Asalarini boshqa arixonaga o‘tkazish usuli

Kasallikning asalarilarni ko‘chirish usuli foyda bermaydigan formalarida ularni haydash usuli qo‘llaniladi. Asalarilarni tozalangan, dezinfeksiya qilingan arixonalarga ko‘chirishni asal yig‘ish davri yaxshi borayotgan vaqtda, kechqurunlari o‘tkazish tavsiya etiladi. Boshqa arixonaga o‘tkazishdan oldin kasal asalarilar turgan arixonani nariroqqa surib, uning o‘rniga so‘ndirilmagan ohakning 10% li eritmasidan sepib, qaytadan chopiladi.

Shundan keyin eski arixona o‘rniga yangisi qo‘yiladi. Uning ichiga toza sun’iy mum inlari bor romlar solinadi. Arixona bo‘z bilan yopilib, ustiga davolash sharbati quyilgan idish qo‘yiladi. Yangi arixonadagi arilar qo‘nadigan taxtaning usti qog‘oz bilan yopiladi. Keyin kasal oilani ko‘rib chiqib, undagi ona ari Titov katakchasiga solinadi va bu katakchadagi ona ari yangi arixonaga – romlar o‘rtasiga, uya markaziga qo‘yiladi. Keyinchalik kasal oilaning asalarilari  qog‘ozga silkitib tushiriladi. Bu yerda ular yangi arixonaga kiritiladi.

Hamma asalarilar yangi arixonaga yig‘ilgandan keyin taxtacha olib tashlanadi, ustidagi qog‘oz esa yoqib yuboriladi. Kasal oila yashagan avvalgi arixona va undagi bo‘shatilgan mum inlar arizordan olib ketiladi va yuqorida aytilgan usulda dezinfeksiya qilinadi. Qolgan nasli bor mum inlar boshqa kasal oilaga qo‘yiladi.

Keyinchalik ular ham (peregon) o‘tkazish usuli bilan yangi toza arixonaga ko‘chiriladi. Ikki kundan keyin o‘tkazilgan oiladagi ona arini yangi kuchli oilada yetishtirilgan yosh ona ari bilan almashtiriladi.

 

Manba: “Asalari – foyda bari” (Sobirjon Mamasotiyev, Ne’matjon Hoshimov, “Dizayn-Press” MCHJ nashriyoti, Toshkent-2012) qo‘llanmasi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.