toshkent-2012) qoʻllanmasi.

 530 marta ko‘rilgan,  3 marta bugun ko‘rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ushbu sayt spamga qarshi kurashda Akismet’dan foydalanadi. Qoldirgan izohlaringiz qanday qayta ishlanishi bilmoqchi boʻlsangiz, shu havola orqali sahifaga oʻting.