Oy: Yanvar 2019

Qovunning un shudring kasalligiga chidamli navlari

Qovunning un shudring kasalligiga chidamli navlari

Foydali ma’lumotlar
Mamlakatimiz polizchiligi ko‘p asrlik tarixga ega. Ayniqsa, xalqimiz qovunni sevib iste’mol qiladi. Yurtimizda hozirda qovunning 130 dan ortiq madaniy navlari tarqalgan bo‘lib, ular pishib yetilish muddati, hosildorligi, ta’mi, meva vazni, saqlanish muddati bo‘yicha o‘zaro farqlanadi. Ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan qovunlarning ko‘pchiligi jahonda shuhrat qozongan. Qovunning mevasi ajoyib ta’mga hamda ko‘pgina foydali xususiyatlarga ega. Uning tarkibida 85-92% suv, 8-15% quruq modda, 0,8 % oqsil, 1,8% kletchatka, 6,2% boshqa uglevodlar, 0,9% moy, 20-30 mg/% askorbin kislotasi, temir, kalsiy, magniy, kaliy kabi mikroelementlar, organik va mineral tuzlar mavjud. Yurtimiz qovun navlari mevalaridagi qand moddasi miqdori 14-16% ga yetadi. Tarkibida fruktoza moddasi miqdori ko‘p bo‘l