Asalarichilik

Asalarilarning yashash tarzi qanday?

Asalarilarning yashash tarzi qanday?

Asalarichilik
Yosh asalarilarning arixonadan birinchi marta uchib chiqishi iskab uchish yoki o‘ynab uchish deyiladi. Uchib chiqqan yosh arilar bunday vaqtda arixonaning oldida, 2-2,5 metrdan nari ketmasdan boshlarini arixonaning og‘ziga qaratib uchib turadi, bir necha daqiqadan so‘ng arixonaga qaytadi. Iskab uchish vaqtida asalarilar ichagidagi chiqindi massasini chiqarib tashlaydi. Keyin uzoq masofalarga taxminiy uchib 25 daqiqalarcha yuradi. Shunday uchishlar vaqtida asalarilar o‘z uyasining joylashishi, tevarak-atrofdagi buyumlar, joyning xususiyatlari bilan tanishadi. Ular 5-15 kunligida birinchi marta mustaqil (rosmana) uchib ketadi. Normal rivojlangan oilalarda asalarilar birinchi marta suv, nektar va gulchang yig‘ish uchun 14-21 kunligidan boshlab uchib ketadi. Agar ba’zi sabablarga ko‘ra,
Asalarilarni ma’lum bir joydan asal yig‘ishga o‘rgatish mumkinmi?

Asalarilarni ma’lum bir joydan asal yig‘ishga o‘rgatish mumkinmi?

Asalarichilik
Changlatishda asalarilardan muvaffaqiyatli foydalanish uchun sog‘lom, kuchli asalari oilasini changlatish kerak bo‘lgan joyga olib chiqishdan 12-14 kun oldin oilada 5-6 ta naslli rom bo‘lib, undagi naslni boqishga yetadigan asalari bo‘lishi kerak. Changlatishda yuqori darajadagi ko‘rsatkichlarga erishishning asosiy shartlaridan biri arizorni changlatiladigan maydonga yaqin qo‘yish va asalarining bu yerga uchib keladigan yo‘lida to‘siqlarning kamroq bo‘lishidir. Tabiiy (daryo, ko‘l, qirlar) va sun’iy (qurilishlar, daraxtlar, zaxarli gazlar, korxonalar tutuni, kimyoviy chiqindilar) to‘siqlar qanchalik kam bo‘lsa asalarilar shuncha tez joyiga borib changlata boshlaydi, to‘siqlardan uchib o‘tishga nisbatan kamroq quvvat sarflaydi, ularning ishlash sharoiti xavfsizroq bo‘ladi va belgilangan
Asalarining Yevropa chirish kasalligi qanday tarqaladi

Asalarining Yevropa chirish kasalligi qanday tarqaladi

Asalarichilik
Yevropa chirishi yuqumli kasallik bo‘lib, avvalo, ochiq so‘ngra yopiq naslda bo‘ladi. Kasallik asosan, asalarining tuxumdan chiqqan naslini shikastlantiradi. Erkak ari naslini kamroq zararlantiradi. Kasallanish lichinkalar tuxumdan chiqqandan keyin 3-4 kuni boshlanadi. Kasallikning kelib chiqishiga havoning bulutli, namli bo‘lishi, arixonaning sovuqda qolishi, oziqning yetarli bo‘lmasligi va shunga o‘xshash asalari oilasini kuchsizlantiradigan omillar sabab bo‘ladi. Kasallikni qo‘zg‘atuvchi streptokokklar pergada butun qish davomida saqlanib qolishi mumkin. Mum inlar va asalda esa butun yil mobaynida saqlanadi. Odatda, mum inlarni eritib olish vaqtida streptokokklar halok bo‘ladi. Dezinfeksiya qiladigan vositalar streptokokklarni bo‘g‘adi, jumladan formalin bug‘i 30 daqiqadan keyin, 4%
Xaltali urchish kasalligi va uni davolash

Xaltali urchish kasalligi va uni davolash

Asalarichilik
Kasallikning kechishi. Kasallikni har qanday juda mayda filtrdan o‘ta oladigan virus tarqatib, lichinkalarni zararlaydi. Kasallikning inkubatsion davri 6 kun. Lichinkalar g‘umbakka aylanishi oldidan yoki keyin kasallanadi. Bu kasallik yevropa chirishi kasalligi kabi bahorda paydo bo‘lib, yozning birinchi yarmida kuchayadi va avgustning oxirigacha davom etishi mumkin. Ayniqsa, uya sovuqda qolsa va oziqa yetarli bo‘lmagan vaqtda kasallik zo‘rayadi. Kasallik belgilari. Yuqumli bakterial va virus kasalliklari singari xaltali urchish bilan kasallangan nasl ham ola-bula rangli bo‘ladi. Chunki bir inda sog‘, kasal, nobud bo‘lgan lichinkalar mavjudligi uchun shu kataklar har xil rangda bo‘ladi. Xaltali urchish kasalligi bilan kasallanib nobud bo‘lgan lichinkalar mavjudligi uchun shu kataklar
Asalari nektarni qanday qilib asalga aylantiradi?

Asalari nektarni qanday qilib asalga aylantiradi?

Asalarichilik
Tabiatda har xil o‘simliklar gulining shirasi (nektari) va changi asalarilar uchun oziq manbayi hisoblanadi. Bulardan tashqari asalarilarga suv va mineral moddalar ham zarur. Nektar gul bezlari – shiradonlardan ajraladigan shirin suyuqlikdir. Ba’zi o‘simliklarda bu nektar bezlar guldan tashqarida bo‘ladi. O‘simliklarninng nektar ajratishi chetdan changlanishga moslashishidir. Guldagi nektar hidi hasharotlarni o‘ziga jalb etadi va ular oyoqchalari, qanotlari yordamida guldan-gulga changni olib o‘tadi va natijada o‘simliklar chetdan changlanadi. Bu hodisa tabiatda o‘simliklarning tashqi sharoitga moslashish imkoniyatini kuchaytiradi va o‘simliklar turining saqlanib qolishida muhim rol o‘ynaydi. Nektar tarkibida shakar, suv, mineral tuzlar va boshqa moddalar bo‘ladi. Qandlar murakkab va
Propolis nima?

Propolis nima?

Asalarichilik
Propolis – asalari yelimidan ishlab chiqariladigan uchinchi mahsulot bo‘lib, uni asalarilar mum katak, inlarni yaltiratish (polirovka), arixona tirqishlarini suvash uchun ishlatiladi. Propolis asalari oilasining hayotida muhim rol o‘ynaydi. Uning kelib chiqishi to‘g‘risida ikki xil fikr bor: Birinchisi – asalarilar gulchang bilan ovqatlanganida chang po‘stlog‘ida bo‘ladigan bal’zamga o‘xshash moddani qusadi va bu modda mum bilan aralashib propolis hosil qiladi; Ikkinchisi – asalarilar terak, qayin kurtaklaridan va boshqa manbalardan smolasimon moddalarni yig‘adi. Shu moddalardan propolis hosil bo‘ladi. Bu ikkala fikr propolisning kelib chiqishini tushuntirishda haqiqatga yaqinroq keladi. Propolisning tarkibi har xil bo‘ladi. U arilar yashayotgan joyning geografik kengligiga, o‘s
To‘la yetilgan asalda necha foiz suv bo‘ladi?

To‘la yetilgan asalda necha foiz suv bo‘ladi?

Asalarichilik
Asal suvdek tiniq rangsiz holatdan qoramtir rangacha bo‘ladi. Uning mazasi va xushbo‘y hidi nozik, mayin, juda yoqimlidan o‘tkir yoqimsizgacha bo‘ladi. Haddan tashqari xilma-xillikning hammasi birinchi navbatda, asalarilar arixonaga olib kelib asal tayyorlaydigan shirin suyuqlikning xiliga, ya’ni u olinadigan manbaga bog‘liq. Bunday manba 3 xil bo‘lishi mumkin: Gul shirasi (nektari); Padv (tabiatdagi har xil shiralardan); Har xil mevalarning sharbati. Nektardan olingan asal gul asali deyiladi. U bir xil o‘simlik gulidan olinganda (monoflor) deb ataladi. Masalan: paxta asali, beda asali, kungaboqar asali, oqquray asali va boshqalar. Aralash o‘simliklar gulidan olingan asal (poliflor) esa: yaylov asali, pichanzor asali, tog‘ asali, cho‘l asali va hokazolardir. Daraxtlarni
Amerika chirish kasalligiga qarshi kurashish va davolash ishlari

Amerika chirish kasalligiga qarshi kurashish va davolash ishlari

Asalarichilik
Kasallikning tarqalishi: Kasallikning yuqish manbayi kasallangan va nobud bo‘lgan lichinkalardir. Mum katakchalarni tozalash bilan shug‘illanuvchi yosh ishchi asalarilar o‘zining azolarini virus urug‘i bilan ifloslab kasallikni tarqatuvchi bo‘lib qoladi. Bunday asalarilar asal va pergani mum inlarga joylashtirish vaqtida kasallikni arixonalarga ham yuqtiradi. Keyinchalik tarkibida qo‘zg‘atuvchi virus bo‘lgan asal va perga bilan oziqlangan lichinkalar ham kasal bo‘ladi. Kasal oiladan sog‘lom oilaga kasallik arixona, rom hamda asalarichilik jihozlari, o‘g‘ri asalari va oxurlar orqali yuqadi. Davolash: Asal yig‘ish davom etayotgan vaqt bo‘lsa kasallangan ari oilalari toza arixonaga ko‘chiriladi, ichiga avvalo sun’iy mum inlar solib, ularga davolash sharbati beriladi. Sharbatga yev
Amerika chirish kasalligining kelib chiqishi qanday?

Amerika chirish kasalligining kelib chiqishi qanday?

Asalarichilik
Asalarilar infeksion, invazion va yuqumsiz kasalliklar bilan zararlanishi mumkin. Infeksion kasalliklarning qo‘zg‘atuvchisi kelib chiqishi o‘simlikda  bo‘lgan bakteriya, virus va zamburug‘lardir. Invazion kasalliklarning  qo‘zg‘atuvchilari bir hujayrali va ko‘p hujayrali hayvonlardir. Yuqumsiz kasalliklar asalari oilasining hayoti uchun kerak bo‘lgan sharoitlarning buzilishi natijasida kelib chiqadi. Agarda bu sharoitlar tiklansa kasallik yo‘qolib ketadi. Asalari oilalarini sog‘aytirish uchun kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlab, unga qarshi kurashda davolash, sanitariya va profilaktika tadbirlarini to‘liq kompleksini qo‘llash kerak. Yuqumli kasalliklar esa juda havfli bo‘lib, asalari oilalariga katta zarar yetkazishi mumkin. Shunday kasalliklardan biri bu – Amerika chirish kasalligidir
Asalarining “Nozematoz” kasalligini davolash yo‘llari

Asalarining “Nozematoz” kasalligini davolash yo‘llari

Asalarichilik
Nozematoz bilan kasallangan asalarilarni davolash uchun fumagillin organik kislotalar (sirka va shovul)  shovul yoki rovochdan foydalaniladi. Fumagillinni davolash sharbati holida bir oilaga 1 litr hisobida tayyorlanadi. 1 g fumagillin 4 ml xloroformda  va ustiga 10 ml spirt quyiladi bu eritmani 30˚C gacha sovitilgan qand sharbatiga aralashtirib asalarilar oziqlantiriladi. Uyalar qishki binodan tashqariga chiqarilganda fumagillin bilan davolash tavsiya etiladi. Uni bir oilaga 1 litr hisobida oxurlarga har 7 kunda 1 martadan, hammasi bo‘lib 4 marta beriladi. Fumagillin nozema sporalarini o‘ldirmaydi, faqat ularning rivojlanishini to‘xtatadi, shunday bo‘lsa ham undan foydalanish nozematozning rivojlanishini to‘xtatib, asalarilar oilasi kuchsizlanishining oldini oladi va ularning normal ri