Oy: Iyun 2018

Gladiolus oʻstirish

Gladiolus oʻstirish

Gulchilik
Ekish uchun tavsiya etilgan navlar: Blitssard, Goudvill, Mariya, Goretti, Oskar va h.k. Koʻchat tayyorlash. Gladiolus guli asosan piyozdan koʻpayadi. Piyoz gulning bolalash davri oʻtgandan keyin kovlab olinadi. Bu payt avgust oyining oxiri–sentabrning boshlariga toʻgʻri keladi. Kovlab olingan piyoz quritilib, yirik va sogʻlom piyozlar ajratilib olinadi. Keyin toʻrxaltaga solib, osib qoʻyiladi. Qurigan piyoz aprel oylarida ochiq yerga qadab chiqiladi. Qadab chiqilgan piyoz 10–15 kunda unib chiqadi va iyun oylariga borib gullay boshlaydi. Avgust oyining oxirida gladiolus piyozlari yana kovlab olinadi. Ekishga yer tayyorlash. Gladioluslar oʻgʻitlangan qumoq tuproqli, serquyosh, shamollardan himoya qilingan yerda yaxshi oʻsadi. Oʻsimlikni oʻtqazish uchun suv toʻxtamaydigan, qumoq va quml
Navbatlab ekish qanchalik muhim?

Navbatlab ekish qanchalik muhim?

Foydali maʼlumotlar
Navbatlab ekishda hatto parnik va issiqxonalarda ham rioya qilish kerak. Masalan, pomidor, qalampir, baqlajon va kartoshkani albatta boshqa ekinlar bilan navbatlashtirib ekish kerak. Ular oʻzi uchun ham yomon oʻtmishdosh hisoblanadi. Respublikaning sugʻoriladigan maydonlarida moʻljallangan ilmiy almashlab ekish usulining oʻzgartirilishi birinchidan zamon talabi boʻlsa, ikkinchidan suv va texnikadan unumliroq foydalanish imkonini beradi hamda sugʻoriladigan har bir gektardan samaraliroq foydalanish, dehqon-fermer xoʻjaligini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Toʻgʻri tashkil qilingan navbatlab ekish chorva mollarini toʻyimli, oqsilli ozuqalar bilan taʼminlashga ham yordam beradi. Yangi yerlarni oʻzlashtirish va navbatlab ekishni tashkil etish. Navbatla
Asalarichilik qayerda rivojlangan?

Asalarichilik qayerda rivojlangan?

Asalarichilik
Asalarichilik – qishloq xoʻjaligining tarmoqlaridan biri boʻlib, asalarilarni asal, mum va boshqa mahsulotlar (asalari suti, asalari yelimi, asalari zahari va boshqalar) olish, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun ularni changlatish maqsadlarida boqishdir. Ispaniyadagi Aran gʻoridan topilgan arxeologik maʼlumotlarga koʻra asalarichilik miloddan avvalgi 10-5-ming yilliklarda ham mavjud boʻlgan degan taxminlar bor. “Tavrot”, “Bibliya” kabi diniy kitoblarda ham asalarichilik toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi. Asalarichilik tarixida bir necha bosqichlar boʻlgan. Dastlab odamlar asalni oʻrmon va togʻlarda daraxtlarning kovaklari, toshlar yoriqlari, gʻorlarga uya qoʻygan asalarilardan olganlar. Bunday asalarichilik terimchilik va ovchilikning bir turi hisob
Ildizpoyali begona oʻtlar

Ildizpoyali begona oʻtlar

Foydali maʼlumotlar
Ildizpoyali begona oʻtlar Oʻzbekistonning hamma sugoriladigan va lalmikor yerlarida uchraydi. Bu oʻtlar boshqa begona oʻtlardan koʻra bir necha baravar zarar keltiradi. Chunki ularning koʻpayish imkoni bir necha barobar yuqori. Ildizpoyali begona oʻtlarning yer ostidagi ildiz boʻgʻimlarining har bir boʻlagi alohida oʻsimlik boʻlib oʻsadi. Bundan tashqari ular urugʻlaridan ham koʻpayadi. Ular juda zich boʻlib toʻplab oʻsadi, madaniy oʻsimliklarni siqib mutlaqo yoʻqotib yoboradi, koʻpayishi vegetativ va generativ tashqi noqulay sharoitlarga juda chidamli. Bir dona ildiz boʻgʻimi quruq tuproqda uzoq qolib ketib, ozgina namni singdirib olishi bilan avj olib oʻsa oladi. Oʻzbekistonning sugʻoriladigan yerlarida ildizpoyali begona oʻtlardan: gʻumay, salomalaykuml, ajriq, qamish, achchiqmiya
Senotainioz – asalari kasalligi

Senotainioz – asalari kasalligi

Asalarichilik
Senotainioz invazion kasallik boʻlib, uni senotainiya pashshasining lichinkalari qoʻzgʻatadi. U asalarining koʻkrak boʻshligʻida parazitlik qiladi. Kasallikni qoʻzgʻatuvchilar. Mamlakatimizda  senotaniya pashshasi faqat janubda va oʻrta mintaqalarda uchraydi. U kumushrang pashsha boʻlib, uy pashshasiga oʻxshaydi, faqat undan rangi ochiqroq. Senotaniya pashshasi juda koʻp nasl qoldiradi va uy pashshasidek tuxum qoʻymay, tirik qurt qoʻyadi. Urgʻochi pashshaning qornida 100 dan 700 gacha lichinka boʻladi. Lichinka tanasining uzunligi 0,7-0,8 mm, eni esa 0,17 mm boʻladi. Senotaniya pashshasining urgʻochisi lichinkalarini asalari tanasiga qoʻyadi. Ular asalari tanasining tashqi pardasini kemirib ichiga joylashgach, u yerda rivojlanishning maʼlum bosqichlarini oʻtaydi. Keyin esa undan c
Loviyani takroriy ekin sifatida yetishtirish

Loviyani takroriy ekin sifatida yetishtirish

Dehqonchilik
Ekish uchun tavsiya etilgan navlar: mahalliy navlar ekiladi. Urugʻlik tanlash va ekishga tayyorlash. Bir xil oʻlchamli, toʻla yetilgan, shikastlanmagan urugʻlar  tanlab olinadi. Yerni ekishga tayyorlash. Vigna (loviya) kuzgi don ekinlaridan va chopiq qilinadigan ekinlardan keyin ekiladi. Bir ekilgan joyga 2–3 yildan keyin qayta ekiladi. Yer oʻtmishdosh ekinlarning qoldiqlari va begona oʻtlardan tozalangach, 25–27 sm chuqurlikda yumshatilib, tekislanadi. Ekish muddati va sxemasi. Loviya urugʻi iyun–iyul oylarida 60x20, 60x15 sm sxemada ekiladi. Ekish chuqurligi 3–5 sm. 10 sotixga 6 kg urugʻ sarflanadi. Parvarishlash. Yagana qilinmaydi. Sugʻoriladigan sharoitda shonalashgacha 1–2 marta, shonalash-gullash davrida 2 marta sugʻoriladi. Oʻgʻitlash. Oʻtmishdosh ekinga goʻng solinad