Asalarichilik

Nozematoz – asalarining qanday kasalligi?

Nozematoz – asalarining qanday kasalligi?

Asalarichilik
Nozematoz asalarilarning yuqumli kasalligi bo‘lib, uni apis nozemasi qo‘zg‘atadi. Nozematoz bilan yetuk asalarilar kasallanadi, lichinkalarga bu kasallik ta’sir qilmaydi. Kasallikni qo‘zg‘atuvchi – nozema apis bir xujayrali organism bo‘lib, asalarining o‘rta ichagida parazitlik qiladi. Bu yerga u zararlangan oziq bilan tushadi. Nozema sporalar hosil qilib, ularning o‘sishi natijasida amyobulalar chiqadi. Amyobulalar o‘rta ichak xujayralariga kirib merontalarga aylanadi. Merontalar ichak to‘qimasining xujayralarida sporablastlar hosil qiladi. Bularning har biri bittadan spora hosil qiladi. Spora (parazit) lar ko‘payish natijasida yemirilgan to‘qima xujayralari bilan o‘rta ichak teshigiga o‘tadi, u yerdan oziqa massasi bilan birga yo‘g‘on ichakka siljiydi va axlat bilan birga tashqariga c
Ona arini yangi oilaga o‘tkazish qiyinmi?

Ona arini yangi oilaga o‘tkazish qiyinmi?

Asalarichilik
Ona arini yangi oilaga o‘tkazish asalarichlikda eng qiyin ishlardan hisoblanadi. Bu ishning bir qancha usullari mavjud. Lekin bularning foydali tomoni ham, zararli tomonlari ham bor. Ona arini oilaga muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun, oilada yosh asalarilarning ko‘p bo‘lishiga, qari ona ari olib tashlangandan keyin kamida 6 soat o‘tgach, kechqurun uyaga yosh ona ari solish, bu vaqtda ko‘p taqillatmaslik va tutun bo‘lmasligiga e’tibor berish kerak. Asalarilar yetim qolgandan keyin uzog‘i bilan 3 kun ichida yosh ona ari solish kerak, aks holda asalarilar uni qabul qilmaydi. Oilada yosh, ochiq nasl bor paytda yoki erkak arilar, yosh ona arilar bo‘lsa, ona arini solmaslik kerak, chunki asalarilar yosh onani umuman qabul qilmaydi. Asalarilar ona arini ham, boshqa asalarilarni ham bahorda yax
Asalari kanasi qanday zarar keltiradi?

Asalari kanasi qanday zarar keltiradi?

Asalarichilik
Varroatoz invazion kasallik bo‘lib, asalari oilasidagi lichinkani ham yetuk arini ham jarohatlaydi. Kasallikni varroa yakobson kanasi qo‘zg‘atadi. Tabiiy sharoitda varroatoz o‘rta hind asalarilarida uchraydi. Kanalar asalarilarning qanotlari tagida, qornida ko‘pincha bo‘ynida joylashadi. Kanalar og‘iz apparati bilan segment oralig‘ida joylashib, old gavdasi asalarining xitin qoplamiga yopishib berkilgan bo‘ladi. Bitta asalarining tanasida 10 ta va undan ortiq kana joylashgan bo‘lishi mumkin. Qish vaqtida urg‘ochi kanalar arilar ustida qolib ketadi, natijada ularning ayrim qismi qishda halok bo‘lib arixonaning tubiga to‘kiladi, qolganlari esa qishlab chiqadi. Asalari oilasida yangi lichinkalar paydo bo‘lishi bilan kanalar ko‘paya boshlaydi. Ular bahorda tuxum qo‘yadi. Bu paytda asalar
Asalari o‘simliklarga zarar keltiradimi?

Asalari o‘simliklarga zarar keltiradimi?

Asalarichilik
Aholi o‘rtasida, asalarilar gulga o‘tirib uning shonasiga zarar keltiradi, natijada hosil kamayadi degan noto‘g‘ri tushuncha tarqalgan. O‘simliklar hosildorligini oshirishda hashorotlarning changlatish faoliyati katta ahamiyatga ega. Hashorotlarning ekinlarni changlatishdagi rolini tasavvur qilish uchun o‘simliklarning 80% chetdan changlanishga muhtojligini aytish kifoya qiladi. Agar changlatuvchi hasharotlar bo‘lmaganda o‘simliklarning ko‘p turlari yer yuzidan yo‘qolib ketishi mumkin edi. Keyingi vaqtlarda qishloq xo‘jaligida har xil zaharli ximikatlarni ko‘r-ko‘rona qo‘llash hasharotlar dunyosidagi biologik muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda. Natijada, tabiiy changlatuvchi hasharotlarning turi, soni kamayib, asalarilarning changlatishdagi roli yanada oshmoqda. Xonaki asalarila
Asalarilarni qishga qanday tayyorlash kerak?

Asalarilarni qishga qanday tayyorlash kerak?

Asalarichilik
Ona ari kuzga kelib arixonaning eng so‘ngi nasli-lichinkalar joylashgan yerda, ya’ni ko‘pincha arilar kirib-chiqadigan teshikka qarshi joyda yotadi. Shuning uchun oktabr oyida arixonaning markazida joylashgan kam asalli romlarni nasl chiqqandan so‘ng 1,5-2 kg asalli quruq romlar bilan almashtirish kerak. Aks holda asalarilar to‘pi bo‘linib, tarqalib ketadi yoki rom bir tomonga og‘ib ketib ular nobud bo‘ladi. Oktabr oyining oxiriga borib, pastki teshik 4-5 ta asalari kirib-chiqadigan qilib kichraytiriladi, sovuq tushganda esa butunlay yopiladi, ustki teshik esa 2-3 ta ari kirib-chiqadigan qilib qo‘yiladi. Kuchsiz oilalarda pastki teshik 2-3 ari kirib-chiqadigan qilib ochiq qoldiriladi, ustki teshik butunlay yopiladi. Chunki yuqori teshik ochiq qoldirilganda, kuchsiz oilalar arixonada
Qishlovga qoldirilgan oziq asalning asalarilar mahsuldorligiga ta’siri qanday?

Qishlovga qoldirilgan oziq asalning asalarilar mahsuldorligiga ta’siri qanday?

Asalarichilik
Barcha hududlarda asalarilar erkin qishlaydi. Har bir asosiy oilaga normadagi 18 kg o`rniga 7-9 kg asal qoldiriladi. Arixonada eng ko`p oziq zaxirasi bo`lgan oilalar bir mavsumda eng ko`p miqdorda asal yig`adi. Oilaning sentabr oyidan fevral oyiga qadar bo`lgan davrdagi taxminiy oziq sarfi bir sutkada 40-50 g (oyiga 1,2-1,5 kg), fevral oyida 100-200 g (oyiga 2,8-4,2 kg), mart oyida 200-250 g (oyiga 6,2-7,8 kg), aprel oyida 400-500 g (oyiga 15 kg) ni tashkil etadi. Bir mavsumda yig`ilgan asalning ortiqchasi (kuchli oilalarda asal ko`p yig`iladi) don solinadigan qutilarda saqlanadi. Oziqning sifati asalarilarning yaxshi qishlashida hal qiluvchi rol o`ynaydi. Tog` sharoitida har xil o`simliklar gulidan yig`ilgan asal, bir xil o`simliklar – paxta, oqquray, beda gulidan yig`ilgan asalga nisb
Yangi asalari uyasi qachon olinadi?

Yangi asalari uyasi qachon olinadi?

Asalarichilik
Respublikamizning tog‘ sharoitida ona asalarilar 6-7 oy, ekiladigan hududlarda 9 oyda tuxum qo‘yadi (yanvardan oktabr-noyabr oylarigacha). Tog‘larda asalarichilar ona arini uchinchi mavsumda, paxtachilik hududlarida esa har yili almashtiradilar. Ona arilar shuncha tez qariydiki, hatto ikkinchi mavsumda ularning tuxum qo‘yish qobiliyati 12-36 foizgacha pasayadi. Yaxshi qishlamagan taqdirda ularning ko‘pi nobud bo‘ladi. Erta bahorda ona arilarga talab juda katta bo‘ladi. Faqat Markaziy Osiyoning o‘zida almashtirish uchun 200 mingdan ko‘proq ona ari kerak. Bundan tashqari, tabiiy asalga boy o‘simliklar ko‘p bo‘lgan Rossiyaning Markaziy hamda Shimoliy hududlarida ham ona ari va paketdagi asalarilarga talab katta. Ma’lumki sharoit qulay bo‘lganda asalari oilalarining maxsuldorligi oilanin
Erta bahorda asalarilarni qanday oziqlantirish kerak?

Erta bahorda asalarilarni qanday oziqlantirish kerak?

Asalarichilik
Mart oyida vodiy hududlarda va aprel oyida tog‘li hududlarda asalarilar oilasining asosiy bahorgi taftishi boshlanadi. Bahorda kun issig‘ida (soya joydagi harorat +14˚C bo‘lganda) asalarilar oilasi ko‘rib chiqiladi, undagi oziq zahirasi, oilaning katta-kichikligi va ona arining bor-yo‘qligi ko‘z bilan chamalab aniqlanadi. Buning uchun uyaning markazidan bitta rom chiqarib ko‘riladi. Uyada ona arining yo‘ligi oila normal holatda emasligini ko‘rsatadi. Oziq (asal va perga) yetarli darajada bo‘lsa, katta oilalarda ona ari fevral oyidan ba’zan yanvar oyidan boshlab tuxum qo‘ya boshlaydi. Asalarichi arilar bilan ishlaganda egniga oq halat, yuziga to‘r kiyib olishi, asalarichilik jurnali, asalarilarni supurib tushirish uchun cho‘tka, suvli chelak, bo‘z mato qoplangan ko‘chiradigan yashik v
Yangi oila ona arisi qanday yetishtiriladi?

Yangi oila ona arisi qanday yetishtiriladi?

Asalarichilik
Ona arilarni sun’iy yo‘l bilan yetishtirish texnikasini istamaydigan asalarichilar oilalardan ona ari ajratib olish bilan shug‘illanadilar. Ular yangi oila tuzishga tayyorlanayotgan asalari oilalarini kuzatib borib, ona ari uyalarining yetilishini kutadilar. Keyin ularni ajratib olib, yangi oilaga yoki onasiz oilaga qo‘shib qo‘yadilar. Lekin bu usulda arizorda ishni rejali usulda olib borish mumkin emas, chunki qancha asalari oilasi yangi oilaga ajralishini, qancha ona ari uyasi bo‘lishini oldindan bilib bo‘lmaydi. Bundan tashqari odatda, eng yaxshi oilalar yangi oilaga ajralmaydi. Lekin asalarilar oilasini ajralishga sun’iy majbur etish mumkin. Sun’iy yo‘l bilan yangi asalari oilasini hosil qilish uchun arizordan ona arisi yaxshi irsiy hususiyatlarga ega bo‘lgan eng kuchli oila tanl
Asalarilarning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati

Asalarilarning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati

Asalarichilik
Asalarichilik qishloq xo‘jaligida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan serdaromad sohalardan biri sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi hududi, ob-havosi, iqlim sharoitlari asalari oilalarini boqish uchun ancha qulay. Asalarilarning changlatishi tufayli g‘o‘za o‘simligi, mevali bog‘lar, poliz ekinlari, sabzavotlar, rezavor mevalar va boshqa o‘simliklarning hosildorligi ortadi, ularning turlari sog‘lomlashadi va navlari yaxshilanadi. Ayniqsa g‘o‘za hosilini oshirishda asalarilar yordamida changlatishning samarasi yuqori. Go‘za asalarilar yordamida changlatilganda uning hosili 20-25% gacha ortadi. Ko‘saklari soni 12-13% gacha ko‘payib, chigitining puch bo‘lib qolishi keskin kamayadi, tola sifati yaxshilanadi. Asalarichilik sohasini dehqonchilik va bog‘dorchilik sohalari bilan birgalikda olib borish